So’nggi yangiliklar

18:00"Қўқон-1912" — "Қизилқум" 1:0 (матнли трансляция)  7 17:57Суперлига. "Пахтакор" – "Нефтчи". Таркиблар маълум  10 16:57Пепе Ла Лигада ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Вильярреал" форварди Ямал ва Мбаппени ортда қолдирди  0 16:28"Манчестер Сити" "Барселона" ярим ҳимоячисини нишонга олди  2 15:43"Арсенал" — "Ноттингем Форест". Таркиблар маълум  12 15:19ЎзЭл Классикосига превью  15 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  6 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  1 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  0 12:32Гави тахминан икки ойни ўтказиб юбориши мумкин  2 11:58"Монтеррей" Марсьяль трансферини эълон қилди  1 11:20Февзи Давлетов: "Навбаҳор" билан ўйинда биз ғалабага яқинроқ эдик"  6 10:58Азиз Ибрагимов: "Учрашув дерби мақомида ўтади, аммо ғалаба "Пахтакор"ники бўлади"  15 10:35Артета: "Ливерпуль" кучайиб кетди"  6

Prevyu. "So'g'diyona" - "Dinamo" Yangiliklar

Prevyu. "So'g'diyona" - "Dinamo"

Bugun oliy liganing 24-turidan o'rin olgan "So'g'diyona" - "Dinamo" uchrashuvi bo'lib o'tadi.

So'g'diyona (Jizzax) – Dinamo (Samarqand)
1 oktyabr 2015. Jizzax. "Jizzax" stadioni. 17:00
Hakamlar: R. Ermatov (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), J. Saidov (Toshkent), E. Tursunov (Buxoro)
Nazoratchi: A. Arutyunov (Toshkent).
O'zPFL vakili: A. Frolov.

Bu ikki jamoaning yo'llari oliy ligada 35 bor kesishgan. Ustunlik “Dinamo” tomonida. O'yinlarning 16tasida samarqandliklarning qo'li baland kelgan. 13ta uchrashuvda esa “So'g'diyona” g'olib chiqqan. Qolgan olti uchrashuvda durang hisobi qayd etilgan. To'plar nisbati “Dinamo” foydasiga. “Arslonlar” shu kunga qadar o'zaro o'yinlarda 54ta gol urib o'z darvozalaridan 37 marta to'p o'tkazib yuborishgan. O'zaro o'inlarda “Dinamo” 54 ochkoni, “So'g'diyona” esa 45 ochkoni qo'lga kiritgan.

“Dinamo” oliy ligada “So'g'diyona” ustidan 4:0 hisobida g'alaba qozongan. Bu o'zaro o'yinlardagi Samarqand klubining eng yirik g'alabasi hisoblanadi. Jizzax klubining o'zaro o'yinlardagi bu raqib ustidan erishgan eng yirik g'alabasi esa 3:1 bo'lib turibdi.

Birinchi davrada Samarqandda o'tgan uchrashuvda "Dinamo" yarim himoyachisi Aziz Ibragimov ikkita gol urib jamoaga g'alaba keltirgan edi - 2:0.

So'g'diyona maydonida o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
29.03.2014 So'g'diyona – Dinamo 1:3
26.05.2013 So'g'diyona – Dinamo 4:3
05.03.2011 So'g'diyona – Dinamo 0:0
14.06.2009 So'g'diyona – Dinamo 3:1
18.11.2008 So'g'diyona – Dinamo 1:1

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “So'g'diyona” o'z uyida bu raqibni 9 marta mag'lub etgan. “Dinamo” safardan 3 bor g'alaba bilan qaytgan. Beshta uchrashuvda natijasi bilan tugagan. Oxirgi ikki bahsda mezbonlar "Dinamo" 3tadan gol urgan.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика