So’nggi yangiliklar

01:06Умар Эшмуродов: "Футболимизнинг камчиликлари билиниб қолди"  2 00:27Жавоҳир Сидиқов: "Ютса жамоа ютади, ютқазса ҳам жамоа ютқазади"  5 00:18Элит ОЧЛ. "Насаф" - "Ал Ҳилол" 2:3  3 00:00ОФК ЭЧЛ. Ҳамробеков жамоаси дуранг ўйнади  0 23:24Камолиддин Тожиев : "Охиригача курашиб, муҳим уч очкони қўлга киритдик"  0 23:08Февзи Давлетов: "Ғалаба қозониш учун гол уриш керак, биз эса уч ўйиндан буён гол ура олмаяпмиз"  2 23:00"Насаф" бош мураббийи Рўзиқул Бердиев: "Бугун савия ва даража ўз сўзини айтди"  29 22:47"Ал Ҳилол" бош мураббийи Симоне Инзаги: "Икки бор тўп ўтказиб юборган бўлсак-да, якунда ғалабага эришдик"  18 22:27Ҳакамлар маркази "Пахтакор" - "Сурхон" ўйинидаги баҳсли вазият бўйча изоҳ берди  1 22:01УЕФА Исроилни четлатишга тайёр, аммо...  10 21:02Суперлига. Сергеевнинг ягона голи "Пахтакор"га "Сурхон" устидан қийин ғалабани келтирди  63 20:43Элит ОЧЛ. "Насаф" ўз майдонидаги жанговар ўйинда "Ал Ҳилол"га ютқазди  303 20:10Суперлига. "Динамо" ўз уйида "Шўртан"дан устун келди  12 19:50Моуринью ЕЧЛнинг янги формати ҳақида: "Ўзингиз рўбарў келмайдиган жамоаларга ўрнингизни бўшатиб бериш ғалати"  5 19:18Испания Суперкубоги учрашувлари санаси маълум  6

"Qo'qon-1912": Jamoamizning umidli yoshlari Yangiliklar

"Qo'qon-1912": Jamoamizning umidli yoshlari

Teglar :  Qo'qon-1912
Mamalakatimizda Qo'qon futbol maktabining o'z o'rni bor desak mubolag'a bo'lmaydi. Futbolimiz vatani deya etirof etiladigan maskanda iqtidorli futbolchilar etishib chiqishi ananaga aylangan.

O'tgan mavsumda “Qo'qon-1912” jamoasi o'rinbosarlar safida ham bir qator iqtidorli futbolchilar to'p surishdi. Aynan mana shu o'yinchilarning say-harakatlari evaziga o'rinbosarlarimiz Yoshlar ligasida 7-o'rinni qo'lga kiritishdi.

Bugun ularning ayrimlari bilan tanishtirib o'tamiz.

Iqbol Malikjonov 1995 yil 8 noyabr kuni tug'ilgan. 20 yoshli futbolchi yakuniga etgan mavsumda o'rinbosarlarimiz safidagi o'zining ishonchli o'yinlari orqali muxlislar mehrini qozondi. Uning harakatlaridan qoniqish hosil qilgan murabbiylar Iqbolni bazan asosiy tarkibga ham qo'shishdi. U tez-tez asosiy tarkib mashg'ulotlarida ishtirok etadi.

Avazxon Mamatxo'jaev 1995 yil 4 iyun kuni tug'ilgan. Bu futbolchi ham o'rinbosarlarimizning ettinchi o'rinni qo'lga kiritishida katta hissa qo'shdi. Mamatjo'jaev yig'inlar chog'ida asosiy tarkib bilan birga mashg'ulotlarda ishtirok etib turdi. U bir necha bor o'rtoqlik uchrashuvlarda maydonga tushdi.

Muhammadanas Hasanov 1996 yil 22 yanvar kuni tug'ilgan. Qo'qonda yana bir iqtidorli hujumchi etishib chiqayotganini Muhammadanas Hasanov misolida ko'rdik. Yosh hujumchi o'z ustida ishlashdan to'xtamasa, yaqin yillar ichida o'zbek futbolida ajoyib hujumchi paydo bo'lishi mumkin. Hasanov ham o'tgan mavsum davomida o'rinbosarlarimizning etakchi azosiga aylandi. Uning bir qator gollari jamoamizga g'alaba keltirdi. Muhammadanas Hasanov ham tez-tez asosiy tarkib mashg'ulotlarida ishtirok etadi. U yaqinda o'tkazilgan o'zaro o'yinda to'p kiritishga erishdi.

Dostonbek Meliqo'ziev 1996 yil 22 yanvar kuni tug'ilgan. Qo'qonlik futbol muxlislarining yana bir yoqimtoy hujumchisi. Dostonbek o'zining tinib-tinchimasligi bilan boshqalardan ajralib turadi. U ham xuddi boshqa jamoadoshlari kabi yakuniga etgan mavsumni alo darajada o'tkazdi. Yosh hujumchi shu zaylda o'sishni davom ettirsa, kelajakda undan yuqori darajadagi hujumchi etishib chiqishi tayin.

Biz yuqorida tilga olgan yosh futbolchilar yaqin yillar ichida “Qo'qon-1912”ning asosiy o'yinchilariga aylanishlari mumkin. Muxlislarning bu o'yinchilardan umidlari katta. Ushbu futbolchilar o'z ustilarida tinmay ishlashlari, o'rganishlari lozim. Buning uchun ularda imkoniyat ham ishtiyoq ham etarli. Yangi mavsum ham bu futbolchilarga omadli kelishini tilab qolamiz.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика