"Liverpul" Salohni "Inter"ga qarshi o'yin qaydnomasiga kiritmaydi
08 dek 11:37
Yangiliklar
"Liverpul" Salohni "Inter"ga qarshi o'yin qaydnomasiga kiritmaydi
"Liverpul" rahbariyati, jumladan, bosh murabbiy Arne Slot 6 dekabr kuni jamoaning kelajagi va Muhammad Salohning "Inter"ga qarshi bo'lajak Chempionlar Ligasi o'yinidagi ishtirokini muhokama qilish uchun yig'ilish o'tkazdi.
"indykaila News" xabariga ko'ra, mersisaydliklar misrlik hujumchini Milan klubiga qarshi o'yin uchun tarkibdan chiqarib tashlash imkoniyatini muhokama qildi.
O'yin 9 dekabr kuni Milanda bo'lib o'tadi. "Inter" hozirda 12 ochko bilan 4-o'rinda, "Liverpul" esa to'qqiz ochko bilan 13-pog'onada bormoqda.
Avvalroq 6 dekabr kuni Saloh intervyuda murabbiy bilan munosabatlaridagi muammolar haqida gapirgan va ketma-ket uchinchi o'yinda zaxira o'rindig'ida o'tirganidan noroziligini bildirgan edi.
So'nggi xabarlarga ko'ra, "Liverpul" yanvar oyidayoq Salohni sotishga tayyor. Hujumchiga qiziqayotgan Saudiya Arabistoni klublari futbolchi uchun qancha taklif etayotgani elon qilingan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЖЧ-2026га қуръа ташланди. Барча гуруҳлар маълум!
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Плей-офф: "Қўқон-1912" ва "Машъал" Суперлигада қолди
Месси ўз рекордини янгилашда давом этмоқда
Fikrlar