So’nggi yangiliklar

00:45Конференциялар лигаси саралаши финали. "Истанбул Башакшеҳир" дастлабки ўйинда мағлуб бўлди, Файзуллаевда дебют, Шомуродовда тўлиқ ўйин  54 00:29"Манчестер Юнайтед" трансфер ойнаси ёпилгунга қадар "Штутгарт" футболчисини сотиб олишни истамоқда  1 00:14"Милан" вингери АПЛ клубига ўтди  1 23:50"Байер" "Манчестер Сити" футболчисини ижарага олди  0 23:40Суперлига. "Нефтчи" – "Машъал" 3:0   0 23:19Виктор Карпенко: "Биринчи бўлим бизнинг устунликда ўтди, иккинчи бўлимда ҳимояланишга мажбур бўлдик"  3 22:51Баҳром Ҳайдаров: "Мағлубиятга лойиқ эмасдик"  0 22:35Отабек Нарзуллаев мағлубият сабабини айтди  1 22:16Виталий Левченко: "Ғалаба қозонган бўлсак-да, кўплаб хатоларга йўл қўйдик"  2 21:55Суперлига. "Бухоро"нинг 5 ўйинлик ғалабасиз серияси "Қўқон-1912" билан баҳсда якунланди  15 21:40Қатардаги U17 Жаҳон чемпионатида 3 нафар ўзбекистонлик ҳакам ишлайди  3 21:13"Барселона" асосий ҳимоячиси билан шартномани узайтирди  0 20:54Суперлига. "Нефтчи" "Машъал"ни тотал устунлик билан ютди ва етакчиликни қўлга олди  38 20:20Жезуш: "Стадиондаги мухлисларнинг 80 фоизи Роналду учун келади"  23 19:49Манба: "Челси" Жексонни ижарага беради  0

"Qizilqum" yangi futbolchilarni tanishtirdi Yangiliklar

"Qizilqum" yangi futbolchilarni tanishtirdi

Kecha Navoiy shaxridagi Yoshlar Ittifoqi viloyat kengashining majlislar zalida "Qizilqum" PFK tarkibiga yozgi tanaffus vaqtida yangi kelib qo'shilgan futbolchilarni tanishtirish- taqdimot marosimi bo'lib o'tdi.

Unda jamoa futbolchilari, fan klub azolari mehmonlar va OAV vositalari xodimlari ishtirok etishdi.

Marosim davomida klub matbuot xizmati vakillari tomonidan marosim ishtirokchilariga jamoa tarixiga atalgan video rolik taqdim etildi. Tadbirda Navoiy viloyati futbol associaciyasi birinchi vice-prezidenti Rahmonqul Boltaev, “Qizilqum” PFK prezidenti Isroil Rahmatov so'zga chiqishib, jamoaning ikkinchi davradagi uchrashuvlariga omad tiladi. So'ng tadbirning asosiy qismiga o'tilib xar bir futbolchi qatnashchilarga tanishtirildi. Jamoaga Gruziyadan ikki nafar, Rossiya va avstraliyalik futbolchilar taklif etildi. SHuningdek, navoiylik futbol muxlislariga yaxshi tanish bo'lgan Vohid SHodiev, Doston Ibragimov, Saidjamol Davlatjonov, Nodirxon Kamolov singari futbolchilari klub bilan shartnoma tuzishdi.

Taqdimot so'ngida jamoa murabbiyi va futbolchilar marosim ishtirokchilarini qiziqtirgan savollariga javob berishdi. Jamoa bosh murabbiyi Hamidjon Aktamov, gruziyalik legioner Lasha Totadze muxlislar muxlislarning savollariga javob qaytarishdi.


Ismi sharifi: Lasha Totadze (Lasha Totadze)
Tug'ilgan yili va joyi: 1988 yil 24 avgust, Axalcixe (Gruziya)
Poziciyasi: himoyachi
Raqami: 13.



Ismi sharifi: Stiven Lushtica (Lustica Stiven Peter)
Tug'ilgan yili va joyi: 1991 yil 12 aprel, Kanberra (Avstraliya)
Poziciyasi: yarim himoyachi
Raqami: 15.


Ismi sharifi: Mate Vatsadze (Mate Vatsadze)
Tug'ilgan yili va joyi: 1988 yil 17 dekabr, Tbilisi (Gruziya)
Poziciyasi: hujumchi
Raqami: 88.



Ismi sharifi: Ruslan Margiev
Tug'ilgan yili va joyi: 1995 yil 21 mart, Vladikavkaz (Rossiya)
Poziciyasi: hujumchi
Raqami: 77.



Ismi sharifi: Vohid SHodiev.
Tug'ilgan yili va joyi: 1986 yil 9 noyabr, Xatirchi tumani (Navoiy viloyati)
Poziciyasi: hujumchi
Raqami: 86.



Ismi sharifi: Doston Ibragimov.
Tug'ilgan yili va joyi: 1997 yil 23 yanvar, Navoiy shahri
Poziciyasi: yarim himoyachi
Raqami: 89.




Ismi sharifi: Saidjamol Davlatjonov
Tug'ilgan yili va joyi: 1997 yil 7 may, CHust (Namangan viloyati)
Poziciyasi: yarim himoyachi
Raqami: 78.





Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика