Pyanich: "Barselona" tarixida iz qoldirmoqchiman"
09 noy 2020 16:08
Yangiliklar
Pyanich: "Barselona" tarixida iz qoldirmoqchiman"
"Barselona" xavbeki Miralem Pyanich Kataloniya grandi tarixida o'z izini qoldirmoqchi.
"Men dunyoning eng buyuk klubi tarkibida o'ynamoqdaman. Men doim shu erda o'ynashni orzu qilganman. "Barselona" tarixida iz qoldirmoqchiman.
Menda bunday imkoniyat bo'ladi deb o'ylayman. Jamoa bilan futbolda mavjud barcha titulni yutmoqchiman va eng yaxshilaridan biri bo'lishni xohlayman", - deydi yarim himoyachi.
Miralem "Barselona"ga o'tgan yozda 60 million evro evaziga o'tgan. Uning klub bilan tuzgan shartnomasi 4 yilga mo'ljallangan.
Futbolchi joriy mavsum La Liga doirasida 4ta o'yinda maydonga tushdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Fikrlar