Rakitich: “Messiga ozroq imkon bering...”
24 fev 2019 08:43
Yangiliklar
Rakitich: “Messiga ozroq imkon bering...”
“Barselona” yarim himoyachisi Ivan Rakitich La Liganing 25-turida “Sevilya”ga qarshi (4:2) bellashuvdan keyin jamoadoshi Lionel Messi shaniga iliq fikrlarni bildirdi.
“Messi doimgidek bu bahsda hal qiluvchi rolni o'ynadi. Bunaqa holat ilgariyam bo'lgan, yana takrorlandi va kelajakdayam bo'laveradi. U jamoaning kerakli natijaga erishishi uchun eng muhim futbolchi. Agar siz Leoga maydonda erkin harakat qilishiga ozgina imkoniyat bersangiz bas: u o'yin taqdirini o'zgartirib yuborishi mumkin. Messi va kecha gol urgan Suares uchun xursandman.
Mening kelajagim? Jamoa bilan hali uch yillik shartnomam bor. Men bilan top jamoalar qiziqayotganligi yoqimli, ammo men o'zimni “Barselona”da ko'rayapman”, deya Rakitichning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Marca
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar