Qatar termasi darvozaboni: "10-raqamli o'yinchi o'rtaga zarba berishini oldindan kutgandim"
04 fev 2024 05:30
Yangiliklar
Qatar termasi darvozaboni: "10-raqamli o'yinchi o'rtaga zarba berishini oldindan kutgandim"
— Meshal, uchrashuvning eng yaxshi o'yinchisi bo'lganingiz bilan tabriklayman. 5, 10 va 26-raqamli futbolchilar bergan zarbani qaytarishni uddaladingiz. Bu qanday sodir bo'ldi? Qanday qilib o'rtaga berilgan zarba yo'nalishini topa oldingiz?
— Bu futbolchilardan biri bilan "Nasaf"ga qarshi o'yinda to'qnash kelganman. 10-raqamli futbolchi ham menga tanish, u o'rtaga zarba berishini oldindan kutgandim. Umuman, seriyasida ozgina omadim keldi. Biroq, asosiy faktor aynan penaltilar seriyasiga yaxshi tayyorgarlik ko'rganim va raqibni o'rganib chiqqanim deb o'ylayman.
Eslatib o'tamiz, Qatar termasi darvozaboni Meshal Barsham penaltilar seriyasida Rustam Ashurmatov, Zafarmurod Abdirahmatov va Jaloliddin Masharipovlar bergan zarbalarni qaytarishni uddaladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar