So’nggi yangiliklar

20:44"Милан"дагилар бош мураббий ва Феликс борасида бир қарорга келди  3 20:22"Ливерпуль" "Байер" футболчиси билан келишиб олди  5 19:56"Барселона" асосий футболчиларидан бири бир неча ўйинларни ўтказиб юборади  2 19:29ПСЖ голеадор ҳужумчини ёзги трансфер мақсадларидаги устувор номзодга айлантирди  1 18:58"Ал Насср" юлдузи жамоадан кетмоқчи  7 18:29"Арсенал" янги мавсум учун уй либосини тақдим этди  3 18:07"Нефтчи" бош менежери Грузия клуби академиясида бўлди  5 17:47Ўзбекистон U-16 терма жамоасининг CAFA U-17 мусобақасида қатнашадиган таркиби маълум  7 17:22Винисиус Жуниор футбол империясини кенгайтирди: "Реал" вингери Бразилиянинг "Атлетик" клубини сотиб олди  1 16:54"Тоттенхэм" футболчиси операция қилинди ва МЮ билан ўйинни ўтказиб юборади  1 16:26​Алонсо "Реал"га қайси футболчиларни олиб келмоқчи?  6 15:52Расман: "Андижон"ни икки мураббий тарк этди  3 15:29Аморим МЮ ходимларининг Европа Лигаси финалига сафари учун пул тўлади  7 15:01Сеск Фабрегас "Комо"да қолади: Клуб "Байер" ва бошқа даъвогарлар таклифини рад этди  1 14:20"Нефтчи" "Оқ-тепа"ни йирик ҳисобда мағлуб этиб, плей-оффга чиққан ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  1

Rafinya: "Oltin to'p" maqsad emas, asosiysi – jamoaviy g'alabalar" Yangiliklar

Rafinya: "Oltin to'p" maqsad emas, asosiysi – jamoaviy g'alabalar"

"Barselona" va Braziliya terma jamoasi yarim himoyachisi Rafinya nufuzli individual sovrin – "Oltin to'p" haqida fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Rostini aytsam, men "Oltin to'p"ni maqsad qilganim yo'q. Albatta, bir kun kelib qo'lga kiritsam, bu klub va terma jamoaga bo'lgan fidoyiligimning samarasi bo'ladi. Lekin mening asl maqsadim – jamoa bilan g'alabalarga erishish. Shaxsiy mukofotlar keyinroq kelishi mumkin, agar ular bo'lmasa ham, o'zimni baxtli deb bilaman. Bazan menga "Oltin to'p" bilan bog'liq hazillar va memlar yuborishadi, ammo bu mening asosiy motivaciyam emas. Men turnirlarda g'alaba qozonish va jamoaga foyda keltirishni xohlayman", – dedi Rafinya.

Futbolchi "Barselona"ga 2022 yilda kelib qo'shilgan. U 2024/25 yilgi mavsum 54 o'yinda qatnashib, 34 ta gol urdi va 25 ta golga assistentlik qildi.

Avvalroq "Goal" "Oltin to'p"ga davogarlar ro'yxatini malum qilgan edi.

Reyting: +7   

Fikrlar

+3   
15 may 14:43:58
Nurmuhammad Gafurov
Bu bola loyiq bu yil Real muhlisiman lekin Rafinya haqli deb bilaman lekin ovoz berishda nimalardur bolib ketishi mumkin debelega tosh bosishi mumkin jixatlar kop chl finali klublar ortasidagi jchti yana yozda Adashmasam Ispaniya Fransiya o'yini bor ana shu o'yinda dembele yamal o'rtasida jang hattoki yamal ham ilib ketishi mumkin top 5 da Rafinya Dembele Yamal Sallah Pedri
+2   
15 may 16:32:54
MENTAL!ST
Rafinya Oltin To'p 2025 uchun eng haqqoniy nomzod.
39 gol va 26 ta assist, hali yana statistikasi yaxshilanishi mumkin. Rafinya YChLda hali hech kim qilmagan ishni qildi, bir vaqtning o'zida ham eng yaxshi to'purar va eng yaxshi assistent bo'ldi. Qolaversa u Ronalduning umrbodlik rekordini takrorladi. Bu Rafinya va har qanday futbolchi uchun fenomenal natija. Qolaversa, Rafinya Real Madrid jamoasiga qarshi va har qanday katta lyuboy jamoaga qarshi gollar yomg'irini yog'dirdi, katta o'yinlarda yo'qolib qolmadi. Hatto Saloh ham katta o'yinlarda ko'zga tashlanmadi.
+2   
15 may 15:26:41
Timur Nazarov
Baxtiyor Nazarov foydalanuvchining fikriga javob berish
Ochiq gap agar markazda Pedri va De Yong bo'maganida Barsa hech nima qilolmasdi
Де йонг куп уйинларни жарохат билан утказиб юборади
+2   
15 may 14:04:55
assassin
Шу болаям Европани 4 та лигасида уйнаб куйди молодец
+1   
15 may 16:49:04
Özil10
Deme chempionlar ligasini kim yutsa usha klubdigi futbolchi oltin topi olishi kere shunaqami kim biladi
   
15 may 18:27:58
Baxtiyor Nazarov
leva8989 foydalanuvchining fikriga javob berish
Oltin to'p 90% Rafinyaniki...Dembele uxlayapti...Yamal va Rafinya yondirdi bu mavsum shular haqli
Rafinya va Yamalga bergandan ko'ra Sergeyevga bersa shu haqli...
   
15 may 18:20:48
leva8989
Özil10 foydalanuvchining fikriga javob berish
Deme chempionlar ligasini kim yutsa usha klubdigi futbolchi oltin topi olishi kere shunaqami kim biladi
Oltin to'p 90% Rafinyaniki...Dembele uxlayapti...Yamal va Rafinya yondirdi bu mavsum shular haqli
   
15 may 18:18:57
leva8989
Baxtiyor Nazarov foydalanuvchining fikriga javob berish
Barsa chempionlikni 90% yutgan bo'lsayam ayaks ahvoliga tushishi mumkin. Espanyol, Villareal, Atletiklar ochkolar olishi mumkin. Bugun Espanyolga omad, har qalay Kataloniya derbisida Espanyol o'z uyida yutqazmasa kerak.
1tiyinga qimmat fikr
   
15 may 16:07:52
Rafiqbek
Baxtiyor Nazarov foydalanuvchining fikriga javob berish
Maqsad oltin topmas deydi, lekin bermasa klubi bilan arazlaydi. Ayniqsa M.Rizayev
Сизларни дастилардан бошка инсонлар мухлислик килишга хакки ёкми
   
15 may 15:38:04
Azamat Turgunov
Shaxsiy fikrim: loyiqmassan Rafinya… 1. Yamal. 2. Dembele 3. Salax 4. Pedri 5. Rafinya
-3   
15 may 15:48:20
Baxtiyor Nazarov
Barsa chempionlikni 90% yutgan bo'lsayam ayaks ahvoliga tushishi mumkin. Espanyol, Villareal, Atletiklar ochkolar olishi mumkin.
Bugun Espanyolga omad, har qalay Kataloniya derbisida Espanyol o'z uyida yutqazmasa kerak.
-3   
15 may 15:06:47
Baxtiyor Nazarov
Ochiq gap agar markazda Pedri va De Yong bo'maganida Barsa hech nima qilolmasdi
-3   
15 may 15:05:45
Baxtiyor Nazarov
Maqsad oltin topmas deydi, lekin bermasa klubi bilan arazlaydi. Ayniqsa M.Rizayev
-4   
15 may 15:52:17
Baxtiyor Nazarov
Oltin toʻpga loyiq: 1. Dembele 2. Lautaro 3. Salah 4.Mbappe 5.Pedri 6 .Yamal 7.Levandovski 8. Rafinya 9.De Yong 10. Shesni
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика