Qotillik uchun jazo o'tab chiqqan darvozabon yana qamoqqa qaytariladi
09 mar 12:07
Yangiliklar
Qotillik uchun jazo o'tab chiqqan darvozabon yana qamoqqa qaytariladi
"Vasko da Gama AC" klubi darvozaboni Bruno Fernandes 22 yilga hukm qilingan bo'lib, qamoqdan chiqqanidan keyin Braziliya Kubogida o'yinda qatnashgani ortidan yana qaytadan hibsga olindi.
15 fevral kuni posbon Braziliya klub bilan shartnoma imzolagan, 20 fevral kuni esa Riu-Brinkau shahrida Braziliya Kubogining 1/256 finalida maydonga tushgandi.
Dastlabki malumotlarga ko'ra, ozodlikka chiqqanidan so'ng Bruno Rio-de-Janeyro hududini tark etish huquqiga ega bo'lmagan. Ushbu shartni buzgani uchun u yana qamoqqa qaytariladi.

Eslatib o'tamiz, 2013 yilda "Flamengo" sobiq yulduzi qotillik ishi bo'yicha 22 yilga mahkum etilgan. Futbolchi o'zining sobiq sevgilisini o'ldirganlikda aybdor deb topilgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Навбаҳор" сафарда "Пахтакор"ни мағлуб этди
Суперлига. "Нефтчи" "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Искандеров ўйинни ҳал қилди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Fikrlar