Portugaliya terma jamoasining oktyabr oyidagi o'yinlari uchun qaydnomasi malum
07 okt 2023 11:28
Yangiliklar
Portugaliya terma jamoasining oktyabr oyidagi o'yinlari uchun qaydnomasi malum
Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines Evro-2024 saralashida Slovakiya (13 oktyabr) va Bosniya va Gercegovina (16 oktyabr) terma jamoalarini kimlar bilan birga mag'lub etishga harakat qilishini aniqlab oldi.
Darvozabonlar: Diogu Koshta ("Portu"), Jose Sa ("Vulverxempton"), Ruy Patrisiu ("Roma");
Himoyachilar: Diogu Dalot ("Manchester Yunayted"), Nelson Semedu ("Vulverxempton"), Joau Kanselu ("Barselona"), Antoniu Silva ("Benfika"), Gonsalu Inasiu ("Sporting"), Tote Gomesh ("Vulverxempton"), Rafael Gerreyru ("Bavariya"), Danilu Pereyru (PSJ), Ruben Diash ("Manchester Siti");
Yarim himoyachilar: Joau Palinya ("Fulxem"), Ruben Nevesh ("Al Hilol"), Joau Nevesh ("Benfika"), Brunu Fernandesh ("Manchester Yunayted"), Otavio ("Al Nassr"), Vitinya (PSJ);
Hujumchilar: Rikardu Orta ("Braga"), Bernardu Silva ("Manchester Siti"), Rafael Leau ("Milan"), Joau Feliks ("Barselona"), Krishtianu Ronaldu ("Al Nassr"), Gonsalu Ramush (PSJ), Diogu Jota ("Liverpul"), Pedru Netu ("Vulverxempton").
Eslatib o'tamiz, Portugaliya termasi Evro-2024 saralashida 6 ta o'yindan 6 tasida umumiy 24:0 hisobida g'alaba qozongan edi. Terma jamoa oktyabr oyidagi o'yinlar orqali musobaqa final bosqichiga yo'l olishlari mumkin.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди
Ла Лига. "Сельта" ва "Барселона" ўртасидаги ўйинда 6 та гол урилди, Де Йонг майдондан четлатилди
Суперлига. Бугун 3 та учрашув бор
Fikrlar