So’nggi yangiliklar

19:30Эрон чемпионати. "Трактор" "Шамс Азар" меҳмони бўлди, Ҳамробеков 56 дақиқа ўйнади  0 19:13Расман: Ўзбекистон МТЖнинг дарвозабонлар бўйича собиқ мураббийи ОКМКда иш бошлади  1 18:56​Расман: "Андижон" грузиялик футболчи трансферини эълон қилди  2 18:36"Барселона" ва АПЛ клублари Камерун терма жамоаси ҳужумчисини кузатмоқда  1 18:07"Хоразм" футболчиси "Сурхон"га ўтмоқда  0 17:39"Ювентус" ва "Рома" афсонаси Левандовскини "Милан"га ўтишдан огоҳлантирди  1 17:05Азмиддинов "Андижон"дан кетди  8 16:38"Барселона" АПЛ жамоаси ҳимоячисининг трансфери бўйича музокара олиб бормоқда  1 16:10"Шўртан" ҳимоячиси "Андижон"га ўтди  6 15:47City Football Group Ҳиндистон клубидаги улушини сотди  0 15:23"Ўйлашимча, ЖЧда гуруҳдан чиқамиз" — Анзур Исмоилов  11 15:18Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  15 14:59Андрей Шипилов "Андижон" футболчисини "Қўқон-1912"да кўрмоқчи  2 14:36Ўзбекистон футболчилар уюшмасининг 2025 йилги бош ассамблеяси ўтказилди  1 14:15Эргашев "Навбаҳор" билан хайрлашди  2

"Quruq o'yin"lar kimda ko'proq? Yangiliklar

"Quruq o'yin"lar kimda ko'proq?

Bugun tugaydigan mavsumga aloqador qiziqarli faktlarni keltirishda davom etamiz.

2022 yil barcha uchrashuvlarda maydonga chiqish baxti hozircha faqat 2 darvozabonga nasib qilyapti: O'tkir Yusupov ("Navbahor") hamda Abdumavlon Abdujalilov ("Lokomotiv") — 25tadan.

Eng ko'p gol o'tkazgan kiperlar:


futbolchio'yino'-gol
1Abdumavlon Abdujalilov2533
2Milan Mitrovich2428
3Miloe Prakovich1526

"Quruq o'yin"lar soni bo'yicha O'tkir Yusupov peshqadam — 13ta. Ammo, nolga turilgan o'yinlarning umumiy uchrashuvlar soniga nisbati Eldorbek Suyunovda yana barchadan yaxshiroq (62,5%).

Penaltilarni zararsizlantirish bo'yicha esa Suhrob Sultonov boshqa hamkasblariga "master-klass" o'tgan (4 marta). "Bunyodkor" posboni yil davomida Yovan Jokich, Jasur Jaloliddinov, SHahzod Ubaydullaev hamda Marko Stanoevichning 11 metrli nuqtadan tepgan to'plarini bartaraf qildi. 

Bu yil maydonga tushgan eng tajribali posbon futbolimiz afsonasi Ignatiy Nesterov hisoblanadi (39 yosh). Eng yoshi — "Olimpik" vakili Hamidullo Abdunabiev (19 yosh). 

Ayni paytda Superliga golkiperlari orasida transfer qiymati eng yuqorisi Abduvohid Nematovdi (650 ming evro).

"SportStat" malumotiga ko'ra, havodagi uzatmalarga ega chiqish (82) va to'pni ushlab olish (105) borasida "Loko" darvozaboni Abdumavlon Abdujalilov eng yaxshi natijani qayd etyapti. Seyvlar soni bo'yicha eng yuqori ko'rsatkich Botirali Ergashov, Miloev Prakovich hamda Suxrob Sultonovga tegishli (33-34).

Muallifning telegramdagi kanali → FR| futbol ANALIZI

Muallif :
Reyting: -6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика