So’nggi yangiliklar

09:40МЮнинг яна бир иқтидор соҳиби ёзда жамоани тарк этмоқчи  0 09:17Анчелотти нима сабабдан Неймарни термага чақирмаганига изоҳ берди  0 08:51Суперкубок. Бугун финал  0 08:26Родриго келажаги борасида бир қарорга келди  0 08:00Ўзбекистон кубоги. Бугун яна бир ярим финалчи аниқланади  4 07:35Жиззахда "Сўғдиёна" "Навбаҳор"га ҳеч қандай имконият қолдирмай мағлуб этган учрашувдан ГАЛEРEЯ  4 02:05АПЛ. "Ньюкасл" - "Ливерпуль" баҳси тақдирини 16 ёшли йигит ҳал қилди  13 01:50А Серия. "Интер" 5та гол фарқи билан ғалабага эришди  1 00:54Неймар ва "Реал" футболчилари Бразилия терма жамоасига чақирилмади  4 00:10Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" – "Навбаҳор" 4:0  6 00:07Сергей Лушчан: “Бугун улар ўз жамоаси учун эмас, рақиб учун ўйнашди. "Навбаҳор"да ишлар эканман, бу ўйинчилар энди таркибдан жой олмайди”  44 23:46"Наполи" МЮ футболчисини ўз сафига қўшиб олади  1 22:38Аёллар ўртасида ОЧЛ. "Насаф" қизлари Непал клубини таслим қилди  0 21:54Винисиус "Овьедо"га қарши ўйинни захирада бошлашини кутмаган экан. Алонсо уни огоҳлантирмаган  2 21:35"Бавария" Жексон билан келишувга эришди. Энди "Челси" билан музокаралар бўлиб ўтади  2

Potter "CHelsi"da hal qilishi kerak bo'lgan asosiy muammolar Yangiliklar

Potter "CHelsi"da hal qilishi kerak bo'lgan asosiy muammolar

Biz yangi menejer oldida turgan oltita muhim vazifani tanlab oldik.

Ular orasida Meyson Mauntni eng yaxshi holatiga qaytarish vazifasini ham ko'rishingiz mumkin.

O'z o'yin falsafasini qurish

Grem Potter aniq o'yin uslubiga ega bo'lgan jamoalarni yaratish orqali o'zining murabbiy sifatidagi obro'sini mustahkamladi. "CHelsi" tarkibida uning o'yin falsafasini amalga oshirish uchun o'yinchilar etarli. Ammo asosiy savol "Birmengem" va "Stok" sobiq yarim himoyachisining o'z g'oyalarini yangi shogirdlariga etkazish qancha vaqt kerakligida bo'ladi. Tuxel o'tgan yil boshida ushbu vazifani Frenk Lemparddan qabul qilib olganidan so'ng jamoaning o'yiniga darhol tasir o'tkazgandi. Potter CHempionlar Ligasida zafar quchgan hamkasbidan ko'ra ancha qiyinchilikka duch keladi. U ish beruvchilar tomonidan hech qanday umidlar borasida illyuziyaga duch kelmaydi.


Himoyani tartibga solish

Tuxelning "Stemford Brij"da dastlabki bir necha oydagi muvaffaqiyati ularning "buzib bo'lmas qaladek" uch kishilik himoyadagi mudofaasiga asoslangan edi. Biroq Antonio Ryudiger va undan sal kamroq ahamiyatga ega bo'lgan Andreas Kristensenning ketishi katta muammo tug'dirdi. Kalidu Kulibali va Uesli Fofananing umumiy 103 millionga olib kelinishi ular o'z o'yinlarini topib olishgach? ushbu muammo o'z-o'zidan bartaraf bo'lishi mumkin, biroq hozir yangi murabbiy faqat 37 yoshli Tiago Silvaga tayanib qolishga majbur bo'ladi. Jamoaning ikki qimmatbaho chap qanot himoyachilari Ben CHiluell (45 mln funt) va "Brayton" sobiq himoyachisi Mark Kukurelya (55 mln funt)ning moslashib ketishi ham ancha qiyin bo'ladi. SHunday bo'lsa-da, bahsga kirishishingiz mumkin – Potterda, albatta, qandaydir reja bor.

To'g'ri taktika tanlash

"Brayton" futbolchilari Grem Potter qo'l ostida uning tizimlari aro o'tib yurishda mohir bo'lgan. U Tuxelning "ko'klar" boshqaruvidagi oxirgi uchrashuvi bo'lishiga olib kelgan germaniyalik mutaxassisning tanlagan taktikasi yaratgan bazi chalkashliklarni o'zi uchun qayd etib olgan bo'lsa, ne ajab. Undan ish boshlaganining dastlabki haftalarida yanada o'zgacha yondashuvni kuting. Ehtimol, u Tuxelning 3-4-3 taktikasiga sodiq qolar – Potter o'z "sehri"ni mashg'ulotlar jarayonida ishlatadi. SHuningdek, 47 yoshli mutaxassisdan tomoshabop o'yin namoyish qilish lozim ekanini yaxshi biladi. Ayniqsa, qanot himoyachilarini saralab olish uning kun tartibida turgan muhim masalalardan biri. Yangi besh yillik shartnoma imzolagan o'ng qanotdagi Ris Jeyms ularni belgilab olishda asosiy kalit bo'lib xizmat qiladi.


Markaziy yarim himoyadagi masalalarni hal qilish

O'tgan yil davomida doimiy jarohatlari tufayli N'Golo Kante xizmatlaridan foydalana olmagani bois Tuxel qo'l ostidagi "CHelsi" butun mavsum bu borada bosh qotirdi. Ushbu nuqtaning yozgi transferlar oynasi chog'ida mustahkamlanmagani chindanda ajablanarli edi. Potter boshqaruvidagi "Brayton"ning yutuqlari hatto bazi Premer-liga klublariga qarshi ham ularning to'pga egalik qilish va o'yinni boshqarish qobiliyatining ortib borishi bilan ajralib turdi. SHu sababli Potterning Jorjino, Mateo Kovachich, Ruben Loftus-CHik va Konor Gallaxer kabi variantlardan to'g'ri kombinaciya topishi hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'ladi. Klub bilan shartnomasining oxirgi 12 oyi boshlangan Kantening tezroq safga qaytishi taminlash foydali sanaladi.

Mauntga eng yaxshi holatini qayta kashf etishga yordam berish

"Dinamo" Zagrebga qarshi o'yinda turli poziciyalarda o'ynab mag'lubiyatga uchragan og'ir oqshomdan so'ng Meyson Maunt jurnalistlarga intervyu berishga rozi bo'lgan yagona futbolchi bo'ldi: 

"Biz tezda qayta tiklanadigan jamoamiz. Kuchlimiz va ushbu lahzada bu holatdan qanday chiqib ketishdan boshqasini o'ylamayapmiz".

23 yoshli angliyalik yarim himoyachi o'tgan mavsumda Premer-ligada "CHelsi" uchun 11 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Ammo bu yilgi mavsumda u hech qanday sermahsullik namoyish eta bilmadi. So'nggi mavsumlarda o'zining ajoyib o'yini bilan jamoaning yuragi ekanini isbot qila olgan akademiya mahsuliga munosib rol topib berish Potterning vazifalari ro'yxatining yuqorisida joylashishi lozim.

"CHelsi" etakchisi kim bo'lishini tayinlash

Transfer oynasining so'nggi kunida Romelu Lukakuning o'rniga Per-Emerik Obameyangning xarid qilinishi yozda Tuxelning Krishtianu Ronalduni sotib olish imkoniyati bo'lganda uni "noz qilgani"dan keyingi oxirgi yurishi bo'ldi. 33 yoshli Obameyang, tabiiyki, ortiq bir paytlar "Borussiya" Dortmundda Tomas Tuxel ko'l ostida o'ynagan futbolchi emas. SHuning uchun Potter yo jamoa hujumini gabonlik hujumchi atrofida qurish yoki umuman boshqa yondashuvda to'xtalishi kerak bo'ladi. Kay Xaverc va Rahim Sterling o'rtadagi muqobil variantlar bo'ladi va ushbu mavsumda "Brayton"da taniqli Denni Uelbek amalga oshirgan ishni bajarishga urinishadi. O'tgan mavsum "Sautgempton"da ijara asosida o'ynagan Armando Broya bilan yana olti yillik foydali shartnoma imzolandi. U ham jamoada ajralib turishi mumkin.


Mansurbek Nematov tarjimasi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика