So’nggi yangiliklar

03:25Англия лига кубоги. "Арсенал" "Кристал Пэлас"ни пенальтилар сериясида мағлубиятга учратди. Ярим финалдаги рақиб – “Челси”  4 01:28Самвел Бабаян: “Бизда бир қатор йўқотишлар бор. Гуруҳдан чиқиш вазифасини бажаришимиз керак”  3 01:10Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди  51 00:55“Ал Аҳли” бош мураббийи: “Андижон” мусобақа давомида кучли жамоалигини кўрсатди”  1 00:25"Челси" Семеньо трансферидан воз кечди  1 23:55"Милан" Ориги билан шартномани бекор қилганини эълон қилди  1 23:34Винисиус мухлисларнинг муносабати туфайли "Реал"даги келажагига шубҳа қилмоқда  2 22:52"Ювентус" "Интер" ярим ҳимоячисини қишда ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:13Расман: "Лион" Эндрикни "Реал"дан ижарага олди  1 21:34ФИФА "Ал Насср"га қўйилган трансфер тақиқини бекор қилди  6 21:09"Бавария" етакчиси Австрияни забт этди  0 20:42Futsal Awards-2025 маросими ўтказилади  0 20:25"Рома" МЮ ҳужумчисини қўлга киритишга яқин  2 19:58"Барселона" Тер Штегеннинг келажаги бўйича қарор қабул қилди  1 19:30Апелляция иш берди: ПСЖ футболчисининг жазоси енгиллашди  3

"Qozog'iston yig'inini bekor qildik, yaponiyalik legioner qaytib ketdi" - Ivan Boshkovich "Neftchi" bilan o'yindan so'ng nimalar dedi? Yangiliklar

"Qozog'iston yig'inini bekor qildik, yaponiyalik legioner qaytib ketdi" - Ivan Boshkovich "Neftchi" bilan o'yindan so'ng nimalar dedi?

Toshkentning "Bunyodkor" jamoasi bugun yangi mavsumga tayyorgarlik doirasida birinchi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi

Ivan Boshkovich mazkur uchrashuvda aralash tarkibdan foydalandi va yig'inda qatnashayotgan barcha futbolchilarga imkoniyat berdi. O'tgan mavsumda o'rinbosarlar jamoasida harakat qilgan bir nechta yoshlarni ham sinovdan o'tkazildi. Uchrashuv yakunlangach Ivan Boshkovichga bir nechta savollar bilan yuzlandik.  


"Neftchi" o'rtoqlik bahsida "Bunyodkor" bilan durang o'ynadi


- Yig'indagi ilk o'rtoqlik o'yinida futbolchilarning dastlabki harakatlaridan qoniqdingizmi?

- Bugungi holatda o'yin darajasi haqida ortiqcha o'ylash shart emas, deb o'ylayman. Futbolchilar asta-sekin formaga kirib olishlari zarur. Bu borada "Neftchi" biz uchun yaxshi raqib vazifasini o'tab berdi. Ikki xil tarkibni sinovdan o'tkazdik. Yosh futbolchilar ko'p. O'zlarini ko'rsatishga harakat qilishmoqda. Xatolar bor. To'g'irlaymiz, ishlaymiz. Biz yo'lga qo'yyayotgan o'yin suratini shakllantirib boramiz. Men uchun asosiy narsa futbolchilarning talablarimni tushuna olishi.  

- Birinchi kungi mashg'ulotlarda yaponiyalik legioner ishtirok etgan edi...

- Jarohat sabab uyiga qaytib ketdi. 

- "Bunyodkor" Qozog'istonda yig'in tashkil qilishi rejalashtirilgandi...

- Qozog'iston yig'inini bekor qildik. Bazi bir sabablarga ko'ra shunday bo'ldi. Bu haqida ko'p gapirishni maqul ko'rmayman. Jamoamiz bilan o'zimizda yig'inni davom ettirishni to'g'ri, deb bildik. Yanvar oyida esa amirliklarga yo'l olamiz. U erda kuchli va nomdor raqiblar bilan o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkaziladi. Fevral oyida Antaliyada yig'in olib boramiz. 

- Demak jamoani kuchaytirishi kerak bo'lgan futbolchilar xorij yig'inida jalb qilinadi?

- Umid qilamanki, bir necha nafar legionerlarni ko'rib olish imkoniga ega bo'lamiz. Avval ham aytganman, faqat bir bosh baland legioner olamiz. U chindan jamoamizni kuchaytira olishga qodir bo'lishi kerak. 

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика