So’nggi yangiliklar

20:50Ёмғирли ГАЛЕРЕЯ  1 20:41Бир йил футбол ўйнамаган Неймар ОЧЛ баҳсида майдонга тушиши мумкин  0 20:38Оллоберган Каримов: "Орзуларимдан бири амалга ошди. Аргентина билан муносиб ўйнадик"  0 20:20Англия футбол ассоциацияси Гвардиола билан боғланди, мураббий тез орада қарор қабул қилади  0 18:51Жамшид Искандеров: "Йигитлар эртанги ўйинга 100 фоиз тайёр!"  8 18:39Аббос Файзуллаев - ЦСКАнинг сентябрь ойидаги энг яхши футболчиси  5 18:22ЎФА ходими: Файзуллаев эртанги ўйинга тайёр   9 17:43Роналду "Барселона" футболчиси билан ҳазиллашди  6 17:25"Барселона" раҳбарияти Хавидан iPhone ва iPad'ларни қайтаришни сўрамоқда  13 17:01Испаниянинг мағлубиятсиз серияси нечта ўйинга етди?   2 16:45Аббосбек Файзуллаев эртага майдонга туша оладими?!  20 16:41Тошкентга келган БАА ҳужумчиси охирги уч ўйинда дарвозага умуман аниқ зарба бермади  13 16:36"Арсенал"ни стандартлар бўйича Европанинг энг кучли жамоасига айлантирган мураббий  1 16:20"Барселона" "Арсенал"дан текинга футболчи олмоқчи  0 16:01Симеоне январда кетмоқчи эмас  0

PRO-Liga “B” guruhi. 23-tur statistikasi Yangiliklar

PRO-Liga “B” guruhi. 23-tur statistikasi

Teglar :  PRO-ligaB guruhi
Kuni-kecha PRO-Liganing “B” guruhida 23-tur o'yinlari bo'lib o'tdi. Odatga ko'ra, poyoniga etgan uchrashuvlarning etiborga molik jihatlariga to'xtalib o'tamiz.

O'YINLAR
23-tur o'yinlari muxlislarga kutilmagan natijalarni taqdim etdi deyish mumkin. Aytish lozimki, “B” guruhida ham o'ziga yarasha intriga yuzaga kelgan. Jamoalarning ochkolari farqi u qadar katta emas. Deyarli 4ta jamoada chempion bo'lish imkoniyati hamon saqlanib turibdi. Bu esa kurash oxirigacha qiziydi demakdir.

Xususan “Yozyovon” jamoasi o'z maydonida “SHerdor”ni qabul qilib, kutilmaganda mag'lubiyatga uchrab, muxlislarini ajablantirib qo'ydi. Salimjon Zokirov shogirdlarida 1-o'ringa ko'tarilish imkoniyati bor edi. Biroq “SHerdor” futbolchilari katta ustunlikka erishgan xolda, safardan uch ochko bilan qaytishga muvaffaq bo'ldi.

Musobaqa peshqadami “Nurafshon” ushbu turda ham mag'lub bo'ldi. Vohid Xolboev boshqaruvidagi jamoa bu safar “G'ijduvon” maydoniga safar uyushtirdi. Mezbonlar har ikki bo'limda bittadan to'p kiritib, 2:0 hisobida g'alabaga erishdi.  Ushbu muvaffaqiyatdan so'ng g'ijduvonliklar ochkolari soni “Nurafshon”niki bilan tenglashtirib oldi va turnir jadvlida 2-o'ringa ko'tarildi.

PFLdan qarzlarini to'liq uzib bo'lmagan “Xotira-79” ushbu turda “Iftixor”ni qabul qilib g'alaba qozondi. Garchi uychiliklar o'yin kuni stadionda yig'ilib, uchrashuvga chiqqan bo'lsada, bahs taqdirini o'z foydasi tomon hal qila oldi.

CHempionat autsayderi “Lokomotiv-BFK” aftidan g'alabadan umidini uzgan ko'rinadi. “Temiryo'lchilar” raqiblariga ochko ulashishdan charchamayapti. SHunga qaramay bosh murabbiy Leonid Senkevich faoliyatini davom ettirayotgani tushunarsiz. Boz ustiga Toshkentda malakali murabbiylar etarlicha topilayotgan davrda “Lokomotiv-BFK”  rahbariyati boshqa nomzodlarni ko'rib chiqmayotganini qanday tushunish mumkin?! “Temiryo'lchilar” bu safar “Labsa”ni qabul qilib, yirik – 3:0 hisobida mag'lub bo'ldi. Yana bir fakt: o'z darvozasidan eng ko'p to'p o'tkazib yuborgan jamoa ham “Lokomotiv-BFK” bo'lib turibdi, 48ta.

«G'IJDUVON» - «NURAFSHON» 2:0
 «YOZYOVON» - «SHERDOR» 1:2
«XOTIRA-79» - «IFTIXOR» 1:0
 «LOKOMOTIV-BFK» - «LABSA» 0:3

GOLLAR
* 23-turning 4ta o'yinida jami 9ta gol qayd etildi.
* Bu esa har bir uchrashuvga o'rtacha 2tadan gol dekmadir.
* Mezbon jamoalar tomonidan kiritilgan gollar soni 4tani tashkil etdi.
* Qolgan 5ta to'p mehmonlar hisobiga yozildi.
* Uchrashuvlarning birinchi bo'limida kiritilgan gollar soni 2tani tashkil etdi.
* Ikkinchi taymda esa sermahsullik yanada ortdi va 7ta to'p kiritildi.
* Turning eng tezkor goli 22-daqiqaga to'g'ri keldi. “G'ijduvon” yarim himoyachisi Jamshid Hasanov “Nurafshon”ga qarshi bahsda birinchi bo'lib hisobni ochishga erishdi.
* Aksincha turning so'nggi daqiqada kiritilgan goli ham “G'ijduvon” – “Nurafshon” uchrashuvida yuz berdi. Mezbonlarning to'purar hujumchisi Mansur Otaqulov 87-daqiqada uchrashuvdagi ikkinchi golni kiritib, jamoasi g'alabasiga hissa qo'shdi.
* 23-turda ikkita futbolchi dublga erishdi. Iskandar Xolmirzaev (“SHerdor”) va Bahrom Narzullaev (“Labsa”) ikkitadan to'p kiritib, o'z jamoasiga g'alaba keltirdi.
* SHuningdek ushbu turda 1ta penalti qayd etildi. “Yozyovon” – “SHerdor” uchrashuvida bosh hakam Temur To'xtasinov mezbonlar darvozasi tomon 11 metrlik nuqtani ko'rsatdi. Biroq Maradona Safarov penaltidan aniq foydalana olmadi.

23-turda kimlar gol urdi?
1. Jamshid Hasanov – “G'ijduvon”.
2. Mansur Otaqulov – “G'ijduvon”.
3. Iskandar Xolmirzaev – “SHerdor” (2ta).
4. Zohid Ismoilov – “Yozyovon”.
5. Sanjar Ahmedov – “Xotira-79”.
6. Bahrom Narzullaev – “Labsa” (2ta).
7. Oybek Boboev – “Labsa”.

OGOHLANTIRISHLAR

* 23-tur o'yinlarini boshqarib borgan hakamlar jami 16 nafar futbolchini sariq kartochka bilan “siyladi”.
* Mezbon jamoalardan 4 nafar futbolchiga sariq kartochka ko'rsatilgan.
* Mehmon jamoa futbolchilari esa nisbatan ko'proq o'yin qoidasini buzganini ko'rish mumkin. Sababi mehmonlardan 12ta o'yinchi sariq bilan “siylandi”.
* Taymlar bo'yicha olib aytadigan bo'lsak, birinchi bo'limda 5ta ikkinchi taymda esa 11 nafar o'yinchiga sariq kartochka ko'rsatildi.
* Etiborlisi ushbu turda birgina “Xotira-79” jamoasi futbolchilariga sariq kartochka ko'rsatilmadi. Tartib-intizom bo'yicha uychiliklar boshqalarga o'rnak bo'ldi.
* Aksincha “Labsa” jamoasi futbolchilaridan 4tasi sariq kartochka bilan ogohlantirildi. Bu borada ular 23-turda “peshqadamlik” qildi.
* Etiborlisi ushbu turda birorta ham qizil kartochka qayd etilmadi.

23-turda kimlar sariq kartochka oldi?
1. Asomiddin Mamatov – “G'ijduvon”.
2. Jahongir Ismoilov – “G'ijduvon”.
3. Orifjon Hakimjonov – “Nurafshon”.
4. Orifxo'ja Abduxoliqov – “Nurafshon”.
5. Karimberdi Mamadaliev – “Yozyovon”.
6. Muhammad Rajabov – “SHerdor”.
7. Iskandar Xolmurzaev – “SHerdor”.
8. Maradona Safarov – “SHerdor”.
9. G'iyos Tursunov – “Iftixor”.
10. SHoxruh Xolmatov – “Iftixor”.
11. Abbos Nosirov – “Iftixor”.
12. Islom SHaripov – “Lokomotiv-BFK”.
13. Oybek Boboev – “Labsa”.
14. Islom Xoliqov – “Labsa”.
15. To'lqin Umarov – “Labsa”.
16. Valijon Jo'raev – “Labsa”.

MUXLISLAR
* PRO-Liganing “B” guruhidagi o'yinlarga tomoshabinlarning qiziqishi u qadar yuqori deb bo'lmaydi.
* Xususan 23-turning 4ta o'yiniga jami 874ta tomoshabin tashrif buyurdi.
* Bu esa har bir o'yinga o'rtacha 218ta tomoshabin demakdir.
* Ushbu turda eng ko'p tomoshabin “Yozyovon” – “SHerdor” o'yinida kuzatildi.
* Toshkentdagi “Lokomotiv-BFK” – “Labsa” uchrashuviga atiga 34 nafar ishqiboz tashrif buyurgan xolos.
Tomoshabinlar tashrifi kimda qanday?
«G'IJDUVON» - «NURAFSHON» 2:0
G'ijduvon. “Navro'z” stadioni. 257 tomoshabin.
 «YOZYOVON» - «SHERDOR» 1:2
Yozyovon. “Markaziy” stadion. 505 tomoshabin.
«XOTIRA-79» - «IFTIXOR» 1:0
Namangan. “Barkamol avlod” stadioni. 78 tomoshabin.
«LOKOMOTIV-BFK» - «LABSA» 0:3
Toshkent. TTYMI stadioni. 34 tomoshabin.

NAVBATDAGI UCHRASHUVLAR
24-tur. 5 sentyabr (chorshanba)

«Iftixor» - «Lokomotiv BFK»
«SHerdor» - «Xotira-79»
«Nurafshon» - «Yozyovon»
«Zomin» - «G'ijduvon»
«Labsa» dam oladi

 

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика