"Pushkash" mukofoti sovrindori faoliyatini 33 yoshida yakunladi
15 avg 11:57
Yangiliklar


"Pushkash" mukofoti sovrindori faoliyatini 33 yoshida yakunladi
Argentina terma jamoasidagi o'yinlari bilan ham tanilgan 33 yoshli vinger Erik Lamela Greciyaning AEK jamoasidan ketganidan so'ng futbolchilik faoliyatini yakunlaganini elon qildi.
AS xabariga ko'ra, Lamela "Sevilya"da Matias Almeydaning murabbiylar shtabiga qo'shiladi, u 2021 yildan 2024 yilgacha shu erda o'ynagan va Evropa Ligasida g'olib chiqishga yordam bergan.
Lamela 2024/25 yilgi mavsum AEK tarkibida 31 o'yin o'tkazib, 6 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Lamela "Tottenxem"da o'ynagan davrida 2021 yilning eng chiroyli golini urgan va buning uchun "FIFA Ferenc Pushkash" mukofotini o'ziniki qilgan. 2021 yilning 14 martida bo'lib o'tgan "Arsenal"ga qarshi o'yinda u to'pni raqib himoyachisining oyoqlari orasidan o'tkazgan holda darvozaning uzoq burchagi tomon "rabona" zarbasini yo'llagandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar