Rakitichning "Tottenxem"ga o'tishi imkoniyati yuqori ko'rilmoqda
03 may 2020 14:40
Yangiliklar
Rakitichning "Tottenxem"ga o'tishi imkoniyati yuqori ko'rilmoqda
"Barselona" yarim himoyachisi Ivan Rakitich ushbu mavsum yakunlanganidan keyin "Tottenxem"ga o'tishi mumkin.
"Mundo Deportivo"ning yozishiga ko'ra, 32 yoshli xorvatiyalikning London klubiga o'tishi imkoniyati yuqori baholanmoqda.
Qayd etilishicha, "Yuventus" futbolchining yoshiga qarab uning transfer narxini qimmatga baholagan, "Atletiko" esa u bilan uzoq muddatli shartnoma imzolamoqchi emas. "Sevilya"da esa transfer uchun etarlicha mablag' yo'q.
Oldinroq "Barselona" futbolchisini 20 mln evroga sotishga tayyorligi borasida malumotlar tarqagandi. Rakitichning kataloniyaliklar bilan shartnomasi 2021 yilning yoziga qadar davom etadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Fikrlar