PSJ klubi "yaponiyalik Messi"ni sotib olmoqchi. U "Barselona" akademiyasida o'ynagan
24 apr 2019 01:50
Yangiliklar
PSJ klubi "yaponiyalik Messi"ni sotib olmoqchi. U "Barselona" akademiyasida o'ynagan
PSJ yaponiyalik 17 yoshli futbolchi Takefusa Kuboni qo'lga kiritmoqchi.
Kubo 2011-yilda «Barselona»ning taklifiga binoan klubning yoshlar jamoasi tarkibiga borib qo'shilgan. Biroq, 4 yil oldin FIFA tomonidan kataloniyaliklarga qo'yilgan taqiq sabab, u jamoa akademiyasini tark etishga majbur bo'lgandi. «Ko'k-anorranglilar» futbolchini hozirgi kunda ham kuzatib bormoqda. Hujumkor yarimhimoyachining o'yin uslubi Messinikiga o'xshash bo'lib, unga «Real» tomonidan ham qiziqish bo'lmoqda. PSJning sport rahbari Antero Enrike yaponiyalik futbolchi bilan kelishuvga erishib, uni Franciyaga olib kelmoqchi.
Aytish joizki, Takefusa Kubo ayni vaqtda Yaponiyaning «Tokio» klubi sharafini himoya qiladi. U mamlakat chempionatining 7ta uchrashuvida maydonga tushib, 2ta pas berishga erishgan.
Fikrlar