So’nggi yangiliklar

01:32Сергей Лушан: "Мен бу масалада ҳоким билан кўп гаплашганман. Буни аллақачон амалга ошириш керак эди"  0 01:11Гёкереш "Спортинг" ва Швеция сафида мавсумдаги 63-голини урди - бу сафар Португалия кубоги финалининг 100-дақиқасида пенальти орқали  0 00:53Камолиддин Тожиев: "Муҳими уч очкони қўлга киритдик. Ўн нафар футболчимиз терма жамоаларга йўл олишади"  11 00:31Ҳаким Фузайлов: "Жамоам намойиш этган ўйиндан уялмайман"  3 00:24"Ливерпул"га АПЛ ғолиблиги учун кубокни қабул қилиб олди  5 23:32U-17 Жаҳон чемпионатига қуръа ташланди. Ўзбекистон "J" гуруҳидан жой олди  21 23:14Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" меҳмонда сенсацион тарзда "Бешиктош"ни таслим этди, Алиқулов сўнгги дақиқаларда майдонга туширилди  0 23:00Суперлига. "Динамо" 90+8-дақиқада камбэк эвазига "Қизилқум"ни мағлуб қилди  38 22:52"Атлетик" — "Барселона". Ла Лигада мавсумнинг сўнгги ўйини учун таркиблар маълум  4 22:48А Серия. Сўнгги тур ўйинлари учун таркиблар маълум, Шомуродов "Рома" сафида асосий таркибда майдонга тушади  26 22:11ҚПЛ. "Турон" ўз уйида "Тобол"га мағлуб бўлди, мезбонлар сафида уч ўзбекистонлик ҳаракат қилди  0 22:06АПЛда 2024/25 йилги мавсум якунланди, МЮ сўнгги турда "Астон Вилла"ни ЧЛсиз қолдирди  42 21:58Суперлига. "Пахтакор" 90+8 дақиқада урилган автогол эвазига "Хоразм"ни мағлуб этди  96 21:16БАА Про лигаси. "Ал Батаеҳ" ўз уйида "Ал Ваҳда"га мағлуб бўлди, Ғаниевдан ассист, Эркинов эса захирадан ўйинга қўшилди  1 20:40Суперлига. “Навбаҳор” яна гол ёмғирини ёғдирди — бу сафар “Қўқон-1912” таслим этилди  22

"Qizilqum" – "Andijon" o'yinida hakamlar bahsli 5 vaziyatdan 4 tasida mehmonlar zarariga qaror chiqargan Yangiliklar

"Qizilqum" – "Andijon" o'yinida hakamlar bahsli 5 vaziyatdan 4 tasida mehmonlar zarariga qaror chiqargan

Joriy yilning 15 iyun sanasida Superliga 2024 yilgi mavsumning 11-turi doirasidagi "Qizilqum" – "Andijon" bahsi bo'lib o'tdi.

Mazkur bellashuvdan so'ng mehmonlar 5 vaziyat bo'yicha hakamlik ustidan shikoyat yo'llashgandi. O'zbekiston futbol hakamlari markazi shikoyat bo'yicha Ekspert-hakamlar komissiyasining navbatdagi yig'ilishini o'tkazdi va bahsli vaziyatlar tahlil qilindi. 

Quyida ularning batafsil izohi va chiqarilgan yakuniy qarorlar bilan tanishishingiz mumkin.

"Qizilqum" – "Andijon". 1-vaziyat: Mezbonlar foydasiga jarima zarbasi

1-holat bo'yicha uchrashuvning 2-daqiqasida ikki jamoa futbolchilari o'rtasida to'p uchun kurash kechgan. Bosh hakam Sardor Ismatullaev bu vaziyatda “Qizilqum” futbolchisiga nisbatan qo'pollik ishlatildi, deb topgan va "Andijon" darvozasi tomoniga jarima zarbasi belgilagan. 

Ushbu vaziyat Ekspert-hakamlar komissiyasi tomonidan takroran ko'rib chiqilgandan so'ng bu vaziyatda to'p uchun o'yin bo'lganini, jarima zarbasi noto'g'ri belgilanganini, o'yin davom ettirilishi kerakligi takidlandi hamda hakamning qarori noto'g'ri, deb hisoblandi.



"Qizilqum" – "Andijon". 2-vaziyat: Mehmonlar vakiliga ko'rsatilgan qizil kartochka

2-holat bo'yicha uchrashuvning 24-daqiqasida "Andijon" jamoasi futbolchisi "Qizilqum" futbolchisiga nisbatan qo'pol harakat qildi. Bosh hakam Sardor Ismatullaev “Andijon” futbolchisiga nisbatan qizil kartochka ko'rsatdi. 

Ushbu vaziyat Ekspert-hakamlar komissiyasi tomonidan takroran ko'rib chiqilgandan so'ng harakat qizil kartochkaga tortmasligi, sariq kartochka ko'rsatilishi kerakligi takidlandi. Hakamning qarori noto'g'ri, deb topildi.


"Qizilqum" – "Andijon". 3-vaziyat: Kartochka ko'rsatilmagan jarima zarbasi

3-holat bo'yicha uchrashuvning 43-daqiqasida "Qizilqum"ning 17-raqamli futbolchisi "Andijon"ning 8-raqamli futbolchisiga nisbatan qo'pollik ishlatdi. Bosh hakam Sardor Ismatullaev bu vaziyatda jarima zarbasi belgilaydi, lekin kartochka ko'rsatmaydi. 

Ushbu vaziyat Ekspert-hakamlar komissiyasi tomonidan takroran ko'rib chiqilgandan so'ng bu holat xavfli vaziyat bo'lgani uchun jarima zarbasi belgilangan, hakam kartochka ko'rsatmay to'g'ri qilgan. Referining qarori to'g'ri, deb topildi.



"Qizilqum" – "Andijon". 4-vaziyat: Belgilanmagan jarima zarbasi

4-holat bo'yicha uchrashuvning 45-daqiqasida "Andijon"ning 77-raqamli futbolchisi raqib darvozasi tomon birga-bir chiqib ketayotgan vaziyatda "Qizilqum"ning 22-raqamli himoyachisi tomonidan qo'pollik ishlatilgan holatda to'xtatilgan. Bosh hakam Sardor Ismatullaev ushbu vaziyatda hech qanday jarima zarbasi belgilamagan va himoyachiga kartochka ko'rsatmagan. 

Ushbu vaziyat Ekspert-hakamlar komissiyasi tomonidan takroran ko'rib chiqilgach, bu vaziyatda jarima zarbasi belgilanishi hamda sariq kartochka ko'rsatilishi kerak edi, degan xulosaga kelindi. Komissiya hakamning qarorini noto'g'ri, deb topdi.



"Qizilqum" – "Andijon". 5-vaziyat: 11 metrlik jarima zarbasi

5-holat bo'yicha uchrashuvning 83-daqiqasida "Qizilqum"ning 22-raqamli futbolchisi andijonliklar jarima maydonida yiqilib tushdi. Bosh hakam Sardor Ismatullaev dastlab o'yinni davom ettirdi, ammo sal o'tib VAR hakami referini monitor yoniga chaqirdi. Sardor Ismatullaev VAR orqali vaziyatni o'rgangach esa nuqtaga ishora qildi. 

Ushbu vaziyatda hech qanday o'yin qoidasi buzilishi mavjud emas va penalti uchun asos yo'q. Komissiya tomonidan hakam qarori noto'g'ri, deb hisoblandi.


Yuqoridagilarni inobatga olgan holda Markaz shuni malum qiladiki, har bir o'yindagi hakamlar faoliyati bilan bog'liq barcha jarayonlar nazoratga olingan. "Qizilqum" - "Andijon" o'yinidagi hakamlarning qarorlari o'rganib chiqildi hamda tegishli jazo chorasini ko'rish uchun hakamlar qo'mitasiga oshirildi.

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика