So’nggi yangiliklar

13:24Алонсо Пеллегрини давридан бери Ла Лигадаги дастлабки 4 ўйинда ғалаба қозонган биринчи "Реал" мураббийи  0 12:39"Ньюкасл" 60 млн еврога харид қилинган ҳужумчисини йўқотди  0 11:58"Манчестер Юнайтед" Англия терма жамоаси ярим ҳимоячисига қизиқмоқда  4 11:30"Манчестер Сити" форварди Холанд: "Жамоани ўз ортимдан эргаштиришим керак"  1 10:39Пролига. Бугун 14-турга старт берилади  0 10:05Артета Эдегорнинг жароҳати ҳақида гапирди  2 09:32Гвардиола: "Манчестер Сити" мен келганимдан бери ҳар доим "Манчестер Юнайтед"дан кучлироқ бўлган  10 09:00Sofascore. Шомуродов дебют голи учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  8 08:30"Интер Майами" йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Месси эса пеналтидан фойдалана олмади  19 08:01Суперлига. Бугун "Олимпия" стадиони Суперлига баҳсига мезбонлик қилади  1 07:35АПЛ. "Челси" сўнгги дақиқаларда ғалабани қўлдан бой берди.  7 03:08Акмал Рустамов: "Қўқон шамоли? Бундай об-ҳавода ҳар иккала жамоа ўйнади"  5 02:50Баҳром Ҳайдаров: "Қизилқум"дек жамоани мағлуб этганимиздан хурсанд бўлдим"  2 01:55Суперлига. Ўзбек "Эл Классико"сида "Пахтакор" ғалаба қозонди, "Қўқон-1912" эса ўз майдонида "Қизилқум"ни енгди  2 01:27Камолиддин Тожиев: "Пахтакор"га қарши барча рақиблар 200%га ўйнайди"  8

Prevyu: "Bunyodkor" - "Paxtakor" Yangiliklar

Prevyu: "Bunyodkor" - "Paxtakor"

21 oktyabr kuni "Paxtakor" oliy liganing 26-turida "Bunyodkor" mehmoni bo'ladi.


Toshkent derbisi hamisha keskin kurashlar ostida o'tib kelgan. CHempionlar ligasi yo'llanmasi uchun kurashayotgan "Bunyodkor" ko'proq ochkolar jamg'arishga harakat qilishi tabiiy. O'z navbatida jamoamiz chempionlik sari yaqinlashmoqda va har bir o'yinning ahamiyati ortib boryapti.

Jamoalar oliy ligada 17 marta to'qnash kelgan. "Bunyodkor" 5 o'yinda g'alaba qozongan. "SHerlar" hisobida 4 muvaffaqiyat bo'lsa, 8 bellashuv durang bilan tugagan. Jamoamiz o'zaro bahslarda 16, raqib 18 bor to'p kiritgan.

"Bunyodkor" maydonidagi uchrashuvlarda mezbonlar 4, jamoamiz 2 bor zafar quchgan. Oxirgi ikki bellashuvda "Paxtakor" safarda g'alaba qozongan. Birinchi davrada o'tgan bellashuvda Igor Sergeevning yagona goli yutuq keltirgandi.

Yoshlar tarkiblari uchrashuvi 20 oktyabr, seshanba kuni "Bunyodkor" akademiyasi stadionida soat 16:00da boshlansa, asosiy jamoalar o'yini 21 oktyabr, chorshanba kuni "Bunyodkor" stadionida soat 17:00da start oladi.

Bellashuvni SHerzod Qosimov boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqaradi. U bu mavsumda "Andijon" bilan mehmonda va "Qo'qon-1912" bilan uydagi o'yinlarni boshqarib borgan va har ikki bahsda jamoamiz muvaffaqiyatga erishgan.

"BUNYODKOR" - "PAXTAKOR"

Hakamlar: SHerzod Qosimov (Toshkent), Andrey Capenko (Toshkent viloyati), Ruslan Serazetdinov (Toshkent), Komil Rasulov (Qarshi).

Nazoratchi: Dmitriy Roman (Toshkent).

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика