So’nggi yangiliklar

01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  0 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  4 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  3 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  4 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  4 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  3 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  2 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  2

Qozog'iston klubi mamlakat yuqori elitasidan Birinchi ligasiga tushib ketdi Yangiliklar

Qozog'iston klubi mamlakat yuqori elitasidan Birinchi ligasiga tushib ketdi

Teglar :  Oqsu
Pavlodar viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi "Oqsu" klubi Birinchi ligada qatnashishini tasdiqladi.

O'tgan mavsumda jamoa elit divizionda 14 ishtirokchi orasida so'nggi o'rinni egallagani bois, reglamentga ko'ra, Birinchi ligaga tushib ketgandi. Ammo fevral oyida klubga futbol klublarini licenziyalash qoidalarining minimal talablariga rioya qilmagani va bajarmagani uchun chempionatdan chetlashtirilgan “Maqtaaral” o'rniga qaytish imkoniyati berilgandi.

2023 yilgi mavsum o'yinchilarining ish haqi bo'yicha qarzlari va boshqa moliyaviy qiyinchiliklarda duch kelgan "Oqsu" 2024 yilgi mavsumda Qozog'iston Premer-ligasida ishtirok etishini tasdiqlay olmadi.

Avvalroq Qozog'iston Professional futbol ligasi Pavlodar klubining ilk o'yini 5 mart kuni o'tkazilishini malum qilgandi. Jamoa "Aktobe"ga qarshi maydonga tushishi kerak edi. Ammo endi jadval o'zgaradi.

Sport bo'limining qo'shimcha qilishicha, Pavlodar viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi hamda "Oqsu" Birinchi ligada ishtirok etish uchun 600 million tengega teng shartnoma tuzgan.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика