So’nggi yangiliklar

14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  1 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  0 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  0 12:32Гави тахминан икки ойни ўтказиб юбориши мумкин  2 11:58"Монтеррей" Марсьяль трансферини эълон қилди  0 11:20Февзи Давлетов: "Навбаҳор" билан ўйинда биз ғалабага яқинроқ эдик"  6 10:58Азиз Ибрагимов: "Учрашув дерби мақомида ўтади, аммо ғалаба "Пахтакор"ники бўлади"  12 10:35Артета: "Ливерпуль" кучайиб кетди"  3 10:09Шухрат Раҳмонқулов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида биринчи гол урган ғалаба қозонади"  2 09:46Постекоглу: "Тоттенхэм"дан кетишим кутилмаган ҳолат бўлмади"  2 09:21Зоҳир Пиримов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида имкониятлар тенг"  3 09:20Легионерлар. Ғаниев тўлиқ ўйнади, Ҳамробеков эса...  1 09:06Сергей Лушан: “Жамоага нима етишмаётганлигини билганимда, энг бахтли инсон бўлардим”  20 08:58Факт. "Сўғдиёна" 14 йилдан сўнг ОКМК дарвозасига 3 тадан кўп гол урди  0

Prevyu. "Buxoro" - "Bunyodkor" Yangiliklar

Prevyu. "Buxoro" - "Bunyodkor"

Oliy liganing 6-turidan o'rin olgan so'nggi uchrashuv bugun Buxoroda "Buxoro" va "Bunyodkor" klublari o'rtasidagi bo'lib o'tadi.
BUXORO – BUNYODKOR
28 aprel. Buxoro. "Buxoro" stadioni. 18:00.
Hakamlar: R.Ermatov, A.Rasulov, J.Saidov, D.Jalimov
Nazoratchi:
G.Imomov.

“Buxoro” va “Bunyodkor” oliy ligada 12 bora to'qnash kelishgan. Natijalar “qaldirg'ochlar”ning mutloq ustunligini ko'rsatmoqda.

“Bunyodkor” ushbu raqibni 11 marta mag'lub etgan. “Buxoro” “qaldirg'ochlar”ga qarshi o'yinda bir bor durang o'ynagan. “Bunyodkor” o'zaro o'yinlarda 31ta gol urgan, “Buxoro” futbolchilari atiga 2 marta toshkentliklar darvozasini ishg'ol etishgan. “Bunyodkor” o'zaro o'yinlarda 34 ochkoga ega bo'lgan, “Buxoro” hisobida 1 ochko bor. “Bunyodkor”ning o'zaro o'yinlarda eng yirik g'alabasi 4:0ga teng. “Buxoro” hisobida g'alaba umuman yo'qligi haqida aytib o'tdik.

O'tgan yil “Bunyodkor” maydonida bo'lib o'tgan bahsda 4:0 hisobi qayd etilgan. Gollarni Lutfulla To'raev, Oleg Zoteev va Oleksandr Pishur (2ta) urgan. Buxorodagi bahsda hisob ochilmagandi.

Buxoroda o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
29.09.2013 Buxoro - Bunyodkor 0:0
08.05.2012 Buxoro - Bunyodkor 0:4
30.07.2011 Buxoro - Bunyodkor 0:4
18.09.2009 Buxoro - Bunyodkor 1:2
12.05.2008 Buxoro - Bunyodkor 0:3

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Buxoro” o'z maydonidagi 6ta o'yinning 5tasida mag'lub bo'lgan. Faqat bir bor (2013 yil) “qaldirg'ochlar”dan bir ochko olgan. “Buxoro” o'z uyida oxirgi uchta bahsda gol ura olmayapti.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика