So’nggi yangiliklar

08:26Греция терма жамоаси аъзоси уйидан ўлик ҳолда топилди  0 08:00ЖЧ саралаш. Бугун терма жамоамиз Эронга қарши баҳс олиб боради  8 00:35Жюль Кунде терма жамоа йиғинларидаги образи бўйича бирдирилган танқидларга жавоб берди  2 23:55Иньеста "Барса" ва "Реал" рақобати чўққига чиққан пайтда Испания термасидаги муҳит ҳақида гапирди  0 23:26Эрлинг Холанд Габриэлнинг бошига тўп улоқтирганидан афсусланмаслигини айтди  1 22:38Эрон терма жамоасининг Ўзбекистонга қарши ўйин олдидан ўтказган машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  11 22:19Дисквалификация муддати қисқарган Поль Погбанинг "Ювентус"даги келажаги аниқ бўлди  3 21:38Тен Хаг "Манчестер Юнайтед" машғулот базасида баланд девор қурдирди. У машғулотларини бегона кўзлардан беркитмоқчи  10 21:10Жозе Моуринью Арда Гюлерни жамоасига олиб келмоқчи  4 20:47Россия термаси октябрь ойидаги ФИФА кунларида ўйин ўтказмайди. Ўйинчилар очиқ машғулот ўтказиб, клубларига қайтишади  14 20:21Расман: "Сўғдиёна" жамоанинг асосий ўйинчиси билан шартномани узайтирди  5 19:56Англия футбол ассоциацияси Пакетани футболдан умрбод четлатишга чақирмоқда  6 19:31Шайхлар "Сент-Жеймс Парк" стадионини реконструкция қилиш учун 1 млрд фунт сармоя киритади  1 19:02Нико Уильямс жароҳати сабаб Испания терма жамоаси ўйинларини ўтказиб юборади  1 18:39Ўзбекистон МТЖ Эронга қарши ўйин олдидан расмий машғулот ўтказди ГАЛЕРЕЯ  26

PREVYU. "Neftchi" - "Andijon" jamoalarining o'zaro yubiley 50-o'yinida kimning qo'li baland keladi? Yangiliklar

PREVYU. "Neftchi" - "Andijon" jamoalarining o'zaro yubiley 50-o'yinida kimning qo'li baland keladi?

12 may kuni Superliganing 7-turida vodiy derbisi "Neftchi"-"Andijon" bahsi bo'lib o'tadi

Bu bahsga ikki jamoa ham o'ta jiddiy yondashgani aniq. Xomyakov o'tgan uchrashuvda o'z o'yida mag'lubiyatga uchragan bo'lsa, Levchenkoning "Neftchi" jamoasi o'tgan mavsumdagidek duranglarni boshlab yubordi.


O'zaro o'yinlar tarixi

Navbatdagi to'qnashuv jamoalarning yubiley 50-o'yiniga aylanadi. Tarixdagi ilk vodiy derbisi 1992 yilning 7 may kuni bo'lib o'tgan. Farg'onadagi bahsda mezbon "Neftchi"ning qo'li baland kelgan, yakuniy hisob 2:0. Andijonliklarning ushbu "Neftchi" ustidan qozonilgan ilk g'alabasi 1995 yilda qayd etilgan. O'sha yilning 3 iyun kuni Andijondagi bahsda jamoamiz 2:0 hisobida g'alaba qozongan. Jamoalar O'zbekiston birinchiligi doirasida shu kungacha o'zaro 49 marotaba to'qnash kelishgan. 33ta uchrashuvda "Neftchi"ning qo'li baland kelgan bo'lsa, bor yo'g'i 10ta bahsda "burgutlar" g'alaba qozongan va 6ta uchrashuvda jamoalar murosa ko'chasini tanlashgan. O'zaro qarama-qarshilikda  Andijon"ning eng yirik g'alabasi 3:1, "Neftchi"ning eng yirik g'alabasi 7:1 ko'rinishida qayd etilgan. Umumiy to'plar nisbati 95-43 farg'onaliklar foydasiga.


O'tgan mavsumda jamoalar ikki marotaba to'qnash kelishgan va ikki uchrashuv ham "Istiqlol" stadionida bo'lib o'tgan edi. Birinchi davra to'qnashuvi "Bobur Arena"da tamirlash ishlari olib borilayotgani tufayli Farg'onada o'tkazilgan edi. Uchrashuvda "Neftchi" Diyor Turopov va Nurillo To'xtasinovlarning gollari evaziga 2:0 hisobidagi ishonchli g'alabani qo'lga kiritgandi. Avgustda bo'lib o'tgan ikkinchi davra to'qnashuvida esa jamoalar murosa ko'chasini tanlashgandi. Uchrashuvda hisob ochilmagan, lekin o'yin juda qiziqarli kechgandi. "Neftchi" jamoasi urgan gol qanot hakamining xatosi tufayli bekor qilingan edi.


So'ngi o'yin

"Neftchi" – "Andijon" 0:0

31 avgust 2023 yil. Farg'ona. "Istiqlol" stadioni. 19:00

Bosh hakam: Akobirxo'ja SHukurillaev

Qanot hakamlari: Sardor Nishonboev, Jasur Rustamov

Zaxira hakami: Sultonmurod Abdurahmonov

Nazoratchi: Igor Nechoxin

Komissar: SHerzod Rajabov

"Neftchi": 12.Vladimir Nazarov, 2.Zoir Jo'raboev, 7.Umar Adhamzoda (5.Tomislav Mrchela, 80), 8.SHarof Muhitdinov, 13.Lutfulla To'raev (s) (24.G'ulom Haydar Gulyamov, 59), 19.Mirzohid G'ofurov (70.Abbosjon G'ulomov, 59), 20.Anvarjon G'ofurov, 21.Muhsinjon Ubaydullaev, 22.Giorgi Nikabadze (9.Ulug'bek Hoshimov, 69), 23.Diyorjon Turopov, 40.Bachana Arabuli (11.Izzatilla Abdullaev, 80).

Zaxira: 45.Akbar To'raev, 26.Oleysey Larin, 28.Fozil Musaev, 77.Biloljon Toshmirzaev,

"Andijon": 72.Igor Litovka, 5.Abduvohid G'ulomov, 9.Levan Arveladze, 10.Ilhomjon Abdug'aniev (13.Sardorbek Azimov, 61), 17.Farhodjon Sohibjonov, 21.Ildar Mamatkazin (s), 26.Muhammadkarim Toirov (8.Farxodbek Bekmuratov, 80), 28.Islombek Mamatkazin, 66.Ilhomjon Alijonov (15.Vladimir Bubanya, 61), 94.Armin Boshnyak (14.Abdurahmon Komilov, 80), 99.Rubin Xebay.

Zaxira: 1.Eldor Adhamov, 7.Boburbek Farhodov, 11.Sardor Abdunabiev, 19.Suhrob Berdiev, 22.SHahboz Erkinov.

Ogohlantirishlar: Giorgi Nikabadze (65), Sardorbek Azimov (65).

Etiboringizga, Farg'onada bo'lib o'tgan so'nggi besh uchrashuvning natijalarini havola qilamiz

31.08.2023.

 "Neftchi"-"Andijon"   0:0

15.12.2020.

"Neftchi"-"Andijon"  1:3

19.08.2016.

"Neftchi"-"Andijon"  1:2

21.10.2015.

"Neftchi"-"Andijon"  0:1

07.11.2014.

"Neftchi"-"Andijon"  1:0



Joriy mavsumdagi natijalar

Bugungi uchrashuvdagi mezbon "Neftchi" sovrinli o'rinlarni maqsad qilgan. Mavsum startidan avval tarkibini ancha kuchaytirgan "Neftchi" mavsumni ajoyib tarzda boshladi. Birinchi turda "So'g'diyona"ni 2:1 va keyingi turlarda "Dinamo" va "Metallurg"ni bir hil 1:0 hisobida mag'lub etgan Levchenko jamoasi dastlabki uch turda 100 foizlik natija qayd etayotgandi. Biroq to'rtinchi turda "Olimpik" mehmoni bo'lgan farg'onaliklar so'ngi daqiqalarda gol o'tkazib yubordi va mavsumdagi ilk mag'lubiyatini qabul qilib oldi. Aprel oyining avvalida "Paxtakor"ga qarshi kechishi kerak bo'lgan uchrashuv liga tomonidan ko'chirilgandi. "Neftchi" so'ngi turda "Qizilqum" maydoniga safar qildi va so'ngi daqiqadagi o'tkazib yuborib, g'alabani qo'ldan chiqardi. Farg'onaliklar hozirgacha beshta to'qnashuvda 10 ochko to'plab, musobaqa jadvalining to'rtinchi o'rnini band etgan.



"Burgutlar" hozirga qadar bor yo'g'i bir marotaba mag'lubiyatga uchrashdi va musobaqa jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Joriy mavsumning dastlabki uchrashuvida OKMKga qarshi kechgan uchrashuvda 0:0 hisobida durang qayd etgan andijonliklar, ikkinchi turda "Bobur Arena"da "qaldirg'och"larni 5:1 hisobida "yanchib" tashlashdi. Uchinchi turda "Surxon" ustidan 3:2 hisobida g'alaba qozonilgan bo'lsa, keyingi turda "Nasaf" bilan 1:1 hisobidagi durang qayd etildi. Beshinchi turda safarda "Lokomotiv" 2:1 hisobida taslim etildi. O'zbekiston kubogida "o'lim" guruhidan keyingi bosqichga chiqqan Xomyakov shogirdlari Superliganing so'ngi bahsida o'z o'yinda "So'g'diyona"ga 0:1 hisobida yutqazishdi va mavsumdagi ilk mag'lubiyati qayd etdi. "Andijon" Superligada 6ta uchrashuvda ishtirok etdi va 11 ochko bilan musobaqa jadvalida peshqadam.


O'zbekiston kubogidagi natijalar

Aprel oyida o'tkazilgan O'zbekiston kubogining guruh bosqichida "Neftchi" "G" guruhida ishtirok etdi. "Metallurg", "Do'stlik" va "Sirdaryo FA" jamoalari bilan bir guruhdan joy olgan farg'onaliklar yakunda guruhda ikkinchi o'rinni egallashdi va keyingi bosqichga yo'l olishdi. "Do'stlik"ni 2:0 va "Sirdaryo FA" jamoasini 5:1 hisobida taslim etgan "Neftchi", so'ngi turda "Metallurg" bilan 1:1 hisobidagi durang qayd etdi.

Andijonliklar O'zbekiston kubogida "o'lim" guruhidan joy olishgandi. "H" guruhida amaldagi kubok sohibi "Nasaf", ikki mavsum avval finalda ishtirok etgan "Navbahor" va Samarqandning "Dinamo" jamoalari bilan bir kvartetdan joy olgan "Andijon" 4 ochko to'pladi. To'rt ochko ikkinchi o'rin bilan keyingi bosqichga chiqishga etarli bo'ldi. "Dinamo" bilan jangovar 2:2 hisobidagi durangga imzo chekishdi. "Navbahor"ga qarshi uchrashuvda Xomyakov shogirdlari mag'lubiyatga uchrashdi, yakuniy hisob 1:2. So'ngi turdagi raqib amaldagi chempion "Nasaf" edi. 12480 muxlis ko'z oldida "Andijon" 90+8 daqiqada Bektemir Abdumannonovning goli evaziga g'alabani ilib ketdi.


Yo'qotishlar

Ettinchi turning markaziy uchrashuvida faqatgina bita yo'qotish bor. "Andijon" futbolchisi Sardor Azimov bugungi uchrashuv o'tkazib yuboradi.

Ekspert fikri

7-tur eksperti, O'zbekiston terma jamoasi sobiq futbolchisi Jafar Irismetov "Neftchi" - "Andijon" uchrashuvida jamoalarning imkoniyatini quyidagicha baholadi:

"Neftchi" - "Andijon" qarama-qarshiligi turning markaziy to'qnashuvi. Bu erda ikki jamoa ham yil boshidan beri yaxshi o'yin ko'rsatib kelmoqda. Ammo ayni paytda jamoalarning imkoniyatlari teng. O'yinda durang natijasi qayd etilsa kerak. Uchrashuv 1:1 hisobi bilan yakunlansa kerak


Aziz Asimov 385 kunlik tanaffusdan so'ng yana "Neftchi" uchrashuvini boshqaradi

Bugun "Istiqlol" stadionida bo'lib o'tadigan vodiy derbisini boshqarish uchun O'zbekiston FHM tomonidan FIFA referisi Aziz Azimovga ishonib topshirildi. Asimov joriy mavsumda "Neftchi" ishtirokidagi birinchi uchrashuvda hakamlik qilmoqda. Umuman olganda FIFA referisi o'tgan mavsumning 7-turidan o'rin olgan "Buxoro" - "Neftchi"(2:2)  bahsida ishlagan va oradan 385 kun o'tib yana Farg'ona jamoasi ishtirokidagi uchrashuvga tayinlandi. 


Muallif taxmini

Ikki jamoa ham so'ngi turda omadsizlikka uchradi. "Neftchi" so'ngi soniyalarda uch ochkoni qo'ldan chiqardi. "Andijon" esa o'z o'yida "So'g'diyona"ga mag'lub bo'ldi. Jamoalarning o'zaro 50chi o'yini juda muhim. Ikki jamoa ham o'yin sifatini biroz chetga surib, avvalambor natija uchun maydonga chiqishadi. Xatolarga yo'l qo'ymaslik asosiy maqsad bo'ladigan bahsda jamoalar murosa ko'chasini tanlashadi.


Neftchi — Andijon

12 may, 19:00

Bosh hakam: Aziz Asimov

Yordamchi hakamlar: Oybek Kalaxo'jaev, Avaz Abdullaev

Zaxira hakami: Farrux Yansupov

VAR: Firdavs Norsafarov

AVAR: Maksim Nexochin

Nazoratchi: Mamumr Saidqosimov

Komissar: SHohruh Said



Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика