PSJdagilarning fikricha, Kilian klubdan 98 mln evro qarzdor ekan
13 may 00:09
Yangiliklar
PSJdagilarning fikricha, Kilian klubdan 98 mln evro qarzdor ekan
Eslatib o'tamiz, 2024 yil sentyabr oyida Franciya professional futbol ligasi (LFP) parijliklarni yozda "Real"ga bepul o'tgan hujumchiga ish haqi va bonuslar bo'yicha qarzni to'lashga majbur qilgan edi. Keyinroq Mbappe to'lovlar amalga oshirilmagani sababli LFPning intizom qo'mitasiga murojaat qildi, biroq bu murojaat rad etildi, chunki klub LFPga qarshi Parijda sudga murojaat qilgan.
Aprelda Parij sudi qaroriga ko'ra, PSJning hisob raqamlarida Mbappe oldidagi 55 million evro qarz summasi hibsga olingan edi.
RMC Sport xabariga ko'ra, dushanba kuni PSJ sudga klub hisob raqamlaridagi pullarning hibsga olinishini bekor qilish talabi bilan davo arizasi topshirgan. Sud jarayonida klub advokatlari Mbappe klubning unga qarzdorligiga isbotlovchi dalillar keltirmaganini bildirgan.
Shuningdek, klub tomoni sudda Mbappening o'zi klubga 98 million evro qarzdor ekanini iddao qildi. PSJda hujumchining qarzdorligi uning klubga zarar etkazgan "vaqtni cho'zish" taktikasi natijasida yuzaga kelgan deb hisoblaydi.
"Maqsad 98 million evro olish emas, balki shuni ko'rsatish: agar u bizdan qarzdor bo'lsa, uning talabi asossiz", – dedi PSJ advokati Reno Semerdjyan.
Tergov 26 may kuni davom etishi kutilmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar