"Manchester Yunayted" Bundesligadagi vingerga ko'z tikdi
02 jan 19:59
Yangiliklar
"Manchester Yunayted" Bundesligadagi vingerga ko'z tikdi
"Daily Mail" malumotlariga ko'ra, "qizil iblislar"ning asosiy maqsadi — "Leypcig" vingeri Yan Diomande. U o'zining ajoyib tezligi, driblingi va hujumdagi universalligi bilan "Yunayted" skautlarining etiborini tortgan.
Futbolchi uchun kurash keskin bo'lishi kutilmoqda. "Qizil iblislar"dan tashqari "Tottenxem" va "Bavariya" ham vingerni diqqat bilan kuzatib bormoqda. Bu esa ehtimoliy bitim narxi va shartlariga sezilarli tasir ko'rsatishi mumkin. "Leypcig" Diomande atrofidagi qiziqish oshib borayotganini yaxshi biladi va uni qo'yib yuborishga shoshilmayapti.
"Yunayted"ning Diomandega bo'lgan qiziqishi hujum chizig'idagi ehtimoliy o'zgarishlar bilan bog'liq. Joshua Zirkzee "Roma"ga ijara asosida, majburiy sotib olish sharti bilan o'tishga yaqin. Shuningdek, Kobbi Maynu "Napoli"ga ijaraga ketish variantini ko'rib chiqmoqda.
Diomande joriy mavsum Germaniya jamoasi safida 16 o'yin o'tkazib, 7 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Расман: Ислом Тўхтахўжаев — "Андижон" футболчиси!
Fikrlar