So’nggi yangiliklar

17:43"Бу видолашув эмас, балки янги босқичнинг бошланиши". Шерзод Насруллаев "Насаф" билан хайрлашди  0 17:28Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди  5 17:10Манба: Мареска ишдан бўшатилди  3 16:46Австралиялик бўйдор футболчи Тошкент клубига ўтмоқда  0 16:21Расман: "Пахтакор"да деярли ўйнамаган футболчи "Локо"га қайтди  0 15:50"Локомотив" Қирғиз Республикасининг 2025 йилдаги энг яхши футболчиси билан шартнома тузмоқда  3 15:28Ўзбекистон U-21 терма жамоасининг U-23 Осиё Кубогида иштирок этувчи таркиби эълон қилинди  5 15:11"Барселона" ҳомий билан ҳамкорликдан воз кечди  3 14:44"Сурхон" Туркияда йиғин ўтказади  0 14:18Конго ДР ҳужумчиси Марокаш ҳукуматидан норози: унинг чемодани 12 кундан бери топилмайди  1 13:42Салоҳ Римга қайтади?! "Рома"да сенсацион трансфер муҳокама қилинмоқда  1 13:23Раҳмоналиев Россияга қайтадими?  5 12:51"Реал" ёш иқтидорларининг келажаги борасида қарор қабул қилди  0 12:23АПЛдан яна бир ҳимоячи "Ливерпуль" таклифини рад этиб, "Реал"ни танлади  4 12:00Бугунги ўйинлар: Янги йилни АПЛ билан бошлаймиз  0

Qirg'iz Respublikasi termasi bosh murabbiyi Stefan Tarkovich: "Pley-off bosqichiga yo'l olishni maqsad qilganmiz" Yangiliklar

Qirg'iz Respublikasi termasi bosh murabbiyi Stefan Tarkovich: "Pley-off bosqichiga yo'l olishni maqsad qilganmiz"

Osiyo kubogi "F" guruhining birinchi turidan o'rin olgan Tailand va Qirg'iz Respublikasi o'rtasidagi o'yindan oldin Qirg'iz Respublikasi bosh murabbiyi Stefan Tarkovich va jamoa sardori Tamirlan Qo'ziboev matbuot anjumanida qatnashishdi.

- Bosh murabbiyning birinchi o'yin va butun musobaqa haqidagi fikri qanday?

- Osiyo kubogidek katta turnirning bir qismi bo'lish biz uchun sharaf. Qatar mamlakati bir yil oldin Jahon chempionatiga mezbonlik qilgandi. Biz o'zimizning eng yaxshi futbolimizni ko'rsatishga harakat qilamiz. 40 kunga yaqin bor kuchimiz bilan bu musobaqaga tayyorlandik. Endi o'z kuchimizni maydonda ko'rsatish vaqti keldi.

- Tamirlan Qo'ziboev, sizning musobaqadan oldingi fikrlaringiz qanday?

- Ertangi o'yinga alo darajada tayyorlandik. Biz eng yaxshi o'yinimizni o'tkazishga umid qilamiz. Murabbiy aytganidek, tayyorgarlik jarayoni puxta o'tdi.

- Janob murabbiy, Osiyo kubogiga tayyorgarlik bosqichidan va o'rtoqlik uchrashuvlaridan qanchalik qoniqdingiz?

- Ha, tayyorgarlik yaxshi bo'ldi. Juda ko'p mashg'ulotlar, to'rtta nazorat uchrashuvi va hakazo. Bu davrda futbolchilarim bor kuchlari bilan harakat qilishdi. Men ular tayyor ekanliklariga 100% aminman. Eng yaxshi sifatlarimizni namoyish etamiz. 

- Tamirlan, sen bir necha yillar Gongkongda faoliyat olib borgansan. Jamoadoshlaring orasida ham chet elda o'ynagan futbolchilar bor. Sizlar to'plagan bu tajriba Osiyo kubogiga tayyorlanish paytida qanchalik yordam berdi? Gongkong terma jamoasidagi klubdoshlaring bilan pdey-off bosqichida o'zaro to'qnash kelish haqida o'ylab ko'rdingmi?

- Gongkong terma jamoasi darvozaboni bilan Tailand bilan qanday o'ynashimiz kerakligi haqida suhbatlashdim. U menga bazi maslahatlar berdi. Ertaga bu narsa bizga yordam beradi deb o'ylayman.

- Janob murabbiy, guruhdagi raqiblar haqida nimalar deya olasiz?

- Bu qiyin guruh ekanini barchamiz bilamiz. O'monga qarshi JCH saralashidan o'ynadik, undan oldin CAFA Kubogida o'zaro to'qnash kelgandik. Ular biz uchun odatiy raqibga aylanib qolishdi. Saudiya Arabistoni esa alohida mavzu. Jahon chempionatida ular nima qilishganini hamma ko'rdi. Umuman, hozirda Saudiya Arabistonida futbol boshqa darajaga ko'tarildi. Barcha raqiblar qiyin, ammo biz bu erga o'z o'yinimizni ko'rsatish uchun kelganmiz. Qirg'iz Respublikasi futboli o'sib borayotganini butun Osiyoga ko'rsatishimiz kerak. Raqiblarni hurmat qilgan holda aytamanki, biz pley-off bosqichiga yo'l olishni maqsad qilganmiz.

- Tamirlan, siz oldingi Osiyo kubogida ham ishtirok etgansiz. Sizdagi bu tajriba ushbu Osiyo kubogida qanday yordam berishi mumkin?

- Oldingi Osiyo kubogi Qirg'iz Respublikasi uchun tarixdagi birinchisi edi. O'tgan safar musobaqa juda asabiy o'tgandi. Hozir esa bizda tajriba bor. Men kattaroq bo'ldim, hozir barchasi osonroq. Umid qilamanki, bu safargi musobaqa omadli bo'ladi.

- Tamirlan, jamoadagi atmosfera qanday? Tailandga qarshi o'yindan nimalar kutyapsiz?

- Jamoadagi atmosfera juda yaxshi. 40 kun tayyorgarlik ko'rdik. Xudo xohlasa, yaxshi natija qayd etamiz.

- Ertangi o'yinda g'alaba qozonish shart deb hisoblaysizlarmi? CHunki raqib FIFA reytingida sizga yaqin joylashgan...

- Osiyo kubogida oson o'yin yo'q. G'alaba qozonishga harakat qilamiz. Nima kutayotganimga kelsak, albatta, biz keyingi bosqichga chiqishni maqsad qilganmiz. 

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика