PSJ "Barselona" ishlariga aralashdi
11 dek 2022 13:36
Yangiliklar
PSJ "Barselona" ishlariga aralashdi
PSJ va "Barselona" "CHelsi" futbolchisi Ngolo Kante bilan shartnoma imzolamoqchi.
"Diario Sport" xabariga ko'ra, so'nggi haftalar davomida francuz klubi 31 yoshli yarim himoyachi bilan muzokaralarni tezlashtirmoqda. Ancha vaqtdan buyon Kante bilan muzokaralar olib borayotgan "Barselona" esa uni jamoaning etakchisi sifatida jamoaga taklif qilmoqchi.
Jarohati sababli Kante qaror qabul qilishga shoshilmayapti. U yanvar oyida safga qaytishi kerak. U "CHelsi"da qolmasligini, erkin agent sifatida jamoadan ketishini rahbariyatga aytib qo'ygan. Biroq "Barselona" mavsum yakunigacha kutishni, uning holatiga etibor berishni xohlamoqda. Agarda u to'liq jismoniy holatiga qayta olsa, "Barselona" futbolchi bilan shartnoma imzolashga harakat qilib ko'radi.
PSJ esa Kanteni ko'proq maqul ko'rmoqda.
Fikrlar