Raja Nainggolan: “Roma”dan ketish niyatim yo'q. Bu erda baxt uchun hamma narsa bor”
23 noy 2017 22:36
Yangiliklar
Raja Nainggolan: “Roma”dan ketish niyatim yo'q. Bu erda baxt uchun hamma narsa bor”
“Roma” yarim himoyachisi Raja Nainggolan Rim klubidan ketishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.
“Ilgari takidlaganimdek, men o'tgan yili ham, bu yil ham “Roma”da qolishni istadim va bundan xursandman. Bu erda o'zimni baxtli his qilishim uchun hamma narsa bor.
Sardorlik – bu sharaf. Mengacha ushbu bog'ichni Totti, De Rossi va Florenci taqishgan va ularning barchasi ajoyib futbolchilar. Men doim jamoamga foydam tegishini istayman. Jamoadan jamoaga ko'chib yurishni istamayman, buning uchun hech qanaqa sabab ham yo'q”, deydi futbolchi Sportmediaset nashriga bergan intervyusida.
Fikrlar