Qosimov: "Durang haqli natija bo'ldi"
03 mar 2024 17:54
Yangiliklar
Qosimov: "Durang haqli natija bo'ldi"
"Hammani mavsum starti bilan tabriklayman. O'yinga kelsak, kurashlarga boy bahs bo'ldi. Albatta, har bir jamoa o'z oldiga g'alaba qozonish vazifasini qo'ygan.
Haqli ravishda durang qayd etildi deb o'ylayman. Har doim bir ishni boshlab olish qiyin kechgan, keyingi o'yinlarda muxlislarimizga yoqadigan chiroyli va mazmunli o'yin ko'rsatishga harakat qilamiz. Albatta, bu narsalarga erishsak natija o'z-o'zidan keladi.
Ruben Sanchesning holati? U erda Gadoev ham bor, Mirzaev ham. Albatta, ular jamoamizga etishmayapti. Jarohatdan tiklanish cho'zilib ketdi. SHifokorlar ishlashmoqda va muolajalar olib borilyapti. Bittasi tiklanganda ikkinchisi jarohat oldi, bu futbol, bundan hech kim saqlana olmaydi. O'tgan yili "Navbahor"ga qarshi 19 noyabrda bo'lib o'tgan yarim final o'yinida [O'zbekiston kubogi — Championat.Asia]Ruben jarohat olgandi. Ungacha esa Gadoev CHempionlar ligasi o'yinida safdan chiqqandi. Tezroq tiklanib safimizga qaytishsa xursand bo'lardik", — dedi olmaliqliklar ustozi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar