So’nggi yangiliklar

20:44"Милан"дагилар бош мураббий ва Феликс борасида бир қарорга келди  0 20:22"Ливерпуль" "Байер" футболчиси билан келишиб олди  3 19:56"Барселона" асосий футболчиларидан бири бир неча ўйинларни ўтказиб юборади  2 19:29ПСЖ голеадор ҳужумчини ёзги трансфер мақсадларидаги устувор номзодга айлантирди  1 18:58"Ал Насср" юлдузи жамоадан кетмоқчи  6 18:29"Арсенал" янги мавсум учун уй либосини тақдим этди  3 18:07"Нефтчи" бош менежери Грузия клуби академиясида бўлди  5 17:47Ўзбекистон U-16 терма жамоасининг CAFA U-17 мусобақасида қатнашадиган таркиби маълум  7 17:22Винисиус Жуниор футбол империясини кенгайтирди: "Реал" вингери Бразилиянинг "Атлетик" клубини сотиб олди  1 16:54"Тоттенхэм" футболчиси операция қилинди ва МЮ билан ўйинни ўтказиб юборади  1 16:26​Алонсо "Реал"га қайси футболчиларни олиб келмоқчи?  6 15:52Расман: "Андижон"ни икки мураббий тарк этди  3 15:29Аморим МЮ ходимларининг Европа Лигаси финалига сафари учун пул тўлади  7 15:01Сеск Фабрегас "Комо"да қолади: Клуб "Байер" ва бошқа даъвогарлар таклифини рад этди  1 14:20"Нефтчи" "Оқ-тепа"ни йирик ҳисобда мағлуб этиб, плей-оффга чиққан ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  1

Mutolaa uchun. SHomurodov o'ynayotgan "Roma" ochko yo'qotdi: A Seriyaning 7-tur yakunlari Yangiliklar

Mutolaa uchun. SHomurodov o'ynayotgan "Roma" ochko yo'qotdi: A Seriyaning 7-tur yakunlari

Italiya A Seriyasining 7-tur yakunlari bilan tanishing.

"Roma" va SHomurodov "Monca"ni enga olmadi

"Jalorossi" uchun Moncaga ushbu tashrif juda muhim edi, ayniqsa Ivan Yurichning holati va evrokuboklardagi muvaffaqiyatsizlikni hisobga olgandi. Aytish kerakki, o'yin jamoalar uchun yorqin ko'rinishda boshlandi va "bo'rilar"ni bir necha bor qutqargan Svilarga mehnat qilishga undadi. "Roma"da ham vaziyatlar bo'ldi, xususan Dovbik bir necha bor xavfli zarba berdi. Ammo, tanaffusga qadar gol urilmadi.

"Bo'rilar" tanaffusdan so'ng vaziyatlar yaratishda davom etishdi, faqatgina Dovbikning o'zida 2-3ta imkoniyat bo'ldi. Ukrainalik forvard yakunda baribir gol urdi, u himoyachini aldagan holda, to'pni darvoza to'riga yo'lladi. Mezbonlar esa 10 daqiqadan so'ng hisobni qisqartirishdi. Dani Mota yaqin masofadan zarba berishda adashmadi. "Bo'rilar" hujum qilishda davom etishdi, SHomurodov 86-daqiqada o'yinga qo'shildi va bir necha bor yaxshi pressing qilishga va yakunda juda bahsli vaziyat ishtirokisiga aylanishga ulgurdi, uning uzatmasidan so'ng Dovbik biroz to'pga eta olmadi, ammo Baldanci unga etishdi va "Monca" himoyachisi sabab jarima maydonchasi ichiga yiqildi. Hakam esa boshqa fikrda edi, "Roma" shunday qilib 3 ochkosiz qoldi. Ivan Yurichning holati yoqimli emas, bundan tashqari De Rossini qaytarish ham istisno etilmayapti. SHomurodov jamoasida hozirda ancha qiziqarli ishlar bo'lmoqda.


"Yuventus" ochko yo'qotmoqda

"Keksa sinora" o'yinni faol boshladi va bosim qildi, yakunda 15-daqiqada penalti ishlandi va uni Vlaxovich o'ziga ishongan holda ijro etdi. Tez orada Konseysauda ajoyib imkoniyat bo'ldi, ammo uning uzoqdan yo'llagan zarbasini darvozabon qaytardi. CHempionlar ligasidagi o'yin "byankoneri"dan ancha kuchini olib qo'ygani sezildi, shunday ekan temp yuqori bo'lmadi.

Tanaffusdan so'ng jamoalarda uncha ko'p imkoniyat bo'lmadi, o'yin yakuniga qadar esa biroz vaziyatlar yaratildi. Vlaxovich yaqin masofadan deyarli ochiq darvozaga to'pni yo'llay olmadi. "Keksa sinora" ushbu boy berilgan vaziyat uchun tovon to'ladi. Tez orada Pikkoli jarima maydonchasida yiqitildi, Marin esa nuqtadan aniq zarba yo'lladi. "Yuventus" A Seriyaning joriy mavsumida ilk bor to'p o'tkazdi. Yakunda salbiy vaziyat davom etdi: Konseysau simulyaciya uchun chetlatildi, mezbonbonlar to'p o'tkazib yuborishlari ham mumkin edi. Deyolaning zarbasini shtanga o'ziga qabul qildi.


"Napoli" etakchi bo'lib qolmoqda

Antonio Konte o'yin avvalida sentyabr oyining eng yaxshi murabbiyiga beriladigan sovrinni qabul qilib oldi, uning jamoasi ilk daqiqadanoq gol urdi. Sobiq Manchester bog'lami ish berdi, Lukaku ajoyib tarzda Maktomineyni to'p bilan taminladi, u esa burchakka aniq zarba berdi. "Komo" esa taslim bo'lgani yo'q, Streffec darhol hisobni tenglashtirishi mumkin edi, ammo zarbaga biroz aniqlik etishmadi. Mehmonlar yaxshi hujum qilishdi, shunday ekan gol urilishi adolatdan bo'ldi. Streffec taym so'nggida jarima maydonchasi tashqarisida ajoyib zarba berdi.

Neapolliklar 2-bo'limni kuchli boshlashdi va tez orada jarima maydonchasi ichida Olivera yiqitildi, Lukaku esa nuqtadan zarbani o'ziga ishongan holda ijro etdi. "Komo" shundan so'ng biroz chekindi va raqib darvozasiga xavf solmay qo'ydi, mezbonlar esa yana to'p kiritishlari mumkin edi. Xvicha va Lukaku xavfli zarbalar berishdi. Romelu baribir o'z hisobiga yana bir samarali harakatni yozib qo'ydi, u Neresni birga-bir vaziyatga chiqarib yubordi, braziliyalik esa uyaltirmadi. SHunday qilib, Lukaku 3ta gol va 4ta assist qayd etmoqda, "Napoli" esa turnir jadvalida etakchi.


"Inter" "Torino"dan kuchliroq

"Buqalar" o'yin boshida bir necha bor keskin vaziyatlar yaratishdi, ammo o'yin sekin-asta "Inter" nazorati ostiga o'tdi, bu ayniqsa Maripanning chetlatilishidan so'ng yanada sezildi. Tyuram 25-daqiqada Bastonining uzatmasidan so'ng barchadan baland sakrab, to'pni darvozaga kiritdi. U 10 daqiqadan so'ng yana gol urdi, yana bosh bilan, bu safar francuz Acherbining uzatmasidan foydalandi. Bu mezbonlarni biroz xotirjamlikka undagandir, bir daqiqa o'tib Gineytis to'pni Sapataga uzatdi, u esa jarima maydonchasida aqlli harakat qilib, uni darvozaga kiritdi.

"Inter" tanaffusdan so'ng darhol yana gol urdi va buni bu safar ham Tyuram qildi. U bu safar Milinkovich-Savichning xatosidan foydalandi va to'pni havodan darvozaga kiritdi. Bu francuzning faoliyatidagi ikkinchi va "Inter"dagi birinchi xet-trigi bo'ldi. O'yin juda ham sokinlashib ketdi, ammo bahs so'nggida "buqalar" penalti ishlashganida jonlandi. Vlaxovich o'n bir metrlik nuqtadan gol urdi. Ammo, boshqa gol urishning uddasidan chiqilmadi va hatto bu ishni "qora-ko'klar" qilishlari mumkin edi. Milinkovich-Savich Zelinskining uzoqdan yo'llagan zabrasini qaytardi, shuningdek Taremining ham qaytgan to'pga bergan zarbasini aqlbovar qilmas tarzda qaytardi. "Inter" g'alaba qozondi, ammo mudofaa bo'yicha savollar ochiq qolmoqda.


"Fiorentina" "Milan"ni mag'lub etmoqda

"Qizil-qoralar"ning hozirgi holati yaxshi emas, shunday ekan Florenciyaga safar juda muhim edi. Start yaxshi boshlanmadi, "Milan" raqib darvozasiga yaqin bora olmadi, yakunda o'z darvozasiga penalti olib keldi va uni Menyan bartaraf etdi. 10 daqiqadan so'ng sobiqlar qoidasi ishladi, Adli o'zi o'tgan mavsum o'ynagan jamoasiga ajoyib gol urdi. "Rossoneri" taym so'nggida vaziyatni o'nglashi mumkin edi, mamo De Xea Teoning penaltidan yo'llagan zarbasini qaytardi.

Fonseka shogirdlari ikkinchi taymga shavq bilan chiqishdi va bu yakunda yana bir penaltiga olib keldi. Bu safar Abraxma zarba berdi, ammo De Xea bu safargi zarbani ham qaytardi. U 2015/16 yilgi mavsumdan beri A Seriyadagi bitta o'yinda ikkita penaltini qaytargan ilk posbon bo'ldi. "Milan" baribir hisobni tenglashtirdi, Teoning uzatmasidan so'ng Pulishich darvozani ishg'ol qildi. Bir oz o'tib Abraxamda yaxshi imkoniyat bo'ldi va De Xea bu safar ham yaxshi harakat qildi. Mezbonlar o'z imkoniyatlaridan foydalanishdi, penaltidan to'p kirita olmagan Moyze Kin uzatmadan so'ng to'pni Gudmundsonga qoldirdi, u o'z to'pni mohirona tarzda darvozaga kiritdi va o'z jamoasiga g'alaba taqdim etdi.


SHuningdek:

"Lacio" "Empoli"ni mag'lub etdi

"Atalanta" "Jenoa"ni tor-mor keltirdi.

"Verona" "Veneciya"dan ustun keldi


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика