So’nggi yangiliklar

16:57Пепе Ла Лигада ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Вильярреал" форварди Ямал ва Мбаппени ортда қолдирди  0 16:28"Манчестер Сити" "Барселона" ярим ҳимоячисини нишонга олди  0 15:43"Арсенал" — "Ноттингем Форест". Таркиблар маълум  4 15:19ЎзЭл Классикосига превью  10 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  4 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  1 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  0 12:32Гави тахминан икки ойни ўтказиб юбориши мумкин  2 11:58"Монтеррей" Марсьяль трансферини эълон қилди  1 11:20Февзи Давлетов: "Навбаҳор" билан ўйинда биз ғалабага яқинроқ эдик"  6 10:58Азиз Ибрагимов: "Учрашув дерби мақомида ўтади, аммо ғалаба "Пахтакор"ники бўлади"  14 10:35Артета: "Ливерпуль" кучайиб кетди"  6 10:09Шухрат Раҳмонқулов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида биринчи гол урган ғалаба қозонади"  2 09:46Постекоглу: "Тоттенхэм"дан кетишим кутилмаган ҳолат бўлмади"  2

"Qo'qon-1912" - "So'g'diyona". O'yin atrofidagi voqeliklar Yangiliklar

"Qo'qon-1912" - "So'g'diyona". O'yin atrofidagi voqeliklar

Bugun Superliganing 3-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912"-"So'g'diyona" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Doimgidek saytimiz delegaciyasi mazkur o'yinni yoritib borish uchun Qo'qon shahriga otlandilar.

SHaharga ayni tushlik pallasida etib bordik. Tarixiy nomga ega "O'rda" kafesiga kirib,bir piyola choy ustida suhbat qurdik.



Bu orada uchrashuv boshlanishiga oz fursat qoldi va biz shosha-pisha Qo'qon shahridagi "Markaziy" o'yingohga etib bordik.


O'yingohga etib kelganimizda uchrashuvni tomosha qilish uchun muxlislar tashrifi boshlangandi.


Har gal ushbu o'yingohga kelganimizda 1912 yili Qo'qonda o'zbek futboliga tamal toshi qo'yilganligiga yana bir bor guvoh bo'lib ketamiz.


"Markaziy"ga kirib borar ekanmiz, chetroqda ushbu avtobus turganini ko'rdik. Xuddi Evropa futbol klublari foydalanadigan avtobuslar kabi barcha qulayliklarga ega bo'lgan zamonaviy transport.



"Markaziy" o'yingoh maysasi ajoyib xolatda, maydon chetidagi reklama tablolarida esa saytimiz logotipi porlayotgandi.


Bu orada har ikki jamoa azolari chigalyozdi mashg'ulotlarni boshlashdi. Qo'qon-1912" legioneri Yakuba Bamba mashg'ulotlarda faol ishtirok etdi.


Qo'qonlik muxlislar mezbonlarni qo'llab-quvvatlab turish uchun alohida tayyorgarlik bilan kelishibdi.


Bu esa uzoq demasdan Jizzaxdan tashrif buyurgan muxlislar. 27-raqamli libos kiyib olgan muxlis ushbu surat qaysi nashrda chiqishini so'radi, aytdik albatta.


O'yinoldi mashg'ulotlar davom etayotgan pallada "Markaziy" o'yingoh futbol muxlislari bilan to'lib borardi.


Nihoyat muxlislar olqishlari ostida jamoalar maydonga tushib kelishdi.


Uchrashuv o'zbek futboliga rivojiga katta hissa qo'shgan Mirabror Usmonov xotirasiga bir daqiqalik sukut bilan boshlandi.


Uchrashuvdan oldin har ikki jamoa azolarini yuqoridan suratga olishga ulgurdik. Futbolchilarning mos ravishda "Qo'qon" va "So'g'diyona" degan xayriqlari bizgacha eshitildi.



"So'g'diyona" bosh murabbiyi Ulug'bek Baqoev uchrashuvni dastlabki daqiqalardanoq tik turgan xolda tomosha qildi.

Uchrashuvga to'xtalib o'tirmaymiz, barcha o'yinni tomosha qildi. Unda "Qo'qon-1912" 2:1 hisobida g'alaba qozondi.


Bekzod Tolibov tayyorladi.

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика