JCH-2026 saralashi. Avstraliya irodali g'alabaga erishdi
10 okt 16:22
Yangiliklar
JCH-2026 saralashi. Avstraliya irodali g'alabaga erishdi
JCH-2026 saralashi doirasida Avstraliya o'z uyida Xitoy termasini qabul qildi.
Dastlabki ikki turda bittadan durang va mag'lubiyat qayd etgan "kengurular" bu safar guruh autsayderi Xitoyga qarshi bahs olib bordi.
Kutilmaganda, o'yinning 20-daqiqasida Xie Venneng hisobni ochdi va mehmonlarni oldinga olib chiqdi.
Birinchi bo'limga qo'shib berilgan 2-daqiqada esa Kreyg Gudvinning uzatmasidan keyin Lyuis Miller muvozanatni tikladi.
Ikkinchi bo'limda Gudvin o'zi katta sahnaga chiqdi va raqib darvozasini ishg'ol etdi. Etiborlisi, ikkinchi bo'limda ham qo'shib berilgan ikkinchi daqiqada zaxiradan maydonga tushirilgan Velupillay yakuniy hisobni o'rnatdi — 3:1.
SHu tariqa, uch ochkoga ega bo'lgan Avstraliya (umumiy 4 ochko) guruhda 3-o'ringa ko'tarilib oldi, ammo qolgan jamoalar o'z uchrashuvlarini endi o'tkazadi.
Fikrlar