Potter: "CHelsi"ning bir qismi bo'lish – sharaf"
12 sen 2022 16:33
Yangiliklar
Potter: "CHelsi"ning bir qismi bo'lish – sharaf"
"Menimcha, bu juda hayajonli davrning boshlanishi. Klubning yangi xo'jayinlari menda katta taassurot qoldirishdi. Avvalo, inson sifatida. Menga ularning klub haqidagi qarashlari va ular nimani xohlashlari yoqdi.
Albatta, klub tarixi o'z so'zini aytadi, lekin biz buni o'zimizcha yozishga harakat qilamiz.
Bu mening faoliyatimda oldinga tashlangan qadamdir. Men SHveciyada ajoyib vaqt o'tkazdim va keyin Angliyaga qaytib keldim, u erda ham qoyilmaqom tajribaga ega bo'ldim. Keyingi qadamni tashlash va bu o'yinchilar bilan ishlash, musobaqada yuqori o'rinlar uchun kurashadigan, g'alaba qozonadigan jamoa tuzishga harakat qilish juda yaxshi. Bu men uchun ajoyib imkoniyat.
"CHelsi"ning katta ananalari va tarixi bor. Baza atrofida aylanib, fotosuratlar, kuboklar va nomlarga qarash kifoya.
Bularning bir qismi bo'lish imkoniyati men uchun katta sharafdir", – dedi Potter.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди
"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди
Fikrlar