So’nggi yangiliklar

19:47"Андижон" тарихда илк бор ОЧЛ 2 да: тайёргарлик, қуръа ва учрашувлар санаси  1 19:23ПФЛ ОФКга мурожаат қилиб, халқаро талаблар ҳимоя қилинишини сўради   3 19:05"Юве" "Челси"нинг 68 млн евролик таклифини рад этди – Йилдиз сотилмайди  2 18:36"Бавария" Гарначога қизиқмоқда, футболчи АПЛда қолишни истамоқда  1 18:07"Барселона" Япония бўйлаб тур тақвимини эълон қилди  2 17:39МЮ ҳимоячиси Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин  0 17:16Рио Фердинанд Николас Жексонни Дрогбага қиёслайди  2 16:45Сонга Америкадан таклиф тушди  0 16:29Шамиль Яфаров 75 ёшда!  0 16:09"Ҳали трансфер ойнасидаги ишимизни тугатмадик. Ҳимоя чизиғини кучайтиришни режалаштирганмиз" — Вадим Абрамов  2 15:47"Истиқлол": Кожога омад тилаймиз  9 15:21"Насаф" асосий футболчиларидан бири билан шартномани узайтирди  5 15:00"Манчестер Сити" янги дарвозабон билан келишувга эришди — Here We Go!  2 14:43"Навбаҳор"дан трансфер тақиқи ечилди  9 14:18"Спортинг" Сегунда тўпурарини харид қилмоқда  0

"Qo'qon-1912": Jamoamizni 5 nafar futbolchi tark etdi Yangiliklar

"Qo'qon-1912": Jamoamizni 5 nafar futbolchi tark etdi

Teglar :  Qo'qon-1912
Bugungi kunga kelib, Oliy liga klublari yangi mavsumga jiddiy tayyorgarlik ko'rishmoqda.

Ular orasida bizning jamoamiz ham bor. No'mon Hasanov boshchiligidagi “Qo'qon-1912” klubi Toshkentda ikkinchi yig'inni o'tkazayotgani haqida xabar bergandik.

Jamoamiz safida o'zgarishlar davom etmoqda. Tarkibimizga bir qator yangi o'yinchilar kelib qo'shilish bilan birga jamoamizni tark etayotgan futbolchilar ham yo'q emas.

Xususan, o'tgan yili o'zining ishonchli o'yinlari bilan jamoamizga yordam bergan o'yinchilar – Abdullox Olimov, Mirjalol Qurbonov, Maruf Zokirjonov va Ruslan Matniyazovlar bilan tuzilgan shartnomalar yakuniga etgani bois, qolaversa, ushbu futbolchilarga boshqa klublardan takliflar tushgani sababli o'zaro kelishuvga asosan yangi bitim imzolanmadi. Bu futbolchilar bilan do'stona xayrlashishdik.

SHuningdek, yana bir yosh futbolchi Doston Tursunovga Bekobodning “Metallurg” klubi jiddiy tarzda qiziqish bildirgani bois, ushbu futbolchi bilan ham yangi shartnoma imzolanmadi. Tursunov ham yangi mavsumni boshqa jamoada o'tkazadigan bo'ldi.

Fursatdan foydalanib, “Qo'qon-1912” futbol klubi ushbu futbolchilarga jamoamizdagi faoliyati uchun minnatdorchilik bildiradi va ularning  keyingi faoliyatida omad tilab qoladi.
Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика