Siavash Haqnazari: "Bugun ochiq va hujumkor futbol guvohi bo'lamiz"
10 okt 2024 17:00
Yangiliklar
Siavash Haqnazari: "Bugun ochiq va hujumkor futbol guvohi bo'lamiz"
"Bu guruhdagi eng muhim uchrashuv. Ikki jamoa ham g'alaba uchun maydonga chiqishi aniq. O'zbekiston terma jamoasi yaxshi holatda, ammo Eron uchun ham 3 ochko juda zarur. Eron va O'zbekiston o'rtasidagi uchrashuvlar har doim juda qiziq kechadi. Mening fikrimcha, bugun ko'proq ochiq va hujumkor futbol guvohi bo'lamiz.
Eron hujumida Taremi, Azmun, G'oddos va Gaedi kabi kuchli futbolchilar bor. Ushbu futbolchilar o'yin taqdirini hal etib qo'yishi mumkin. Zaxira o'rindig'ida asosiy tarkib o'yinchilarining o'rnini bosa oladigan futbolchilarimiz etarlicha. Jarohat olgan himoyachimizning o'rnini kim egallashidan xabarim yo'q. Umid qilamanki, ushbu yo'qotish Eron terma jamoasining o'yiniga hech qanday tasir o'tkazmaydi", - dedi Haqnazari.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
Fikrlar