So’nggi yangiliklar

10:48Ди Канио: "Бу иши учун МЮ директорларини қамаб қўйган бўлардим"  2 10:37Про лига. 20-турнинг қолдирилган учрашувини Шавкат Насибуллаев бошқариб боради  0 10:15Ўзбекистон МТЖ: Ашурматов ўрнига бошқа футболчи чақирилди  16 10:07Гюлер: "Анчелотти билан муаммолар йўқ"  0 09:34Испания Суперкубоги форматида ўзгариш бўлди  0 08:58"Арсенал"нинг яна бир етакчиси терма жамоада жароҳат олди  1 08:20Sofascore. Кечаги учрашувда Ўзбекистон терма жамоаси аъзолари неча баҳо олди?  17 07:47Ёшларимиз бугун Аргентинага қарши баҳс олиб боради  2 07:16ЖЧ-2026 саралаш. Бразилия қийин ғалабага эришди, Аргентина эса...  0 01:59Миллатлар лигаси. Англия она диёрида мағлуб қилинди ва бошқа натижалар  8 01:28Алиризо Жаҳонбахш: "Жамоалар ва индивидуал маҳорат ўртасида катта фарқ бор"  33 01:16ЖЧ-2026 саралаши. Саудия Арабистони ўз майдонида Японияга мағлуб бўлди  6 00:55Жалолиддин Машарипов: "Мухлис билан урушмадим, аксинча, бизни қўллаб-қувватланглар дедим"  24 00:38Пенальти тўғри бекор қилиндими? Ўзбекистон - Эрон учрашуви ҳакамлик фаолияти таҳлили  24 00:08Амир Ғаленои: "Бир киши кам бўлиб ҳам иккита пенальти ишладик, ҳакамлар ВАР орқали ҳам хатолар қилишмоқда"  21

Portugaliya durang qayd etishidagi asosiy 3 omil Yangiliklar

Portugaliya durang qayd etishidagi asosiy 3 omil

Kecha JCH-2018ning 1-turi markaziy uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Dahshatli o'tgan uchrashuv qay tarzda yakun topganini yaxshi bilasiz. O'yin o'z maqomiga mos darajada o'tdi. Ayrim vaziyatlarda Ispaniya, bazi holatlarda Portugaliyaning ustunligi sezildi. Muhimi ikki tomon ham ilk turdanoq qanday darajadagi futbolchi ekanligini ko'rsata oldi. Xo'sh, qanday sabablar evaziga portugaliyaliklar raqibi bilan durang natijani qayd etdi?

3. DAVID DE XEANING OMADSIZ KUNI

Kechagi kun Davidniki bo'lmadi. Ispaniyalik posbon Portugaliyaga qarshi uchrashuvda seyv amalga oshira olmadi. Etmaganiga o'z xatosi evaziga gol qo'yib yubordi. Albatta, barcha xato qiladi, ish bor joyda kamchilik ham bo'ladi. Hech kim mukammal emas.

Birinchi bo'lim oxirida Ronalduning bergan zarbasini David qaytara olmadi. De Xea qanday darajadagi darvozabon ekanligini yaxshi bilasiz. Premer-ligada u o'zining saviyasini barchaga ko'rsatib bo'lgan. Balki u keyingi uchrashuvlarda o'zini ko'rsata olar...

Bir vaqtlar De Xea Ispaniya termasida o'zini begonadek his qilishini, muxlislar unga boshqacha nigoh bilan qarashini aytgandi. Yo'q, bu jahon chempionati, bunday turnirda posbonlar bunday xato qilmasligi kerak. Himoyachi xato qilsa ham uning ortidan buni to'g'rilaydigan futbolchilar paydo bo'ladi. Biroq darvozabonning har bir xatosi natijaga tasir qilmasdan qolmaydi. Kichik detal esa har doim katta muammolarga sabab bo'ladi. U Ronalduning zarbasida qo'lini to'g'ri qo'ya olmadi, aslida bu kichik muammo. Biroq, shu tufayli Portugaliya hisobda oldinga chiqib oldi.

De Xea APLga kelib, "Manchester Yunayted"dagi debyut uchrashuvida ham shunga o'xshash xato qilgandi. JCHdagi ilk uchrashuvida ham shunday bo'lmoqda. Bu hayajondan bo'lsa kerak.

2. PORTUGALIYANING QARSHI HUJUMGA ASOSLANGAN TAKTIKASI

Portugaliya so'nggi yillarda bir necha aspektlarda anchagina o'sdi. Oldinlari terma turnirlarning sovrinlariga davo qilmasdi.

Santush Portugaliya "rulini" o'z boshqaruviga olganidan keyin barchasi o'zgarib ketdi. Unda o'zgacha o'yin uslubi borligini barcha yaxshi biladi. Kechagia uchrashuvda Portugaliya raqib darvozasi tomon 3 marta aniq zarba berdi va 3 gol kiritdi: biri penaltidan, biri darvozabon xatosidan, biri fantastik jarima zarbasidan.

Portugaliya 4-4-2 sxemasidan ajoyib tarzda foydalanmoqda. Santush shogirdlari o'yinda Ispaniyaga tashabbusni topshirdi va o'zlari qarshi hujumda harakat qilishdi. Himoya va yarim himoya bu yo'lda anchagina ishlagan ko'rinadi. Jamoa raqibdan to'pni olib qo'yish, pressingda ham yaxshi ishladi. Ispaniyaga qarshi uchrashuvda Portugaliya shunday uslubdan foydalandi. Bu esa samara keltirdi. Muhimi jamoa mag'lub bo'lmadi.

1. SUPER RONALDU

Kim Ronaldu Ispaniya termasiga uchta gol urishini kutgandi? U o'yin tugashiga 2 daqiqa qolganida ajoyib zarbasi bilan termasini mag'lubiyatdan qutqarib qoldi.

Penalti bor edi, bunga hech kim etiroz bildirmaydi. "Real"dagi jamoadoshi Nacho Ronalduning fintiga uchdi va uni yiqitdi. Ronaldu 33 yoshga kirgan bo'lsa ham, u yuqori darajadagi jismoniy holatda. Uning fintlari, aldab o'tishlari, paslarini ko'rgan inson futbol faxriysi yoshiga kirmoqda deb ham o'ylamaydi.

Qizig'i, Ronaldu JCHdagi va o'z faoliyatidagi ellik birinchi xet-trikini qayd etdi.

Mirjalol Normatov tarjimasi

Reyting: +48   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика