So’nggi yangiliklar

00:4437 ёшли Куадрадонинг янги клуби маълум  4 00:11Вирц "Ливерпул"да қайси рақамни олди?  3 23:42Отабек Нарзуллаев: "Менга ёққан томони - футболчиларимиз охиригача курашди"  0 23:22Камолиддин Тожиев: "Танаффусдан кейин тезда тонусга тушиб олиш осон эмас"  2 23:10Миржалол Қосимов: "Иккинчи даврани ғалаба билан бошлашни мақсад қилгандик"  1 22:55"Истанбул Башакшехир" ўртоқлик ўйинида "Истанбулспор"ни минимал ҳисобда мағлуб этди, Шомуродов ва Файзуллаев баҳсда иштирок этди  10 22:49Улуғбек Бакаев: "Футболда шунақа: сен урмасанг, сенга уришади"  7 22:20Manchester Evening News журналисти "Ман Сити"нинг Ҳусанов бўйича режаларини хабар қилди  5 21:58Суперлига. "Пахтакор" "Машъал" устидан минимал ғалабага эришди  37 21:55Суперлига. ОКМК Қаршида "Бухоро"дан устун келди   17 21:35Тадич янги клубга ўтди  0 21:05"Бавария" футболчиси Лондон клубига ўтади  1 19:53"Ливерпуль" келаси мавсум учун либосларини тақдим этди  12 19:27Сюрприз! Балотелли Испаниянинг 3-дивизион клубига ўтиш арафасида  4 18:34Исак "Ливерпул"га ўтишни истамоқда, "Ньюкасл" эса қарши  6

"Nasaf" yozgi transfer oynasini qanday o'tkazdi? Skaut mulohazasi Yangiliklar

"Nasaf" yozgi transfer oynasini qanday o'tkazdi? Skaut mulohazasi

Teglar :  Nasaf
"Nasaf"ning yozgi transfer oynasida kelib qo'shilgan yangi futbolchilarini tahlil qilamiz.

O'zbekistonda yozgi transfer oynasi yopildi. Har bir klub Superligadagi tanaffus davomida u yoki bu tarzda o'z safini kuchaytirmoqchi bo'ldi. Turnir jadvalining yuqori qismida joylashgan klublarning transferlari katta qiziqish uyg'otmoqda. Mamlakatning amaldagi chempioni "Nasaf" yozgi transfer harakatini turlicha o'tkazdi.


Muammoli poziciyalar

Avvalo, qaysi poziciyalar kuchaytirishni talab qilganini aniqlab olaylik.

Akmal Mozgovoy ketganidan so'ng, "Nasaf" yarim himoyachiga juda muhtoj bo'lib qoldi, ayniqsa himoya va hujumni bog'laydigan "jangchi" tipidagi o'yinchiga. Mozgovoy raqib darvozasi oldida etarlicha samarali edi – hech bo'lmaganda o'tgan yili "Nasaf"ga chempionlikni keltirgan chalqancha uslubdagi golini eslash kifoya. Umuman olganda, Akmal bir yarim yil ichida (2024 yilgi mavsum va 2025 yilgi mavsumning yarmi) Superligadagi 38 ta o'yinda 5 ta gol urgan va 4 ta golli uzatma amalga oshirgan – yarim himoyachi uchun yaxshi ko'rsatkich.

Qishda "Nasaf" o'zini oqlamagan va oxir-oqibat klubni tark etgan Rubin Xebay bilan shartnoma imzoladi. Shu tariqa, qarshiliklarga ikkinchi hujumchi kerak edi – hozirda jamoada faqat Norchaev va Cheran qoldi (Cheran ko'proq orqaroqda, "erkin ijodkor" sifatida o'ynaydi).

Qolgan barcha poziciyalarda, u yoki bu tarzda, yaxshi raqobat kuzatiladi va har bir poziciyaga kamida ikkita o'yinchi to'g'ri keladi.

Yangi futbolchilarning o'yin uslubi

Yozda "Nasaf" uchta yangi futbolchi bilan shartnoma imzoladi:

1) Adenis Shala - 26 yoshli kosovolik vinger, Makedoniya chempionatida o'ynagan;

2) Yusuf Otubano - 32 yoshli nigeriyalik hujumchi, so'nggi besh yil davomida Armanistonda o'ynagan;

3) Kingsli Sokari - nigeriyalik 30 yoshli markaziy yarim himoyachi, "Nasaf"ga o'tishidan oldin Kuvaytda o'ynagan.


Har birining o'yinini ko'rib chiqamiz. Shaladan boshlaymiz.

Shala hujumning ikkala qanotida ham o'ynay oladigan vinger hisoblanadi. U past bo'yli (Transfermarkt malumotlariga ko'ra - 171 sm), etarlicha tez va chaqqon. Tipik jihatdan Oybek Bozorovga juda o'xshaydi. Uning umumiy faolligi va ishchanligini takidlash lozim. Bo'sh nuqtalarga yaxshi ochiladi va poziciya tanlaydi. Orqaga va yonga ko'p uzatma beradi, bu qanot hujumchisi uchun unchalik yaxshi emas. To'pni yaxshi boshqaradi, o'rtacha dribling qiladi (har bir o'yinda 3,4 urinish, 65,9% muvaffaqiyatli). Jamoaviy o'yinda yaxshi harakat qiladi: bir o'yinda o'rtacha 1,6 ta muhim uzatma, 2 ta qanotdan uzatma (38,8% aniq), 2,3 ta jarima maydoniga uzatma amalga oshiradi. Aksariyat vaziyatlarni bo'sh hududlarda yaratadi. Agar o'yin zichroq va shiddatliroq bo'lsa, unda muammolar yuzaga kelishi mumkin.

Umuman olganda, uni asosiy raqobatchilari – Oybek Bozorov va Stefan Cholovichdan ajratib turadigan hech narsani ko'rmadim. Katta ehtimol bilan u "rotaciya o'yinchisi" sifatida ko'riladi va sheriklarini almashtiradi. Asosiy afzalliklari – tezligi, chaqqonligi, ikkala qanotda o'ynash qobiliyati va yoshi (26 yosh – eng gullagan davr). O'zbekiston chempionati Makedoniya chempionatidan saviyasi balandroq ekanini inobatga olib, bunga ozgina tuzatish kiritish kerak. Umumiy baho: 10 balldan 6,5 / 7.

VIDEO


Navbat Otubanoga keldi. 32 yoshli hujumchiga baho berishda u "Nasaf"ga o'tgunga qadar to'p tepgan Armaniston chempionati ham Makedoniya chempionati kabi shiddatli emasligi ko'zga tashlandi. Superligada ham tezlik doim yuqori emas, lekin Armaniston chempionatida undan ham pastroq. Oliy darajadagi legionerlar to'plangan arab mamlakatlari klublariga qarshi Elita Chempionlar Ligasida Otubanoning o'yinini kuzatish qiziq bo'ladi. Yusufning sermahsulligi chalg'itmasligi kerak: o'tgan mavsum Armaniston chempionatida "Pyunik" safida urilgan 14 goldan 5 tasi penaltidan urilgan. Shu tariqa, past intensivlikdagi ligada 25 o'yinda Otubano 9 ta "o'yindan" gol urdi.

Otubano o'yin uslubi jihatidan Joel Kojoga o'xshaydi. Yusufning tezligi yomon emas, lekin uni tezkor hujumchi deb bo'lmaydi. Ehtimol, bu yosh bilan bog'liqdir va ilgari nigeriyalik hujumchi ildamroq bo'lgandir. To'pni yaxshi darajada boshqaradi, yaxshi dribling qiladi, lekin bazan o'yinga berilib ketib, to'pni uzoq ushlab turadi. U har bir o'yinda o'rtacha 3,9 marta aldab o'tishga urinadi, shundan 53,5% muvaffaqiyatli chiqadi. Hujumchi uchun bu juda yaxshi raqamlar hisoblanadi. Jamoaviy o'yinda o'rtacha harakat qiladi: bir o'yinda 0,9 ta muhim uzatma, 1,8 ta jarima maydoniga uzatma amalga oshiradi.

Poziciya tanlash va ochilishda yaxshi darajaga ega. Gol urish hissiyoti mavjud, qaerda va qachon paydo bo'lish kerakligini biladi. Biroq golli vaziyatlarini amalga oshirish darajasi past – ko'rinishidan umumiy golli vaziyatlarining taxminan 20-25 foizini maromiga etkazadi. Zarba berishga moil: har o'yinda 38,3% aniqlik bilan 2,8 ta zarba. Ko'pincha tayyorlanmagan holatlardan zarba beradi – masalan, uchib kelayotgan to'pni qabul qilib, o'ziga qulay vaziyat yaratish o'rniga to'g'ridan-to'g'ri zarbani amalga oshiradi. Erda to'p uchun kurashda yaxshi ko'rsatkichlarga ega – 19,7 ta yakkama-yakka kurash, 41,3% g'alaba. Havodagi to'p uchun kurashda ahvol ancha yomon – 1,7 ta yakkama-yakka kurash va atigi 17,5% g'alaba. Ko'rganlarimizni umumlashtirib va Armaniston chempionati darajasini hisobga olib, Yusuf Otubanoni ham 10 ballik tizimda 6,5 / 7 ball bilan baholash mumkin. Menimcha, u ham Shala kabi rotaciya o'yinchisi bo'ladi, asosiy etibor esa avvalgidek Norchaevga qaratiladi.

VIDEO

Himoyachi Kingsli Sokariga kelsak, WyScout’da faqat uning 2023/2024 yilgi mavsumda Misrning "Farko" jamoasidagi o'yinlari mavjud. Oxirgi o'yin 2024 yil iyunda bo'lib o'tgan. Shu sababli, Sokarini baholay olmadim, chunki bir yil oldingi o'yinlar asosida o'yinchini baholash juda qiyin va xavfli. Bu vaqt ichida ko'p narsa o'zgarishi mumkin.

"Nasaf"ga o'tishidan oldin 30 yoshli nigeriyalik Kuvaytning "Kazma" jamoasida to'p tepgan. Ko'pchilik Kuvayt chempionatining darajasini bilarmikan? Shaxsan o'zim bilmayman, lekin Superliga undan kuchliroq bo'lsa kerak. Makedoniya va Armanistondan kuchliroq bo'lgani kabi.

"Nasaf" Shala, Otubano va Sokarini "qoldiq tamoyili" asosida jamoaga qo'shib olgandek tuyuladi. Ehtimol, klubda boshqa, qiziqarliroq variantlar bo'lgandir, ammo turli sabablarga ko'ra ular amalga oshmagan. Buni bilvosita har uchala transfer so'nggi kunlarda elon qilingani ham tasdiqlaydi. "Nasaf"ning imkoniyatlari va Elita Chempionlar Ligasida ishtirok etayotganini hisobga olsak, klub sifatliroq futbolchilar bilan shartnoma imzolashi kerak edi. Ehtimol, bunday maqsad bo'lmagan va vazifa faqat tarkibni kengaytirish, aynan rotaciya uchun o'yinchilarni olish bo'lgan bo'lishi ham mumkin.

Raqiblar bilan taqqoslash

Asosiy raqiblarning kuchayganiga guvoh bo'lgan payt "Nasaf" transferlari qiziqarli ko'rinadi:

"Paxtakor" – Hojimat Erkinov, Azizbek Turg'unboev, Bobir Abdixoliqov, Zayd Tahsin (O'rinboev, Azmiddinov, Abdullaev, Jo'raqo'ziev, Hoshimov, Usmonov, Saidnurullaev, Lukka ketdi);

"Neftchi" – Joel Kojo, Silvanus Nimeli, Alisher Odilov (Boltaboev, Tabatadze, G'iyosov, Gadoev ketdi).

"Paxtakor" ham, "Neftchi" ham asosiy tarkibga yordam bera oladigan o'yinchilarni olishdi. Shu bilan birga, ikkala klub ham etarli o'yin amaliyotiga ega bo'lmagan futbolchilardan xalos bo'lib, maosh xarajatlarini kamaytirdi. "Paxtakor" esa O'rinboevni sotishdan foyda ko'rdi (bundan tashqari, Abbos Fayzullaevning CSKAdan "Istanbul Bashakshehir"ga transferidan ham ulush oladi). Yangi o'yinchilarga kelsak, Tahsindan tashqari barcha yuqorida sanab o'tilgan futbolchilar Superliga va O'zbekistonning turli yoshdagi terma jamoalari o'yinlarini kuzatib boradigan muxlislarga yaxshi tanish.

"Dinamo", "Bunyodkor", OKMK va "Navbahor"da esa biroz kamtarinroq transferlar amalga oshirildi:

"Dinamo" – Ulug'bek Hoshimov, Jahongir Abdusalomov, Dmitriy Pletnev, Mahmud Mahamadjonov.

"Bunyodkor" – Valijon Rahimov, Matiya Krivokapich (Hamrobekov, Kachorri, Abdunabiev, Amonov ketdi);

OKMK – Hamidullo Abdunabiev, Ibrohim Yo'ldoshev, Shahzod Toirov (Rahmonov ketdi);

"Navbahor" – Jamshid Boltaboev, Muhammadali G'iyosov, Julio Sezar (Odilov va Karpovich ketdi).

"Bunyodkor" sezilarli darajada kuchsizlandi – "tavofut yaratuvchi" Hamrobekov va Kachorri ketdi. Birinchi davrada peshqadamlardan biri bo'lgan Alisher Odilovning ketishi "Navbahor" o'yiniga katta ehtimol bilan tasir ko'rsatadi. Bu erda o'zbek futboli muxlislari uchun yangi nomlar – Matiya Krivokapich va Julio Sezar.


Xulosa

"Nasaf" yozgi tanaffusda kuchaymaganini aytish mumkin. Albatta, yangi kelgan o'yinchilarning qanchalik foydali bo'lishini faqat vaqt ko'rsatadi. Biroq dastlabki taassurotga ko'ra, jamoaga kelgan futbolchilar sifat qo'shishi ehtimoldan uzoq, shuningdek, Akmal Mozgovoyga munosib o'rinbosar ham topilmadi. Ehtimol, Shala, Otubano va Sokari OCHL Elita Ligasida "Nasaf"ga yordam bera oladigan darajadagi o'yinchilar emasdir.

Superligada "Nasaf", albatta, chempionlikkacha "etib borishi" mumkin. Agar qarshinliklar unvonni saqlab qolishsa, bu o'tgan yilgi "zaxira"si va bir necha yil davomida shakllangan jamoa asosida erishilgan hisoblanadi.

"Nasaf"ning yozgi yangi azolaridan birortasi mavsum yakunida jamoani tark etsa, hayron bo'lmayman. So'nggi yillarda qarshiliklar transfer bozorida bir necha bor xatoga yo'l qo'yishdi – Andres Chaves, Temur Chogadze, Viktor da Silva, Valentino Yuel va Rubin Xebayni eslash kifoya. Ularning barchasi o'zini ko'rsata olmadi va tez orada klubni tark etdi.

 

Muallif: Nikolay Egorichev

P.S. Tahririyat fikri muallif fikriga mos kelmasligi mumkin.

Reyting: +4   

Fikrlar

+2   
01 avg 11:47:40
Rasul M
Negativ maqola..trnsferlar ozini oqlaydi Nasib qilsa...koplab futbolchilar bor omadsiz mavsumlar ortidan ochilib ketgan...Elite championlar ligada Nasaf yaxshi qatnashadi menimcha chunki Nasafda oyin nomlarga emas Jamoa ichki muxitiga qarab tuzilgan...
+2   
01 avg 11:34:34
Тўлқин Хайит
Ҳа, Рўзиқул Бердиевга ва Насаф ёшларига куч қувват берсин янги трансфердан умуд йўққа ўхшайди. Оловли ўйинлар олдинда турибди. Аллохим ўзинг нима бўлса шарманда қилма.
+1   
01 avg 14:01:28
muzaffarov1970@gmail.com
Насафга келган легионер уйинчиларини уйинларини видеосини куриб уларнинг кандай туп суришларини куриб шундай хулосага келдим. Шалани уйин услубини куриб яхши тухтамга келдим. Яхши хужумларни ташкил килиб бир нечта чиройли киритган голлари мактовга сазовар. Энди бу маколага келтирилган Насаф легионери хакидаги хулосага куп хам кушилмаган булар эдим. Хали бу уйинчиларини уч туртта уйинларини куриб кийин хулоса килиш керак.Юсуф хам яхши хужумларни ташкил килиб у хам чиройли голлар киритган. Учунчи легионер тугрисидаги уйинчи хакида Бир нарса дийаолмайман. Очиги жужани кузда санаймиз. Насафга омад тилаган холда барча уйинларида галаба тилаб коламан.
   
01 avg 20:47:58
Sayfuddinovich86
Nimaga asosiy raqiblar orasiga o'rtamiyona Bunyodkor, Paxtakor kabilarni qo'shgansiz, muallif?
   
01 avg 19:06:02
Football Onlooker
Муалифга савол: қайси жамоани леганер футболчиси махалийлардан яққол ажралиб махалий боллардан 2 бош устин эканлигини кургансиз? Деярли хаммаси узимизи футболчилардек,масалан Ойбек Бозоров каби футболчини УЗБдан топиб харид қилиш мкмкинми? Йуқ,четдан эса бундай футболчилпрни унча қиммат булмаган нархда олиб келса булади,масалан Ойбек хам инсон,у хам чарчайди травма олади,шундай пайтларда уни урнини босадиган футболчи жамоада булиши керакми? Керак албатта,жамоа мурабийлари имено шуларни уйлаб бу болани жамоага таклиф қилишган,жаноб муалиф хазратлари Арманистон футболини УЗБ футболидан пастга уришига шунчаки кулиб қуйдим ) Арманлар футболи паст булгани учун уртоқликларда бир неча бор бизни термани ютишганмиди? Хатто азарлар хам бизни осонлик билан ютиб кетишларини куп ва хуп курганмиз,муалиф хазратлари далбаёплардек фекир езганлар ЖЧ чиқанимиз учунми УЗБ футболини осмонга олиб чиқиб қуйганлар))) дейлик жахон юлдузлари даражасидаги леганерлпрни хеч бир жамоамиз олиб келолмаслигини муалиф билмайдими? Билади,(ундайлар УЗБга келмайлиям)проста бутда Насафни пастга уришга уринган халос,масалан шу кеча кундузда энг яхши леганер Дориев хисобланади,курябмиз узимизда Доревни хам ёпиб қуя оладиган жамоалар борлигини куриб келябмиз,бу билан Дориев ёмон еки узимизини махалийлардек дея олмаймиз,холайизми йуқми Дориевдек махалий футболчи узимизда йуқ ,демак Дориев керакли пайтларда жамоасига мухим очколарни олишига катта ердам бериб келябди,Насафдаги Коливич тугрисидаям шу фекирдаман,Коливични хам уйини яхши чиқан пайтлари жамоа учун жуда катта фойда берябди,леганерлардан бундан ортиғини кутиб булмайди,леганерам сехргар булмайди у хам одий футболчи булади,фақат жамоасига купро фойда келтиради халос
   
01 avg 11:39:37
Obidjon
Shaxsan men Nasaf muxlisi sifatida elit Ligada hech qanday ijobiy natija kutmayapman. Zoʻrma zoʻraki transferlar amalga oshirildi. Ilohim tasavvurlarim notoʻgʻri chiqsin.Omad Nasafga
   
01 avg 11:33:35
Xojiakbar
Hurmatli sayt xodimlari. Super liga 2-davra to'liq taqvimini chiqarib beringlar.
   
01 avg 11:25:49
Шухрат Эргашев
Нима хам дердик, хаммасини майдонда курамиз. Омад барча клуб ва уйинчиларга. Хакиатдан хам маркетинг, уйинчилардан пул килишга Пахтакор тажрибаси купрок, Насаф хам ёш уйинчилар билан узокрок муддат шартнома тузиб трансферлардан пул ишласа булади, Насафда ёш иктидорлар жуда куп, факат уларни уйинларга жалб киладиган мураббийлар "халол", узокни кура биладиган булиши керак, назаримда.
-1   
01 avg 17:51:20
RADIANT_1
Nasafning 20 yillik muxlisi sifatida aytishim kerakki, Nasaf o'zi ligeonerlardan umuman voz kechib bor e'tiborini va mablag'ini Akademiyani kuchaytirishga sarflasa yaxshi bo'lardi. Shu xorijlik bir tiyinga qimmat futbolchilarni yarim puliga ham xorijlik zo'r trenerlarni mutaxasislarni chaqirib akademiyani kuchaytirsa bo'ladi. Xuddi Ayaks, Dortmund, LaMasia maktablari kabi jahon darajasidagi zo'r o'yinchilarni yetishtirishi va ularning keyingi transferlaridan foiz ulushi olishi kerak. Shunda ham klubga, ham o'zbek futboliga ham terma jamoaga foydali bo'lgan bo'lardi.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика