So’nggi yangiliklar

15:03Моуринью "Фенербахче" раҳбариятини танқид қилди  2 14:40Чемпионлар лигаси янги мавсумида ўйналадиган тўп намойиш этилди  0 14:25Фламарион дубль қайд этганига қарамай, танаффусда захирага олинганига муносабат билдирди  5 13:45Неъматилло Қутибаев: "Тўғрисини айтаман, "ФарДУ" бизга нисбатан яхшироқ ўйнади"  0 13:37Шавкат Юсупов: "Вазиятлар устида кўпроқ ишлашимиз керак"  1 12:55Аналитика - футбол кўзгуси...  0 12:40Моуринью "Реал" футболчисини олиб келмоқчи. "Фенербахче" "Қироллик клуби" билан боғланди  0 12:10Абдурауф Бўриев кубок финалида қайси клуб билан тўқнаш келишни исташини айтди  1 11:54Бруну Саудия ва Америка клублари таклифларини кўриб чиқади  3 10:48Рубен Аморим: "Менимча, биз ҳали тайёр эмасмиз"  4 10:22АS. "Реал" АПЛдан футболчи олиб келишни режа қилмоқда  4 09:53ПСЖ "Манчестер Сити"нинг илк таклифини қабул қилмади  2 09:25"Нефтчи" икки нафар бразилиялик билан шартнома имзолади  5 08:54EЧЛ гуруҳ босқичини ҳал қилган "Қайрат" қанча ишлаб олди?  8 08:26EЧЛнинг 32 та жамоаси маълум  7

Chempion bilan durang o'ynagan murabbiy, superseyv amalga oshirgan posbon, ikkita gol urgan futbolchi - Superligada 9-turning eng yaxshilari Yangiliklar

Chempion bilan durang o'ynagan murabbiy, superseyv amalga oshirgan posbon, ikkita gol urgan futbolchi - Superligada 9-turning eng yaxshilari

Championat.asia sayti O'zbekiston Superligasi 9-turining eng yaxshilarini aniqladi.

Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 9-turning eng yaxshi darvozaboni – Botirali Ergashev ("Neftchi")

Bu turda "Neftchi" vodiy derbisida "Andijon" mehmoni bo'lib, 2:0 hisobida g'alaba qozondi. Farg'onaliklar posboni o'yin davomida bir nechta seyvlari bilan jamoasini qutqardi. Ayniqsa 21-daqiqada jarimadan yo'llagan zarbadan keyin Ergashev superseyv amalga oshirdi. Shu orqali u Championat.asia ijodkorlari tomonidan 9-turning eng yaxshi darvozaboni deya etirof etildi.



Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 9-turning eng yaxshi murabbiyi – Ilyos Zeytullaev ("Bunyodkor")

"Bunyodkor" bu tur Qarshida amaldagi mamlakat chempioni "Nasaf" klubi mehmoni bo'lib, 2:2 hisobida durang o'ynadi. Zeytullaev shogirdlari ikki marta hisobda ortda qolib yakunda mag'lubiyatdan qutulib qolishdi. "Bunyodkor" Qarshidagi mag'lubiyatsiz seriyasini davom ettirdi. Shu tariqa yosh murabbiy 9-turning eng yaxshi murabbiyi deb topildi.  




Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 9-turning eng yaxshi futbolchisi – Asadbek Sobirjonov (OKMK)

OKMK bu tur vodiyda "Qo'qon-1912" mehmoni bo'lib, 3:1 hisobida irodali g'alabaga erishdi. Olmaliqliklar 72-daqiqaga qadar 0:1 hisobida yutqazishayotgandi, 64-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Asadbek Sobirjonovning ikkita goli OKMKga muhim g'alabani keltirdi. Shu tariqa Sobirjonov 9-turning eng yaxshi futbolchisi sifatida etirof qilindi.



Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 9-turning eng chiroyli goli muallifi – Oybek Bozorov ("Nasaf")

"Nasaf" bu tur o'z maydonida "Bunyodkor"ni qabul qilib, 2:2 hisobida durang o'ynadi. Mezbonlar safida Oybek Bozorovning goli chiroyli chiqdi. U jarima maydoni ichida to'pni Mozgovoydan qabul qilib, bir harakat bilan ikki raqib qurshovidan chiqib ketib, to'pni darvozaning yuqori burchagiga aniq yo'lladi. Shunday qilib, Bozorov Championat.asia sayti talqinida turning eng chiroyli gol muallifi deb topildi. 





"Bunyodkor" ustozi va legioneri, "Xorazm" posboni — Superligada 1-turning eng yaxshilari        

Mag'lub bo'lgan darvozabon, legioner hujumchi, tajribali himoyachi va OKMK ustozi — Superligada 2-turning eng yaxshilari        

"Mashal"dan ikki futbolchi, "Bunyodkor" hujumchisi va 62 yoshli murabbiy — Superligada 3-turning eng yaxshilari        

O'zbekiston MTJ sobiq darvozaboni, "Neftchi" hujumchisi va 53 yoshli murabbiy — Superligada 4-turning eng yaxshilari        

"Qo'qon-1912" posboni, tarixiy g'alabaga erishgan murabbiy, burchakdan gol urgan futbolchi va sloveniyalik legioner — Superligada 5-turning eng yaxshilari        

"Sherlar"dan ikki vakil, 9 ta seyv qilgan posbon va xunuk gol urishni bilmaydigan legioner — Superligada 6-turning eng yaxshilari        

19 yoshli posbon, "Nasaf" futbolchisi, OKMKni yutgan murabbiy va O'zbekiston MTJ azosi — Superligada 7-turning eng yaxshilari         

Birga-bir vaziyatlarda jamoasini qutqargan posbon, xet-trik qayd etgan futbolchi, jamoasi kambek qilgan murabbiy — Superligada 8-turning eng yaxshilari        

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика