So’nggi yangiliklar

18:40Моуринью "Реал" футболчисини нишонга олди  0 18:13"Андижон" — "Қўқон-1912". Таркиблар маълум  3 17:37Дарвозаларга 4 та гол урилган, футбол шоуга айланган, "Динамо" ғалабани бой берган учрашувдан галерея  0 17:10Икки клуби "Ман Сити" хавбекига кўз тиккан  0 16:44Азизбек Тўлқинбеков: "Нефтчи" кучли эди, лекин бизда ирода ва иштиёқ устунлик қилди"  0 16:21"Арсенал" Жакени ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 15:55Амир Тўрақулов: "Жамоа бўлиб ҳаракат қилдик ва шу туфайли ғалабага эриша олдик"  0 15:12"Бунёдкор" "Нефтчи"ни Фарғонада мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  2 14:32"Реал" испаниялик ярим ҳимоячисини 10 миллионга сотишга қарор қилди  0 14:01Сульшер "Бешиктош"дан кетган тақдирда, унинг ўрнига ким келиши мумкинлиги маълум  1 13:36Муҳим голлар панорамаси: Сардор Абдунабиев яна "Нефтчи"ни жазолади  2 13:03"Лос-Анжелес" Сонга йилига 20 млн доллар таклиф қилди. МЛСда фақат Месси кўпроқ маош олади - 20,45 млн  1 12:35Бруну Фернандеш "Манчестер Юнайтед"да қолади  0 12:08ПСЖ 68 млн евролик трансферни амалга оширмоқда  4 11:32"Реал" ва "Барселона" "Челси" форвардига даъвогарлик қилмоқда  4

Qarshidagi “Markaziy” stadionda rekonstrukciya ishlari boshlandi FOTO Yangiliklar

Qarshidagi “Markaziy” stadionda rekonstrukciya ishlari boshlandi FOTO

O'zingizga malum, “Nasaf” jamoasi uy uchrashuvlarini Qarshi shahridagi “Markaziy” stadionda o'tkazadi.

Mazkur stadion 2006 yili foydalanishga topshirilgan bo'lib, hozirgi kunda keng ko'lamli rekonstrukciya ishlari boshlandi.

Co'zimiz boshida shuni eslatib o'tamizki, bu keng qamrovli rekonstrukciya ishlarining asosiy tashabbuskori – O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov bo'ladilar. U kishi shu yili yozda “Markaziy” stadionga tashrif buyurib, bunga ko'rsatma bergan edilar.

Rekonstrukciya ishlari bosqichma-bosqich olib boriladi. Dastlab futbol maydoni va tomoshabinlar uchun o'rindiqlar yangilanib, qo'shimcha sektorlar barpo etiladi.  Stadion sektorlari uzra ayvonlar – tomoshabinlarni qo'yosh tafti va yog'ingarchiliklardan asraydigan qilib,  yarim yopiq ko'rinishida barpo etiladi.

Rekonstrukciya ishlarining futbol maydonidan boshlangani, yangi chimning rivojlanishiga ko'proq vaqt talab qilinganidadir.  SHunisi diqqatga sazovorki, “Markaziy”da boshlangan rekonstrukciya ishlarining hajmi juda katta bo'lib,  ishlar  kelasi yilgi bahor faslida tugallanishi nazarda tutilgan.

Stadion sektorlaridagi rekonstrukciya rejasiga ko'ra,  asosiy etibor futbol ishqibozlari uchun ko'proq qo'layliklar yaratish bilan birga ularning xavfsizligiga ko'proq etibor beriladi. SHuningdek rekonstrukciya davomida stadion hududida bir necha qo'shimcha bino va inshootlar ham quriladi.

SHu kecha kunduzda “Markaziy”dagi maydon chimi hashar yo'li bilan, Sputnik qo'rg'onida joylashgan yoshlar qarorgohidagi ikkinchi maydonga ko'chirilmoqda. Endi yoshlar qarorgohida ham ikkita futbol maydoni bo'ladi. Bu tashabbus “Nasaf” PFK bosh menedjeri – SH.S.Yarulinga tegishlidir.

Ushbu hasharda bir guruh “Nasaf” jamoasining faol muxlislari ham ishtirok etishdi. Quyidagi suratlarda bular aks ettirilgan.

O'z-o'zidan savol tug'iladi? “Nasaf” jamoasi bu yilgi chempionatning qolgan uchrashuvlarini qaerda o'tkazadi? Hozircha qolgan uchrashuvlar “Geolog” stadionida o'tkazilishi rejalashtirilmoqda. Bunga yaqin kunlarda aniqlik kiritiladi.


Reyting: +28   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика