So’nggi yangiliklar

10:16"Ливерпуль" собиқ устози Саудия клубини бошқаришга розилик берди  1 09:48Пеп Гвардиола Алекс Фергюсоннинг Премер-лигадаги рекордини янгилади  1 09:20"Реал Мадрид" саккиз нафар футболчисини сотишга тайёр - DC  2 08:53Нури Шаҳин кечаги ғалабадан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  2 08:25Sofascore. Шомуродов ва Файзуллаев кечаги учрашувда неча баҳо олишди?  5 07:59Грузиялик тўпурар ярим ҳимоячи водий жамоаси билан шартнома имзолади  9 07:31Ўткир Юсуповнинг "Фулад"даги тақдири маълум бўлди  8 02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  20 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дунёни асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  11 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  7 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  47 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1

Birinchi davra tahlili: Superligada kim eng samarali darvozabon bo'ldi? Yangiliklar

Birinchi davra tahlili: Superligada kim eng samarali darvozabon bo'ldi?

Superligada yarim mavsum ortida eng ishonchli posbon kim ekanini tahlil qilamiz.

O'zbekiston Superligasida birinchi davra yakunlandi. Maydon markazida porlagan yulduzlar, hujumda yorqin o'yin ko'rsatgan futbolchilar haqida ko'p gapirildi. Lekin muvaffaqiyatli jamoaning ortida har doim sinovlarga tayyor, tinmay mehnat qiluvchi bir "qalqon" bo'ladi — bu poziciya egalari esa ishonchli kiperlardir.

Joriy mavsumning yarmida 34 nafar ramka saqlovchisi maydonda ko'rinish berdi. Ular orasida to'liq davrani 15 ta uchrashuv bilan yakunlaganlar ham, bor-yo'g'i bir necha daqiqaga imkoniyat berilganlar ham bo'ldi. Ammo kim haqiqatan o'z jamoasi uchun qo'rg'onini qo'riqlashda mustahkam to'siq bo'la oldi? Qaysi birlari murabbiylar, muxlislar va mutaxassislar ishonchini oqladi?

Quyida birinchi davradagi quruq o'yinlar, seyvlar, gol o'tkazish kabi muhim ko'rsatkichlar orqali, Superliganing yarim mavsumida eng samarali harakat qilgan posbonlar tahlilini taqdim etamiz.

Ishonchli qalqonlar: to'liq davrani o'tkazganlar

Joriy mavsumda Superligada jami 34 nafar darvozabon maydonga tushdi. Ulardan faqat 3 nafar — Ravshanbek Yagudin ("Dinamo"), Azizxon Isaqov ("Qo'qon-1912") va Shoxrux Eshbo'taev ("Sho'rtan") barcha 15 ta uchrashuvda ishtirok etdi. Yagudin va Isaqov har bir bellashuvda to'liq 90 daqiqalik ishonchni oqladi. Eshbo'taev esa bir o'yinda 46-daqiqada almashtirildi.

Eng kam o'yin o'tkazgan posbonlar: Muhammad Ubaydullaev (OKMK) — 1 ta o'yin, 23 daqiqa; Oleksandr Vorobey ("Nasaf") — 90 daqiqa; Sherzodbek Abduraimov ("Sho'rtan") — 1 ta o'yin, 45 daqiqa. Daqiqalar miqyosida Ubaydullaevdan keyingi o'rinni "Paxtakor" kiperi Nikita Shevchenko egalladi — 2 ta uchrashuv, 33 daqiqa.

Darvozasiga qulf urganlar: “quruq o'yin”lar statistikasi

Mavsumning birinchi yarmida "Neftchi" posboni Botirali Ergashev 12 ta uchrashuvning 7 tasini "quruq" yakunlab, 58,3% ko'rsatkich qayd etdi. U "Paxtakor" (45 daqiqa), "Andijon", "Sho'rtan", "Surxon", "Buxoro", "Dinamo" va "Xorazm"ga qarshi o'yinlarda to'p o'tkazmadi.

Keyingi o'rinlarda — "Paxtakor"dan Vladimir Nazarov (8 ta o'yinda 6 ta), "Nasaf"dan Abduvohid Nematov (14 o'yinda 6 ta) bor.

Foiz ko'rsatkichida 2 nafar kiper 100 foizlik natija qayd etdi:

  • Nikita Shevchenko ("Paxtakor") — 2 ta o'yin, 100%

  • Muhammad Ubaydullaev (OKMK) — 1 ta o'yin, 100%

Qolgan kiperlarning "quruq" o'yinlari:

  • Javohir Ilyosov (OKMK) 12/5

  • Ravshanbek Yagudin ("Dinamo") 15/5

  • Hamidullo Abdunabiev ("Bunyodkor") 7/4

  • Umid Ergashev ("Navbahor") 9/4

  • Sanjar Quvvatov ("Qizilqum") 13/4

  • Azizxon Isaqov ("Qo'qon-1912") 15/4

  • Milan Mitrovich ("So'g'diyona") 5/3

  • Shukron Yuldashev ("Navbahor") 6/3

  • Abdumavlon Abdujalilov ("Bunyodkor") 8/3

  • Artyom Potapov ("Surxon") 9/3

  • Umid Hamroev ("Mashal") 10/3

  • Shoxruh Eshbo'taev ("Sho'rtan") 15/3

  • Nikita Shevchenko ("Paxtakor") 2/2

  • Dilshod Yo'ldoshev ("Surxon") 4/2

  • Eldorbek Suyunov ("Paxtakor") 4/2

  • Mashhur Muhammadjonov ("Xorazm") 5/2

  • Jonatan ("Paxtakor") 8/2

  • Eldor Adhamov ("Andijon") 10/2

  • Muhammadyusuf Sobirov ("So'g'diyona") 11/2

  • Shirinboy Abdullaev ("Buxoro") 12/2

  • Muhammad Ubaydullaev (OKMK) 1/1

  • Humoyunshoh Sayyotov (OKMK) 3/1

  • Doston To'xtaboev ("Mashal") 6/1

Gol o'tkazish statistikasi

Birinchi davrada eng ko'p gol o'tkazgan posbon — "Qo'qon-1912"dan Azizxon Isaqov: 15 ta o'yinda 25 ta gol. Uning ortidan — "Sho'rtan" kiperi Shoxrux Eshbo'taev: 15 o'yinda 23 ta to'p.

Seyvlar bo'yicha etakchilar: "qutqaruv" mahorati

Yuqorida G'uzor shahri jamoasining kiperi Shoxruh Eshbo'taevni eng ko'p gol o'tkazgan ikkinchi darvozabon sifatida qayd etdik. Lekin Sofascore portali malumotlariga ko'ra, u birinchi davrada eng ko'p seyv amalga oshirgan darvozabon bo'lib chiqdi — 73 ta. Uning ortidan Azizxon Isaqov 54 ta seyv bilan ikkinchi o'rinni egalladi. Kuchli uchlikni esa "Dinamo" darvozaboni Ravshanbek Yagudin yakunladi — 43 ta seyv.

Yosh va tajriba 

Superliganing birinchi yarmida yosh avlod va tajribali kiperlar bir maydonda to'qnash keldi. Ular orasida eng yoshi — "So'g'diyona" tarkibida to'p surayotgan 2006 yilda tug'ilgan Muhammadyusuf Sobirov bo'ldi. U 18 yosh 10 oy 1 kunlikda elita bahslarida debyut qildi.

Tom manoda ikki karra katta yoshdagi darvozabon esa "Xorazm" safida harakat qilgan Sardor Qobuljanov bo'ldi. 38 yosh 5 oy va 5 kunlikda tajribali posbon elita bahslarida jamoasi ramkasini ishonch bilan qo'riqladi.

Xulosa

Darvozabon — bu shunchaki so'nggi chiziqda turgan o'yinchi emas. U jamoaning psixologik tayanchi, oxirgi umidi va ko'pincha qahramonga aylanuvchi shaxsdir. Joriy mavsumning birinchi yarmida ko'plab ramka saqlovchilari sinovlardan munosib o'tishdi. Kimdir "quruq" o'yinlari bilan, boshqasi esa qo'llab-quvvatlovchi seyvlari bilan ajralib turdi.

Faktlar va tahlillar asosida Botirali Ergashev ("Neftchi") birinchi yarim mavsumning eng ishonchli kiperi sifatida ajralib turibdi. Lekin Nazarov, Yagudin, Eshbo'taev kabi posbonlar ham o'z jamoalarida hal qiluvchi rol o'ynashdi.

Endi Superliganing ikkinchi yarmida qaysi kiper o'z mahoratini yanada oshiradi — haqiqiy ishonch ramziga aylanishi aynan shu bosqichda ayon bo'ladi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика