"Qiziriq" ustozi Xolmirza Ergashev: "Penalti? Xakamlar o'z ishining ustasi"
06 iyu 2024 09:37
Yangiliklar
"Qiziriq" ustozi Xolmirza Ergashev: "Penalti? Xakamlar o'z ishining ustasi"
O'zbekiston kubogi nimchorak final doirasida o'tkazilgan "Bunyodkor" - "Qiziriq" (2:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar murabbiyi Xolmirza Ergashev fikrlarini bildirib o'tdi.
"Avvalo, "Bunyodkor"ni g'alaba bilan tabriklaymiz. O'yinga tayyorgarlikni yaxshi olib borgandik. Penaltilar seriyasi va 120 daqiqa futbolga tayyor edik. Nima ham derdim hayot davom etadi. Navbatdagi uchrashuvlarga tayyorgarlik ko'ramiz",- deydi Xolmirza Ergashev.
- Tezkor gol jamoaning foydasiga ishladimi yoki aksincha?
- Bu o'yinga qadar tezkor gol va standart vaziyatlarga tayyorgarlik ko'rgandik. Bu rejamizda bor edi. Tezkor gol urib qarshi hujumga o'tishni maqsad qilgandik.
- Penalti belgilangan vaziyatga qanday izoh bera olasiz?
- Hakamlar o'z ishining ustasi. Biz bilmagan va tushunmagan narsalar bordir. Biror narsa deb bo'lmaydi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Fikrlar