So’nggi yangiliklar

11:07МЮ “Реал“ футболчига 90 миллион таклиф қилди  1 10:43“Реал Мадрид“ни трансфер ойнаси якунига қадар 4 нафар футболчи тарк этиши мумкин  10 10:20Жозе Моуринью “Арсенал“ ҳужумчисини “Фенербахче“га ўтишга кўндирди  0 09:51Биринчи даврани “Локомотив“да ўтказган ҳимоячи ОКМК йиғинига қўшилди  0 09:23МЮнинг асосий дарвозабони узоқ муддатга сафдан чиқди  5 08:54“Шўртан“ сардори Ҳиндистон жамоасига кўчиб ўтди  3 08:25Аббосбек Файзуллаев: “Краснодар“ билан ўйин менинг ЦСКАдаги охирги ўйиним бўлганми ёки йўқлигини ўзим ҳам билмайман“  4 07:58Ўзбекистон МТЖнинг яна бир аъзоси фаолиятини Эронда давом эттириши мумкин  8 07:27Россия Суперкубогини қўлга киритган Файзуллаев учрашувдан сўнг нималар деди?  2 07:25“Андижон” польшалик ҳимоячи билан шартнома имзолади  2 07:00“Истиқлол“ бош мураббийи яна бир ўзбекистонлик футболчи билан шартнома тузишни истамоқда  6 02:34"Спортинг" раҳбари Гёкерешнинг йиғинга келмагани ҳақида: "Даҳолар босим ўтказиш орқали трансферни осонлаштирамиз деб ўйлашади, аммо бу уни қийинлаштиради. Ҳаммаси катта жарима ва кечирим сўраш билан ҳал бўлади"  1 00:55Футзал. "Қизилқум" ўтиш ўйинида "Пахтакор"ни мағлуб этиб, Олий лигага йўлланма олди  1 00:22"Челси"га Доннарумма ёқади. Футболчи КЖЧдан сўнг битим борасида қарор қабул қилади  3 23:58Шквирин "Андижон"да  3

Radu Rogak: Dinamoda yanada o'sishga erishaman Yangiliklar

Radu Rogak: Dinamoda yanada o'sishga erishaman

Teglar :  Radu RogakDinamo
Oliy Liga yangi mavsumi boshlanishidan oldin Dinamo jamoasi safiga moldovalik yosh himoyachi Radu Rogak kelib qo'shildi.

21 yoshli Moldova yoshlar terma jamoasi azosi Dinamoning Qozog'istonning Kaspiy klubiga qarshi kechgan nazorat uchrashuvida maydonga tushib, yagona goli bilan Samarqand klubiga g'alaba keltirdi. Jamoa bilan shartnoma imzolagan legioner futbolchi bilan suhbatda bo'ldik.

- Radu, dastlab futbolga kirib kelishingiz haqida gapirib bersangiz…


- 1995 yil Moldovaning Belci shahrida tavallud topganman va futbolga ilk qadamlarni ham aynan shu erda qo'yganman. SHahrimizning Zarya klubi akadamiyasida tahsil olib, 16 yoshimda ushbu klub azosiga aylandim. Zarya bilan birga Moldova chempionatida uchinchi o'rinni oldim, qolaversa Moldova yoshlar terma jamoalarida ham to'p surdim.


- O'tgan mavsumda Ungeni jamoasi sharafini himoya qilgansiz, shundaymi?

- To'g'ri, Zaryadagi to'rt yillik faoliyatimdan keyin jamoa o'tgan mavsumda meni oliy divizionning yana bir jamoasi sanalmish Ungeni klubiga ijara asosida berdi. Ushbu klub safida yarim yil to'p surdim. SHundan so'ng o'zimni Moldova chempionatidan tashqarida sinab ko'rishga qaror qildim.

- Dinamoga kelishingiz varianti qanday paydo bo'ldi?


- Bilishimcha, klub bosh menejeri Ilhom SHaripov selekciya masalasida do'sti Azamat Abduraimovdan yordam so'ragan. Azamat Birodarovich bilan tanish ekanligim bois, menga O'zbekiston chempionati ishtirokchisi Dinamodan taklif borligini aytdi. Ayni o'sadigan yoshdaman, qolaversa O'zbekiston chempionati Moldova chempionatidan saviya borasida yuqoriligi uchun Dinamo safiga kelib qo'shildim.

- Dastlabki taassurotlaringiz qanday?


- Ijobiy, albatta. O'zbekiston haqida ko'p malumotga ega bo'lmasamda, Samarqand Toshkentdan keyingi o'rinda turuvchi shaharligini bilaman. Bir hafta davomida Toshkentdagi yig'inda ishtirok etdim, shahar va mamlakatingiz menga juda yoqdi. Dinamo jamoasi ham menda yaxshi taassurot qoldirdi. Murabbiylar tarkibda asosan yoshlarga ishonch bildirishmoqda. Jamoa juda ham ahil, tarkibda yaxshi futbolchilar yig'ilganligi guvohi bo'ldim. Eshitishimcha, Samarqandda futbolni juda sevishadi va o'yingohda minglab muxlislar yig'iladi.

- Zarya safida bungacha Lokomotiv va Neftchi safida to'p surib ketgan Aleksandr Onika to'p suradi. Bu erga kelishingizdan oldin bu masalada u bilan maslahatlashdingizmi?

- Sasha Onika jamoamiz sardori va do'stim sanaladi. Uning O'zbekistonda muvaffaqiyatli to'p surganidan xabarim bor. Ammo taklif to'satdan bo'lgani uchun bu masalada u bilan maslahatlashganim yo'q. Bu erga kelib tanlovda adashmaganimga guvoh bo'ldim.

- Siz Moldova chempionatida qarshi to'p surgan hujumchi Vadim CHemirtanning yurtimizdagi faoliyatidan xabaringiz bormi?


- Albatta. Moldovada CHemirtanga qarshi ko'p o'yinlarda maydonga tushganman. Kuchli hujumchi deb hisoblayman. O'tgan mavsumda O'zbekistonda Buxoro safida to'p surganligini, bu yil esa Bunyodkor klubiga o'tganligini bilaman. CHunki Moldovada futbol nashrlari xorij chempionatlarida to'p surayotgan moldovalik futbolchilar faoliyatini yoritib borishadi.


- Faoliyatingiz davomida ilk marta legioner sifatida yurtingizdan tashqaridan to'p surayapsiz. 21 yoshda hamma ham bunga jurat etolmaydi…

- Eng asosiysi futbolchining o'ziga bo'lgan ishonchida deb o'ylayman. To'rt yil davomida Moldova chempionatida to'p surishim, yoshlar terma jamoalari safida Evropaning kuchli termalari bo'lmish Belgiya va bir qator yoshlar termalariga qarshi o'yinlar menga katta tajriba bo'ldi. SHu bois o'zimni legioner sifatida nisbatan kuchliroq ligada to'p surishga qodirman deb hisobladim. Zarya safida men bilan himoya markazida yonma-yon to'p surgan sobiq jamoadoshim Muhammad Kone ayni damda amaldagi chempion Toshkentning Lokomotiv klubi safida to'p surmoqda. Osiyo CHempionlar Ligasidagi dastlabki tur o'yinida u yomon taassurot qoldirmadi.

- Reja va maqsadlaringiz nimalardan iborat?

- Bizni juda og'ir va qiziqarli mavsum kutib turibdi. Dinamo safida samarqandlik muxlislar va murabbiylar ishonchini oqlashga intilaman. Hali yoshman, yanada o'sish va rivojlanish uchun keldim. Umid qilamanki, Dinamo bilan ko'zlangan maqsadga etishib, kareramda yangi yorqin sahifa ochaman.

Malumotnoma:
RADU ROGAK

Tug'ilgan yili va joyi: 1995 yil 7 iyun, Moldova.
Ampluasi: himoyachi
Bo'yi: 184 cm; Vazni: 66 kg;
To'p surgan klublari:
Zarya (Moldova) – 2013-2016
Ungeni (Moldova) – 2016.
Terma jamoa safida:
Moldova U-19, U-21 yoshlar termalari safida 22 o'yinda, 1 ta gol.
Yutuqlari: Moldova Kubogi sohibi (2015-16), Superkubok finalchisi.


Usmon IBODOV suhbatlashdi.



Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика