"Qizilqum" o'tgan mavsum Xitoyda o'ynagan futbolchi bilan shartnoma imzoladi
10 fev 2024 17:24
Yangiliklar
"Qizilqum" o'tgan mavsum Xitoyda o'ynagan futbolchi bilan shartnoma imzoladi
Yangi mavsum uchun tarkibni kuchaytirayotgan "Qizilqum" navbatdagi transferini elon qildi.
Gruziyalik Elguja Lobjanidze Navoiy klubi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda klub matbuot xizmati elon qildi.
O'tgan mavsum Xitoyning ikkinchi divizionida ishtirok etuvchi "Xeylunczyan" safida o'tkazgan hujumchi "Qizilqum" bilan 1 yillik bitimga imzo chekdi..
Elguja Lobjanidze haqida qisqacha:
- Tug'ilgan kuni: 17.09.1992 yil
- Tug'ilgan joyi: Gruziya — Tbilisi
- Poziciyasi: hujumchi
To'p tepgan jamoalari: "Xeylunczyan" (Xitoy), "Meychjou" (Xitoy), "Qizil-Jar" (Qozog'iston), "Dinamo Batumi" (Gruziya), "Qaysar" (Qozog'iston), "Tobol" (Qozog'iston), "Rustavi" (Gruziya), "SHukura" (Gruziya), "Orenburg" (Rossiya).


O’xshash yangiliklar
championat.asia
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar