Potter Shveciya terma jamoasi bilan og'zaki kelishuvga erishdi
19 okt 2025 13:51
Yangiliklar
Potter Shveciya terma jamoasi bilan og'zaki kelishuvga erishdi
Grexem Potter yaqin kunlarda Shveciya terma jamoasini boshqarishi mumkin.
"Chelsi", "Brayton" va "Vest Xem" klublarining sobiq murabbiyi Shveciya futbol ittifoqi bilan 2026 yil martigacha, yani JCH-2026 saralashi va pley-off o'yinlari yakuniga qadar og'zaki kelishuvga erishdi.
Etiborlisi, 50 yoshli ingliz bungacha Shveciyada ishlab, 2011-2018 yillarda "Estersund"ni boshqargan.
Shveciya terma jamoasi o'z guruhida 4 o'yinda 1 ochko jamg'argan holda so'nggi o'rinda bormoqda. Jamoa noyabr oyida Shveycariya va Sloveniya bilan o'ynaydi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Навбаҳор" сафарда "Пахтакор"ни мағлуб этди
Суперлига. "Нефтчи" "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Искандеров ўйинни ҳал қилди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Fikrlar