So’nggi yangiliklar

10:02Қитъалараро плей-офф босқичи. Ироқ яна битта учрашувда ғалаба қозонса, ЖЧга йўл олади  0 09:55Фарруҳ Сайфиев: "Эрон ҳам бизни ҳурмат қилишни бошлади"  3 09:31Нигерия термаси устози рақибни сеҳр қилишда айблади. Жамоа пенальтилар сериясида имконият Конго ДРга ютқазиб қўйди ва энди ЖЧ-2026га бормайди  2 09:05ЖЧ-2026. Қитъалараро плей-офф босқичида ўйнайдиган барча терма жамаолар номи маълум  3 09:00U-17 Жаҳон чемпионати. Италия – Ўзбекистон 3:2  0 08:38Жаҳон чемпионатида иштирок этувчи 48 жамоадан 42 таси маълум   5 08:12ЖЧ-2026 саралаш. Шимолий Америка қитъасидан ЖЧга йўлланама олган терма жамаолар номи маълум  1 07:42Sofascore. Кечаги учрашувда футболчиларимиз неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 03:38Европада ЖЧ йўлланмаси учун ўтиш ўйинларида қатнашувчи термалар номи маълум  4 03:03Испания, Бельгия, Швейцария, Шотландия ва Австрия Жаҳон чемпионатига йўлланма олди!  0 01:56Меҳди Тареми: "Жамоадошларимдан 10 нафари пенальти тепишдан бош тортди. Ўзбекистонга қарши пенальтини тепа олмаган футболчидан Жаҳон чемпионатида фойда бормикан?"  12 01:08Амир Ғалинои: "Ўзбекистон иккинчи бўлимда умуман дарвозамизга хавф сололмади. Босимимиз шунчалик кучли бўлдики, "Манчестер Сити" футболчиси майдондан четлатилди"  33 00:56Асилбек Алиев: "Айбдор эканимни тан оламан ва чин дилдан афсусдаман"  33 00:43Элдор Шомуродов: "Каннаваро ўйин услуби, тактик томонлама янгиликлар киритяпти"  4 00:32Акмал Мозговой: "Бир киши кам бўлсакда охиригача турдик, пенальтилар сериясида омадимиз келди"  4

"Neftchi" posboni, 1:0 hisobida yutgan murabbiy, dublga erishgan hujumchi - Superligada 18-turning eng yaxshilari Yangiliklar

"Neftchi" posboni, 1:0 hisobida yutgan murabbiy, dublga erishgan hujumchi - Superligada 18-turning eng yaxshilari

Championat.asia sayti O'zbekiston Superligasi 18-turining eng yaxshilarini aniqladi.

Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 18-turning eng yaxshi darvozaboni – Botirali Ergashev ("Neftchi")

"Neftchi" bu turda o'z maydonida amaldagi mamlakat chempioni Qarshining "Nasaf" klubini qabul qildi va 1:0 hisobida g'alabaga erishdi. Bu g'alaba qo'lga kiritilishida mezbonlar posboni Ergashevning hissasi katta bo'ldi. U uchrashuv mobaynida bir necha bor jamoasini muqarrar gollardan asrab qoldi. Birinchi ikkinchi taym oxirida uzoqdan tepilgan ikkita zarbadan keyin jamoasini qutqargan bo'lsa, ikkinchi taymda raqib hujumchisi Akinadening yaqin masofadan tepgan to'pini qaytarib o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qola oldi. Tur darvozaboni bo'lish uchun "Qo'qon-1912" posboni Azizxon Isaqov va "Surxon" vakili Dilshod Yo'ldoshev ham kurashdi, ammo ikkalasi ham bittadan gol o'tkazishdi va shu bois, Botirali Ergashev Championat.asia talqinida 18-turining eng yaxshi darvozaboni deya etirof etildi.


Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 18-turning eng yaxshi murabbiyi – Vitaliy Levchenko ("Neftchi")

Yuqorida takidlaganimizdek "Neftchi" bu tur Farg'onada "Nasaf"ni mehmon qildi va 1:0 hisobida g'alabaga erishdi. O'yinning kattagina qismini 10 kishi bo'lib o'tkazgan "Neftchi" chempionni mag'lub eta oldi. Etiborlisi "Nasaf" bu mavsum Superligada hali hech kimga yutqazmagan edi. Tur murabbiyi bo'lish uchun "Surxon" va "Navbahor" bosh murabbiylari ham davogarlik qilishdi. Biroq markaziy o'yindagi g'alaba toshi og'irroq bosdi. Shu tariqa, Vitaliy Levchenko Championat.asia talqiniga ko'ra turning eng yaxshi murabbiyi deb topildi. 


Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 18-turning eng yaxshi futbolchisi – Rustam Turdimurodov ("Surxon")

"Surxon" bu tur o'z maydonida peshqadamlar safiga yaqin turgan "Bunyodkor"ni qabul qildi va 3:1 hisobida g'alabaga erishdi. "Surxon"ga yozda kelib qo'shilgan hujumchi Rustam Turdimurodov ikkita gol urdi va "Bunyodkor"ning mag'lubiyatiga zamin yaratib berdi. Tur futbolchisi bo'lish uchun Ruslanbek Jiyanov va  Botirali Ergashev kurashdi, ammo dublga erishgan hujumchi yutib ketdi. Shu tariqa Rustam Turdimurodov Championat.asia talqiniga ko'ra, 18-turning eng yaxshi futbolchisi bo'ldi. 


Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 18-turning eng chiroyli goli muallifi – Rustam Turdimurodov ("Surxon")

Rustam Turdimurodovnig "Bunyodkor" darvozasiga 17-daqiqada urgan goli chiroyli chiqdi. U himoyachining xatosidan keyin jarima maydoni tashqarisidan to'xtatmasdan zarba berdi va gol urdi. Eng chiroyli gol muallifi bo'lish uchun Ruslanbek Jiyanov va Dominik Begich ham davogar edi. Shunday qilib, Rustam Turdimurodov Championat.asia sayti talqinida turning eng chiroyli gol muallifi deb topildi.




Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика