So’nggi yangiliklar

00:55Президент қарори билан Каттақўрғон шаҳрида футбол академияси қурилади  2 00:24Ироқ. Шерзод Темировнинг ягона голи "Арбил" клубига ғалаба тақдим этди. Футболчи ажойиб натижа қайд этмоқда  9 00:15Яйпанга катта футболни қайтариш ҳаракатлари бошланди  3 23:47Луис де ла Фуэнте: "Месси ва Роналду фаолиятини якунламасликлари керак"  2 23:18"Барселона", "Интер" ва "Боруссия" "Хайдук"нинг 18 ёшли ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  0 22:30"Челси" яқин келажакда натижалар яхшиланмаса, Марескани истеъфога чиқариши мумкин  3 21:56Роберто Ди Маттео мураббийлик фаолияти тиклаш ҳақидаги саволга жавоб берди  2 21:31Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди  15 20:55"Барселона" гол уриш бўйича рекорд ўрнатди  0 20:39Килиан Мбаппе Испания Суперкубоги финалида ўйнаши мумкин  1 19:49"Реал" марокашлик футболчиси билан 2030 йилгача бўлган битим имзолайди  2 19:35"Олимпик" ўйинчиларига маошининг ярмидан воз кечиш таклиф қилинмоқда  5 18:49Мбаппе жароҳат олди  7 18:37Жейми Каррагер: "Жезус Дьокерешдан яхшироқ, бу факт"  6 17:51Орлов замонавий шарҳловчилар ҳақида: "Нотўғри урғулар қулоққа ғалати эшитилади. Баъзида ўйиндан жуда катта чалғишлар бўлади. Эфирда кераксиз сўзлар кўп бўлмаслиги керак"  10

Prevyu. Yangilangan "Bunyodkor" Superligada jon saqlab qolgan "Qizilqum"ga qarshi Yangiliklar

Prevyu. Yangilangan "Bunyodkor" Superligada jon saqlab qolgan "Qizilqum"ga qarshi

Bugun O'zbekiston Superligasining 1-turidan o'rin olgan navbatdagi o'yinlar bo'lib o'tadi.

Toshkentning "Bunyodkor" klubi yangi murabbiylar shtabi qo'l ostida dastlabki bahsni o'tgan mavsum o'tish o'yinida g'alaba qozonib, Superligada qolgan Navoiyning "Qizilqum" klubini qabul qiladi.

Bu ikki jamoa hozirga qadar Superligada 34 marta o'zaro o'yin o'tkazishgan. Katta ustunlik "qaldirg'ochlar" tomonida. "Bunyodkor" 20 marta g'alaba qozongan, 7ta bahsda durang qayd etilgan. Qolgan 7ta uchrashuvda Navoiy klubi zafar quchgan. Toshkent klubi o'zaro o'yinlarda 62ta gol urgan va 29ta to'p o'tkazib yuborgan.

"Bunyodkor" maydonida o'tgan oxirgi 4ta uchrashuvda mezbonlar faqat bir marta g'alaba qozonishgan. "Qizilqum" oxirgi ikkita safardagi o'yinda bu raqib darvozasiga 2tadan gol urgan.


"Bunyodkor" yangi mavsumga qay darajada tayyorgarlik ko'rdi: ulkan qarz girdobidagi klub xorijlik murabbiylar bilan yaxshi natijaga erishmoqchi (mutolaa uchun)        



Toshkentda o'tgan oxirgi 5ta o'yin
06.10.2023 "Bunyodkor" – "Qizilqum" 2:2
10.08.2022 "Bunyodkor" – "Qizilqum" 1:2
04.11.2021 "Bunyodkor" – "Qizilqum" 1:0
28.08.2020 "Bunyodkor" – "Qizilqum" 1:1
22.09.2019 "Bunyodkor" – "Qizilqum" 2:1

Hakamlar
Uchrashuvni Rustam Lutfullin boshchiligidagi hakamlar boshqarib borishadi. 2023 yilda Lutfullin "qaldirg'ochlar"ning 3ta uchrashuvida ishlagandi: 1ta g'alaba, 2ta mag'lubiyat. Lutfullin o'tgan yil "Qizilqum"ning ikkita o'yinida bosh hakam bo'lgan ekan. Navoiy klubi ikkala o'yinda ham mag'lub bo'lgan.


"BUNYODKOR" - "QIZILQUM"
2 mart 2024 yil. Toshkent. "Bunyodkor" stadioni. 17:00
Bosh hakam:
Rustam Lutfullin
Yordamchi hakamlar: Baxtiyorxo'ja SHavkatov, Ruslan Serazitdinov
To'rtinchi hakam: Jaloliddin Husnitdinov
VAR: Ilgiz Tantashev
AVAR: Timur Gaynullin
Nazoratchi: Bobur Haydarov
Komissar: SHohruh Said.

Taxminiy tarkiblar:
"Bunyodkor":
Marin Lyubich, Najmiddin Normurodov, Momchilo Raso, Mahmud Mahamadjonov, Muzaffar Olimjonov, Frane CHiryak, Toni Yovich, Samir Jelkovich, Azizbek To'lqinbekov, Mirjahon Mirahmadov, Temurxo'ja Abduxoliqov.
"Qizilqum": Robert Ozols, Nikolay Tarasov, Ilhom Vahobov, Jamoliddin Ubaydullaev, SHahboz Jo'rabekov, Azizbek Usmonov, Davron Anvarov, Asadbek Asadov, Giorgi Kuxianidze, Fayzullo Jumanqo'ziev, Akmal Muzaffarov.


Logotipi o'zgargan va etakchilardan voz kechgan "Qizilqum" yangi mavsumga tayyormi?        



Bunyodkor

Temurxo’ja Abduxoliqov - 78'

Superliga. 1-tur

02/03/2024, 17:00

3
:
1
Tugadi

Qizilqum

Giorgi Kuxianidze - 26', SHahboz Jo'rabekov - 33', Samandar Shukurullayev - 45'

45'
90'
46'  Suhrob Izzatov (Bilol Tupliev)
46'  Mirzhahon Mirahmadov (Ollobergan Karimov)
46'  Toni Yovich (Umidbek Sultonov)
64'  Najmiddin Normurodov (Amir To'raqulov)
78'  Temurxo’ja Abduxoliqov
78'  Usmonali Ismonaliev
82'  Momchilo Raso (Muzaffar Olimjonov)
26'  Giorgi Kuxianidze
26'  SHahboz Jo'rabekov
33'  SHahboz Jo'rabekov
45'  Samandar Shukurullayev
45'  Giorgi Kuxianidze
57'  SHahzod Rahmatullaev (Diyor Rahmatilloev)
67'  Fayzullobek Jumanqo'ziev (Akmaljon Muzaffarov)
82'  Giorgi Kuxianidze (Ilhom Vahobov)
82'  SHahboz Jo'rabekov (Sherzod Fayziev)

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика