Ruben Amorim "MYU" - "Lids" o'yini haqida: "Bu derbi ekanligini eshitdim, biroq APLda barcha o'yinlar juda qiyin o'tadi"
02 jan 21:16
Yangiliklar
Ruben Amorim "MYU" - "Lids" o'yini haqida: "Bu derbi ekanligini eshitdim, biroq APLda barcha o'yinlar juda qiyin o'tadi"
"Bu juda katta va muhim derbi ekanligini eshitdim - ajoyib atmosfera, katta raqobat, biroq APLdagi barcha o'yinlar juda qiyin o'tadi. Bu shunchaki navbatdagi o'yin.
Tushunaman, bu muxlislar uchun ko'p narsalarni anglatadi. Shu sababli biz u erga g'alaba uchun borishimiz kerak. Bu kabi derbilarda hali qatnashmaganman: boshqacha madaniyat, boshqacha atmosfera, lekin muxlislarning shovqini ancha salobatli bo'ladi.
Har xil madaniyat, derbilarni bir-biriga solishtirish noto'g'ri. "Manchester Yunayted"da o'ynar ekansan, istalgan holatga tayyor bo'lishing kerak. Sizlarning ligangiz dunyodagi eng yaxshisi: har bir turda duranglar ko'p, hafta qanday yakun topishini odam bilmaydi ham.
Biz yaxshiroq o'ynay boshladik. Tarkibimiz to'liq bo'lsa, biz hujumda kuchli ekanligimiz ko'rinadi. Ammo bizda mayda detallarda sifat etishmayapti. Biz ko'prog'ini istaymiz va ko'proq ochkolar yig'ib, turnir jadvalida yuqorilashni xohlaymiz", - dedi Amorim.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar