So’nggi yangiliklar

23:57ЛаЛига. "Атлетико" сафарда мағлуб бўлди  1 23:41ЛаЛига. "Барселона"нинг чемпионлик ўйини учун таркиби маълум!  2 23:20Россия термаси Осиёда Аргентинага қарши ўйнаши мумкин  5 22:59АПЛда мавсумнинг энг яхши ёш футболчиси бўлиш учун номзодлар маълум!  5 22:28АПЛда мавсум мураббийи бўлиш учун номзодлар маълум қилинди  1 22:12Саудия Арабистонида бугун чемпион аниқланиши мумкин  0 21:43Эрон. "Персеполис" мавсумни ишончли ғалаба билан якунлади, Остон Ўруновдан гол!  4 21:24АПЛда мавсум футболчиси ким бўлади? Номзодлар билан танишинг  5 20:44"Милан"дагилар бош мураббий ва Феликс борасида бир қарорга келди  6 20:22"Ливерпуль" "Байер" футболчиси билан келишиб олди  9 19:56"Барселона" асосий футболчиларидан бири бир неча ўйинларни ўтказиб юборади  9 19:29ПСЖ голеадор ҳужумчини ёзги трансфер мақсадларидаги устувор номзодга айлантирди  1 18:58"Ал Насср" юлдузи жамоадан кетмоқчи  9 18:29"Арсенал" янги мавсум учун уй либосини тақдим этди  4 18:07"Нефтчи" бош менежери Грузия клуби академиясида бўлди  6

Evropa Ligasi. SHveciya klubi "Roma"ni taslim qildi, SHomurodov 65 daqiqa o'ynadi Yangiliklar

Evropa Ligasi. SHveciya klubi "Roma"ni taslim qildi, SHomurodov 65 daqiqa o'ynadi

Evropa Ligasi liga bosqichi 2-turidan o'rin olgan "Elfsborg" – "Roma" uchrashuv yakunlandi.

Evropa Ligasi 

2-tur

Elfsborg

Michael Baidoo - 44'

Europa League . 2-tur

04/10/2024, 01:00

0
:
1
Tugadi

Roma

Stadion: Boraas Arena, 11978 tomoshabin

45'
90'
36'  Ahmed Qasem
44'  Michael Baidoo
52'  Niklas Hult
60'  Arber Zeneli
62'  Arber Zeneli (Jalal Abdullai)
86'  Michael Baidoo (Per Frick)
65'  Saud Abdulhamid (Stephan El Shaarawy)
65'  Matias Soule (Paulo Dybala)
65'  Eldor Shomurodov (Artem Dovbyk)
72'  Tommaso Baldanzi (Lorenzo Pellegrini)
85'  Niccolo Pisilli (Bryan Cristante)
90'  Paulo Dybala

"Elfsborg" (SHveciya) – "Roma" (Italiya) 1:0  

00:00, «Buros-Arena»

Gol: Baydu penalti 44'

Elfsborg – Pettersson, Yegbe, Xenriksson, Buxari, Xult, Ouma, B. Zeneli, Xedlund, Qosim, Baydu, A. Zeneli (Abdullai, 62).

Roma – Svilar, Ermoso, Ndika, CHelik, Anxelino, Abdulhamid (El-SHaaravi, 65), Paredes, Pizilli (Kristante , 85), Baldanci (Pellegrini, 72), SHomurodov (Dovbik, 65), Soule (Dibala, 65).

Ogohlantirishlar: Qosim (36), Xult (52), A. Zeneli (61).

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH


UCHRASHUV YAKUNLANDI! 

90. Ikkinchi taymga 4 daqiqa qo'shildi. 

86. "Elfsborg"da almashtirish: Baydu o'rniga Frik maydonga tushirildi.

85. "Roma"da o'zgarish: Pizilli o'rniga Kristante o'yinga qo'shildi.

83. "Roma" burchak zarbalari bo'yicha yaqqol lider bo'lib oldi, lekin Paredesning uzatmasi xavfli vaziyatga olib kelmadi.

80. Asosiy vaqt yakuniga 10 daqiqa qoldi. "Elfsborg" evrokubokda g'alaba qozonishga yaqin.

78. Xenriksson El-SHaaraviga nisbatan biroz ehtiyotsizlikka yo'l qo'ydi, "Roma" shifokorlari maydonda.

76. Uuuux! Lorenco Pellegrini ikki himoyachini aldab o'tib, darvozani poyladi, sal noaniq.

74. Follar bo'yicha statistika – 8:4

72. "Roma"da almashtirish: Baldanci o'rniga Pellegrini bahsni davom ettirib qo'yadi. 

65. "Roma"da 3 ta o'zgarish: Saud Abdulhamid, Matias Soule va Eldor SHomurodov o'rniga Stefan El-SHaaravi, Paulo Dibala va Artyom Dovbik maydonga tushdi.

62. "Elfsborg"da o'zgarish: Arber Zeneli o'rniga Abdullai bahsni davom ettiradi. 

61. Arber Zeneli qoidani buzgani uchun sariq kartochkaga loyiq ko'rildi.

59. Baldanci olis masofadan darvozani poylashga harakat qilib ko'rdi, biroq Xenriksson to'p yo'liga g'ov bo'ldi.  

55. "Roma" to'pga egalik qilishda davom etmoqda, ammo rimliklar jarima maydonchasi ichiga yorib kirayotgani yo'q.

54. Nikkolo Pizilli raqibga nisbatan qo'pol harakat qildi va hakam tomonidan og'zaki ogohlantirish oldi.

52. Xult Abdulhamidni yiqitdi va sariq kartochka bilan jazolandi.

49. Anxelinoning ichkariga oshirib bergan to'pini himoyachilar qaytarishdi, keyingi vaziyatda Abdulhamidning bergan zarbasi esa noaniq ko'rinish oldi.

47. Soule ichkariga uzatmani amalga oshirdi, ammo bu Pettersson uchun haqiqiy sovg'a bo'ldi.

46. Ikkinchi taym boshlandi! 

Birinchi bo'lim tugadi. Tanaffus! 

45+3. Zarbalar bo'yicha statistika – 5:4.

45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi. 

44. GOL! Baydu darvozabonga hech qanday imkoniyat qoldirmadi va penaltini golg aylantirdi – 1:0!

42. "Roma" darvozasi tomon penalti! Bosh hakam "nuqta"ni ko'rsatdi. Baldanci to'pni qo'li bilan o'ynagan ekan. 

41. Uchrashuvda tanaffus yuzaga keldi. Kristo Toxverga yordamchilaridan ko'rsatma etib keldi. U evizodni ko'rish uchun monitor sari yo'l oldi. "Elfsborg" penaltiga ega bo'lishi mumkin.

38. Zarbaaaa! Soulening chap oyoqda yo'llagan zarbasi darvoza to'sini tepasidan o'tib ketdi.

36. Ahmad Qosim qo'polligi uchun ogohlantirildi.

34. SHubhasiz, katta ustunlik "Roma" tomonida, ammo vaziyatlar xavfliligi jihatidan mezbonlar hamon ustunroq ko'rinmoqda.

32. To'p rikoshetdan keyin kutilmaganda Mario Ermosogacha etib keldi, uning zarbasi o'ng ustun oldidan o'tib ketdi.

28. Uuux! SHomurodov CHelikning uzatmasidan keyin darvozani nishonga oldi, biroq to'p darvozaga aniq bormadi.


 

25. Eldor SHomurodov raqib jarima maydonchasi ichida yiqildi, ammo bu hakamning etiborini jalb qilmadi.

24. Matias Soulening ichkariga uzatmasidan keyin sergak himoyachilar to'pni bartaraf etishdi. 

22. "Roma" qarshi hujumga o'tib ketdi, Soule-SHomurodov-Abdulhamid kombinaciyasidan keyin rimliklar burchak zarbasi ishlab olishlari mumkin edi, ammo himoyachilar jonbozlik ko'rsatib, bunga yo'l qo'yishmadi. 

19. Soule qanotdan zarba berishga urinib ko'rdi, ammo uning kuchsiz zarbasi Pettersson qiyinchiliksiz bartaraf qildi. 

18. Zarbaaa! Xenrikssonning bosh bilan yo'llagan zarbasidan keyin Svilar yana bir bor katta sahnaga chiqib, to'pni qaytardi! 

17. Uuuux! Uchrashuvdagi ilk xavfli hujum: Arber Zenelining yaqin masofadan bergan zarbasini Svilar qaytarishga erishdi! 

13. Zeneli Pizilliga nisbatan qoidani buzdi, "Roma"da navbatdagi standart, ammo hamon samarasiz. 

11. Rimliklar to'pni oddiygina yo'qotish qo'yishdi, biroq darhol qaytarib olishni uddaladilar.

7. Yegbe SHomurodovgnisbatan qoidani buzdi va "Roma" jarima zarbasini amalga oshirdi. 

5. Mezbonlar vakili Arber Zenelining ichkariga oshirib bergan to'pini himoyachilar uzoqlashtirishdi.

3. SHomurodov to'pni o'ng qanotga oshirdi, vaziyat so'ngida to'p chap qanotga qadar etib keldi va Anxelinoning zarbasi to'g'ri darvozabonga yo'naltirildi. 

1. Uchrashuv start oldi! 

- Uchrashuv 00:00 da start oladi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика