So’nggi yangiliklar

16:59"Челси" 19 ёшли ҳимоячи - Хатони сотиб олмоқчи  2 16:11Уэсли Снейдер: "Салоҳни тарихдаги энг буюк футболчилардан бири деб ҳисоблаш мумкин"  2 15:49Жозе Моуринью: "Илгари кўпроқ пул топгани энг яхши мураббий деб ҳисобланарди, энди эса – энг яхши образга эга бўлгани. Бугун энг муҳими – юқори даражали пиарга эга бўлиш"  4 15:31Иванович ва Швайнштайгер тўққиз йиллик турмушдан сўнг ажрашишди  1 15:13Артета АПЛдаги рақобат ҳақида: "Лигада биздан бошқа яна 6-8 та клуб соврин учун бемалол кураша олади"  0 14:54Ўзбекистон U-23 - Саудия Арабистони U-23. Энг яхши уч футболчи ким бўлди?  1 14:26Исак унга бўлган қизиқишлар фонида "Ньюкасл"даги йиллик маошини сезиларли даражада ошириб олмоқчи, аммо...  2 14:00Снейдер Моуринью ҳақида: "2010 йилда Жозе бизни ҳар кимни мағлуб этишимиз мумкинлигига ишонтирган"  2 13:24ФОТОГАЛЕРЕЯ. Ўзбекистон U-23 – Саудия Арабистони U-23 3:1  0 13:23"Like Cup" якунланди: "Ал Бадр" - чемпион!   5 13:08Ўтган мавсум 1 та гол урган АПЛ футболчиси Шомуродов ўрнига "Рома" ҳужумчисига айланди  10 12:46Снейдер "Олтин тўп" ҳар доим ҳам муносибларга насиб этмайди деб ҳисоблайди  30 12:19"Бенфика" ўзи учун рекорд сумма - 27 млн. еврога футболчи сотиб олди  3 12:00"Тоттенхэм" "Реал" вингерини сотиб олмоқчи  0 11:37Мажед Абдуллаҳ: "Биз учун яхши тажриба бўлди"  2

"Qo'qon-1912" Tojikiston klubini mag'lub etdi Yangiliklar

"Qo'qon-1912" Tojikiston klubini mag'lub etdi

"Qo'qon-1912" bugun Toshkentdagi yig'in doirasida Tojikistonning “Istiqlol” klubiga qarshi xalqaro o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.

Bugun Bahodir Akramov, Jamshid Hasanov va Javohir Sidiqovlar mashg'ulotlar paytida jarohat olishgani bois uchrashuvni o'tkazib yuborishdi. Lekin xavotirlanishga o'rin yo'q. Ularning jarohati jiddiy emas.

"Qo'qon-1912" ko'rigida bo'lib turgan serbiyalik legionerlar Milan Spremo hamda Marko Milichlar asosiy tarkibda maydonga tushdilar. Saveliy Abramov va Muslim Qurbonovlar esa zaxiradan o'rin olishdi.

Toshkentda yig'in o'tkazayotgan Dushanbening “Istiqlol” jamoasini o'zbekistonlik futbol muxlislariga tanish bo'lgan Muhsin Muhammadiev boshqarib bormoqda.

Uchrashuvni "Qo'qon-1912" futbolchilari ancha faol tarzda boshlashdi. Ilk daqiqalardan raqib darvozasi oldida shiddatli hujum tashkil etgan futbolchilar xavfli imkoniyatlarga ega bo'lishdi.

18-daqiqada raqiblar Suhrob Berdiev nisbatan qoida buzishdi. Murod Xolmuhammedovning jarima zarbasi esa biroz noaniq bo'ldi. 23-daqiqada yana bir xavfli hujum tashkil etdik. Quvondiq Ro'ziev kuchli zarba yo'lladi ammo mo'ljalga ozgina adashdi.

Birinchi bo'limda to'liq tashabbusga ega bo'lgan "Qo'qon-1912" futbolchilari 42-daqiqada hisobni ochishdi. Murod Holmuhammedovning o'ng qanotdan oshirgan to'pini Bahodir Pardaev chaqqonlik bilan raqib darvozasiga joylab qo'ydi.

Gol o'tkazib yuborgach, mehmonlar hujumga o'tishdi. Biroq ularning harakatlarini O'tkir Yusupov yo'qqa chiqardi.

Ikkinchi bo'lim mehmonlar hujumlari bilan boshlandi. 50-daqiqada mehmonlar Quvondiq Ro'zievga nisbatan yana qo'pollik ishlatishdi. Jarima zarbasini Marko Milich darvoza yo'llagan edi. Himoyachilar qaytarishdi. “Istiqlol” ikkinchi taymni yaxshi boshladi. Bu jamoa uchrashuvni tomosha qilib turgan mahalliy mutaxassislarda yaxshi taassurot qoldirdi.

59-daqiqada mehmonlar jarima to'pi tepish huquqiga ega bo'lishdi. Ammo ularning zarbasini Yusupov bartaraf etdi.

66-daqiqada ajoyib hujum tashkil etdik. Holmuhammedovning zarbasi darvoza ustuniga tegdi. Oradan bir daqiqa o'tib Holmuhammedov endi to'sinni nishonga oldi.

80-daqiqada "Qo'qon-1912" futbolchilari “Istiqlol” darvozasiga ikkinchi to'pni kiritishdi. Bu safar Osiyo chempioni Oybek Rustamov chempionlarga xos harakat qilib raqib himoyachisi va posbonini dog'da qoldirdi.

SHunday qilib "Qo'qon-1912" xalqaro o'rtoqlik uchrashuvida Tojikistonning “Istiqlol” klubini 2:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.

 
Xalqaro o'rtoqlik uchrashuvi


“Qo'qon-1912” (O'zbekiston) – “Istiqlol” (Tojikiston) – 2:0 (1:0)

Bosh hakam
: Igor Xudoydotov.

Gollar: Bahodir Pardaev – 42, Oybek Rustamov – 80.

“Qo'qon-1912”: 1. O'tkir Yusupov, 5. G'iyos Komilov (97. Oybek Rustamov-46), 14. Marko Milich (10. Muslim Qurbonov-87), 18. Bahodir Pardaev (8. Sobir Hamidov-86), 19. Suhrob Berdiev (21. Saveliy Abramov-88), 23. Aleksandr Merzlyakov, 26. Darko Gojkovich (17. Igor Taran-84), 70. Quvondiq Ro'ziev, 77. Murod Xolmuhammedov, 96. Muhammadanas Hasanov, 98. Milan Spremo (9. Nosir Otaqo'ziev-46).

Zaxira: 21. Muzaffar Abdullaev, 25. Iqbol Malikjonov.

“Istiqlol”: Nikola Stoshich, Siyovush Asrorov, Artyom Baranovskiy, Axtam Nazarov, Romish Djalilov, Tabrez Davlatmir, Exson Panjshanbe, Muhammadjoni Hasan, Fatxullo Fathulloev, Vohid SHodiev, Nikolay Zenko.

Zaxira: Temur Hakimov, Fransis  Agbleto.

Reyting: +26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика