Sobiq hakam Fernandes "Barsa"ning penaltisi haqida: "Bu yaqqol 11 metrlik jarima zarbasi. Sekundomer aldamaydi"
11 mar 14:10
Yangiliklar
Sobiq hakam Fernandes "Barsa"ning penaltisi haqida: "Bu yaqqol 11 metrlik jarima zarbasi. Sekundomer aldamaydi"
O'yinning 95-daqiqasida kataloniyaliklar yarim himoyachisi Dani Olmo inglizlar jarima maydonchasiga yorib kirdi, shunda himoyachi Malik Tiav uning oyog'iga tegib yiqitdi. Bosh hakam Marko Guida darhol penalti belgiladi.
Fernandesning tushuntirishi va vaqt masalasi:
Mutaxassisning fikricha, bu erda hakamning qarori 100 foiz to'g'ri bo'lgan:
"Olmo jarima maydonchasiga kirib, keskin fint ishlatdi va Malik Tiavni dog'da qoldirdi. Himoyachi aldandi va xavfli zarba berilishini bilib, yakunda raqibni yiqitdi. Bu yaqqol penalti — hech qanday bahsga o'rin yo'q.
Unda nega bahslar kelib chiqdi? Gap vaziyatning qachon yuz berganida. "Nyukasl"ning ko'plab muxlislari penalti vaqt tugab bo'lganidan so'ng belgilanganini davo qilishmoqda. Guida 4 daqiqa qo'shib bergandi, ammo shu vaqt ichida ingliz jamoasi o'yinchi almashtirdi.
Eng asosiy nuqta ham shunda. Hakamlik ko'rsatmalari aniq: qo'shib berilgan vaqtdagi har bir o'yinchi almashtirish uchun o'yinga qo'shimcha taxminan 30 soniya qo'shilishi shart. Demak, uchrashuv 94 daqiqayu 30 soniyagacha davom etishi kerak edi.
Olmoga ishlatilgan fol roppa-rosa 94-daqiqayu 20-soniyada sodir bo'ldi. Yani, qo'shib berilishi mantiqan to'g'ri bo'lgan vaqt oralig'ida. Inglizlar istagancha jahl qilishlari mumkin, ammo sekundomer aldamaydi. Agar maqsad o'yinchi almashtirib vaqt yutish bo'lgan bo'lsa, bu safar strategiya o'zlariga qarshi ishladi", — deb yozadi Fernandes.
Shu tariqa, ingliz klubining vaqtni cho'zishga bo'lgan urinishi yakunda ularning o'zlariga qimmatga tushdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Навбаҳор" сафарда "Пахтакор"ни мағлуб этди
Суперлига. "Нефтчи" "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Искандеров ўйинни ҳал қилди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Fikrlar
Сиз биринчи бўлиб фикр билдиргансиз!
Сизга ёқадиган гап айтиши учун пеналти ноҳақ дейиши керакмиди?
Бу собиқ ҳакам нима дейиши керак эди, сиз норози бўлмаслигингиз учун?
1) уйинчи алмаштирилиши
2)хужумчи охиригача етказиш сабаб булган
40га чидаган 41 хам чидаш керак деган гап бор
Пенальтига келсак, шу хакамни фикрига 100% қўшилишдан бошқа иложи йўқ.