So’nggi yangiliklar

10:17Ямал бу мавсумдаги мақсадлари ҳақида фикр билдирди  1 09:48Англия термасининг собиқ футболчиси ЖЧ учун Саудия Арабистонидан кетишни истамоқда  0 09:22"Манчестер Сити" етакчиларидан бирига янги шартнома таклиф қилади  0 08:56"Барселона" президенти Мессининг қайтиши ҳақида фикр билдирди  11 08:31Чемпионшип вакили 3 миллиард евролик стадион қуради  3 07:59Суперлига. Бугун бизни учта учрашув кутиб турибди  6 07:45Суперлига. "Пахтакор" – "Насаф" 1:0  0 07:29"Нефтчи" - "Қизилқум" учрашувига қўшимча чипталар сотувга чиқарилади  16 00:57"Арсенал"га МЮ тарбияланувчиси керак  0 00:24Мане 2015 йилда нега МЮга ўтмаганини айтди  0 23:54Суперлига. "Пахтакор" ўз майдонида "Насаф"ни мағлуб этган учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  0 23:37"Пахтакор" 7 ўйин деганда Суперлигада "Насаф"ни мағлуб этди  5 23:13Дуайт Йорк "Юнайтед"да Шешконинг ўрнига кимни ўйнатиш кераклигини айтди  2 22:50Каррагер "Ливерпуль" ҳақида: "Мавсумни тўлақонли пароканда қилиш учун марказий ҳимоячи жароҳат олса бўлгани"  0 22:16Жорди Альба: "Ямал ва Мессини солиштириш нотўғри"  0

PRO murabbiylik kursida tahsil olayotgan mutaxassis Superliga klubi bosh murabbiyi bo'lib ishlashiga ruxsat beriladi Yangiliklar

PRO murabbiylik kursida tahsil olayotgan mutaxassis Superliga klubi bosh murabbiyi bo'lib ishlashiga ruxsat beriladi

Kecha - 6-yanvar kuni Associaciya va Liga rahbariyati ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tdi va unda O'FA texnik direktori Gi Kiala ham ishtirok etdi.

Uchrashuvda Superliga klubi bosh murabbiyi sifatida faoliyat olib boradigan mutaxassislar masalasi ham muhokama qilindi. Sir emaski, bu lavozim uchun Pro licenziyasi talab etiladi. Ayni vaqtda mazkur licenziyaga ega mahalliy mutaxassislar sanoqli hisoblanadi.

O'tgan yilning sentyabr oyida Toshkentda biroz tanaffusdan so'ng Pro licenziyasi uchun navbatdagi o'quv kursi start oldi. Unda 21 nafar mutaxassis tahsil olayotgan bo'lib, shundan 17 nafari mahalliy murabbiylar hisobalanadi. Bu o'z-o'zidan joriy mavsum so'ngida Pro licenziyasiga ega O'zbekistonlik mutaxassislar soni yana bir necha nafarga ko'proq bo'lishini anglatadi.

Yanvar oyidan etiboran professional futbol klubi maqomini olish uchun davogar klublar OFK licenziyalashidan o'tishni boshladi. Bunda ular OFK platformasiga Pro licenziyasiga ega shaxsni bosh murabbiy sifatida yuklashi lozim. Kechagi uchrashuvda OFK talabi muhokama qilindi va 2025 yilda Pro kursiga tahsil olayotgan mutaxassislarga Superliga yoki Proliga klubi bosh murabbiyi sifatida Liga ro'yxatidan o'tishga ruxsat berildi. Bu o'z navbatida futbol klublarida tanlov imkoniyatini oshiradi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика